وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْرِى نَفْسَهُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفٌۢ بِٱلْعِبَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir.Ва одамлардан Аллоҳнинг розилигини тилаб жонини сотадиганлар бор. Ва Аллоҳ бандаларга меҳрибондир.Alauddin Mansour: Odamlar orasida Alloh rizoligi yoʻlida oʻz jonini beradigan zotlar ham bor. Alloh bandalariga gʻamxoʻr — mehribondir.Одамлар орасида Аллоҳ ризолиги йўлида ўз жонини берадиган зотлар ҳам бор. Аллоҳ бандаларига ғамхўр — меҳрибондир.
Bu–haqiqiy muxlis moʻminning vasfi. Uning yagona maqsadi– Allohning roziligini topish. Bu yoʻlda u hamma narsani sarflashga, hatto jonini berishga ham tayyor. Faqat, Alloh taoloning roziligini topsa, boʻldi. Ushbu sifat egalarining oyat tushayotgan paytdagi namunalaridan biri Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu boʻlganlar.
Imom Fahriddin Roziy rivoyat qiladilarki, Suhayb ar-Rumiy Madiynai Munavvaraga hijrat qilib joʻnaganida, Quraysh mushriklaridan bir guruhi u kishini qaytarmoqchi boʻlib ortidan boribdi. Shunda u kishi ulovidan tushib, oʻqdonidagi oʻqlarni tizib qoʻyib, kamonni qoʻllariga olibdi-da:
«Ey Quraysh ahli, mening ichingizda eng merganlardan biri ekanimni yaxshi bilasizlar-a?! Allohga qasamki, oʻqdondagi oʻq tugamaguncha, bittangiz ham menga yaqinlasha olmaysiz! Soʻngra, qilichim bilan, qoʻlimda qanchasi qolsa, shunchasi bilan chopaman. Keyin nimani istasangiz, qilaverasiz!»–dedi. Ular:
«Sen bizning yurtimizga kelganingda hech narsang yoʻq gado eding, hozir esa, koʻplab mol-dunyoga ega boʻlding»,–dedilar. Suhayb:
«Molimning qayerdaligini aytib bersam, oʻz yoʻlimda ketaveramanmi?»–dedi. Ular, ha, degan edilar, u moli Makkaning qayerida ekanini aytib berdi. Madiynaga kelib Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga kirdi. Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom uni koʻrishlari bilan:
«Savdo foyda keltirdi, ey Suhayb! Savdo foyda keltirdi, ey Suhayb!»–dedilar. Bir oz turib Alloh: «Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlari bor», degan oyati karimani nozil qildi.
Musulmonlarning avvalgi avlodida shu oyat vasf qilgan sifatga ega insonlar juda ham koʻp chiqdi. Shu boisdan, ular qisqa muddat ichida dunyoni adolatga toʻldirdilar. Keyin ham musulmonlar ichida ushbu sifat egalari doim boʻlib kelgan. Faqat, ularning koʻpligi yoki ozligiga qarab Alloh taolo Islom ummatiga gʻalaba yoki magʻlubiyatni bitgan. Hozirgi paytda musulmonlar Suhayb ar-Rumiy kabi fidoyilarga juda-juda muhtojlar.
Yuqoridagi oyatlar ikki toifa odamlarni yonma-yon qoʻyib sifatlab berdi. Munofiqlar toifasining tili boshqa, dili boshqa. Ular, xususan, musulmonlar orasida Islomga sadoqat haqida lof uradi. Qiladigan ishi esa, buzgʻunchilikdan iborat. Qurʼoni Karim bizni ular safida boʻlishdan qaytaradi.
Ikkinchi toifa - muxlis moʻminlar toifasi boʻlib, Allohning roziligini topish uchun hatto jonlarini berishga tayyorlar. Qurʼon kishilarni tarbiyalab, Alloh uchun jon fido qilish darajasiga yetkazgandan soʻng, ularning ushbu maqomiga mos ishga taklif qiladi: