QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят209

فَإِن زَلَلْتُم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْكُمُ ٱلْبَيِّنَـٰتُ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ochiq bayonotlar kelgandan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh Aziyz va hikmatlidir.Агар очиқ баёнотлар келгандан кейин ҳам тойилсангиз, билингки, албатта, Аллоҳ Азийз ва ҳикматлидир.Alauddin Mansour: Agar sizlarga ochiq hujjatlar kelganidan keyin ham toyilsangiz, bilingizki, albatta Alloh qudratli, hikmatli Zotdir.Агар сизларга очиқ ҳужжатлар келганидан кейин ҳам тойилсангиз, билингизки, албатта Аллоҳ қудратли, ҳикматли Зотдир.

32-sahifa · 2-juz · 4-hizb32-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарزَلَلْتُمtoyilsangizтойилсангизمِّنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَاshuшуجَآءَتْكُمُsizga kelganiсизга келганиٱلْبَيِّنَـٰتُochiq bayonotlarочиқ баёнотларفَٱعْلَمُوٓا۟bas, bilinglarбас, билингларأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَزِيزٌazizазизحَكِيمٌhikmatlidirҳикматлидир
TafsirТафсир

Shunchalik tushuntirishlar, hujjat, dalillar kelgandan keyin ham Islomga toʻligʻicha kirmasdan, yoʻldan toyib, boshqa yoqqa kirib ketsangiz, bilib qoʻyingki, Alloh Oʻzining aziz (yaʼni, quvvatli, qudratli va gʻolib) sifati ila sizni azobiga olsa, holingiz chatoq boʻladi. Ham, Alloh hikmatlidir. Borliqni hikmat bilan yaratgan. Oʻzi yaratgan borliqda Oʻzi yaratgan inson baxtli yashashi uchun yoʻl koʻrsatuvchi taʼlimotlarni ham hikmat bilan Oʻzi tushirgan. Bandalarini Islomga toʻligʻicha kirishga amr qilishi ham ayni hikmat.

Kelasi oyatda Islomga kirmasdan, toyib, shayton izidan ketganlar haqida soʻz ketadi: