QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят206

وَإِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتْهُ ٱلْعِزَّةُ بِٱلْإِثْمِ ۚ فَحَسْبُهُۥ جَهَنَّمُ ۚ وَلَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar unga, Allohdan qo`rqqin, deyilsa, uni kibru havosi gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon o`rin-a?Агар унга, Аллоҳдан қўрққин, дейилса, уни кибру ҳавоси гуноҳга етаклар. Жаҳаннам унга етарлидир. У қандай ҳам ёмон ўрин-а?Alauddin Mansour: Qachon unga: «Allohdan qoʻrqqin», deyilsa, uni kibru havosi gunohga tortadi-yetaklaydi. Unga jahannam bas kelar. Naqadar yomon joy-a!Қачон унга: «Аллоҳдан қўрққин», дейилса, уни кибру ҳавоси гуноҳга тортади-етаклайди. Унга жаҳаннам бас келар. Нақадар ёмон жой-а!

32-sahifa · 2-juz · 4-hizb32-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُungaунгаٱتَّقِqoʻrqginқўрқгинٱللَّهَAllohdanАллоҳданأَخَذَتْهُuni yetaklaydiуни етаклайдиٱلْعِزَّةُkibru havosiкибру ҳавосиبِٱلْإِثْمِ ۚgunohgaгуноҳгаفَحَسْبُهُۥbas, unga yetarlidirбас, унга етарлидирجَهَنَّمُ ۚjahannamжаҳаннамوَلَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонٱلْمِهَادُoʻrin-aўрин-а
TafsirТафсир

U munofiqqa vaʼz-nasihat qilsang, qulogʻiga ilmaydi. Allohni eslatsang, kibr ila oʻzini yuqori tutadi. Gunohi, xatosi va kamchiliklari bilan gerdayadi. Allohdan uyalmaydi ham. Holbuki, yaqindagina: «Qalbimdagi narsaga Alloh guvoh», deb qasam ichayotgan edi. Bunaqa insonga jahannam yetarli, kifoya qiladi. Jahannam qanday ham yomon oʻrin-a?!

Imom Faxriddin Roziy rivoyat qiladilarki, al-Ahnas ibn Shariyq ismli sirti silliq, ichi fasod munofiq bor ekan. Bir kuni Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kelib, musulmonchiligini sirtidan chiroyli qilib koʻrsatib, sizga muhabbatim bor, deb qasam ichibdi. Soʻngra, Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlaridan chiqib, musulmonlarning ekinzori va tuyalari oldidan oʻtibdi. Ekinzorga oʻt qoʻyib, tuyalarni oʻldiribdi. Shunda Alloh yuqoridagi oyatni nozil qilgan ekan.

Ibn Jarir Tobariy qilgan rivoyatda Navful Bakoliy: «Men ushbu ummatdagi baʼzi odamlarning sifatini Alloh nozil qilgan kitobda topdim. Ular dunyo uchun hiylaga dinni ishlatadilar. Tillari asaldan shirin, qalblari achitqidan ham achchiq. Odamlarga qoʻy terisini yopinib koʻrinadilar. Qalblari boʻrining qalbidan ham yomon. Alloh taolo: «Hali menga jurʼat qilishyaptimi? Meni deb gʻururga ketishyaptimi?! Oʻz nafsim bilan qasam ichamanki, ularga halimni ham hayron qoldiradigan fitnani yuboraman», deydi», degan ekanlar.

Imom Qurtubiy: «Bu gapni Qurʼonda tadabbur qilib koʻrsam, munofiqlar ekan. «Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor», degan oyatda topdim», degan ekanlar.

Bu bir xil toifa odamlar namunasi boʻlsa, kelasi oyatda bunga qarshi toifa odamlar namunasi keltiriladi: