هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن يَأْتِيَهُمُ ٱللَّهُ فِى ظُلَلٍ مِّنَ ٱلْغَمَامِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Alloh va farishtalar soyali bulutlarda kelishi hamda ishning tugashidan boshqaga intizor bo`lmayaptilar, shekilli?! Va barcha ishlar Allohga qaytajak.Улар Аллоҳ ва фаришталар сояли булутларда келиши ҳамда ишнинг тугашидан бошқага интизор бўлмаяптилар, шекилли?! Ва барча ишлар Аллоҳга қайтажак.Alauddin Mansour: Ular (Haq yoʻlni inkor etuvchilar Qiyomat Kunida) bulutdan boʻlgan soyabon ostida Alloh va farishtalar (hisob-kitob uchun) kelishini va ish tamom boʻlishini (yaʼni, ular kufrlari sababli doʻzaxga hukm qilinishlarini) kutyaptilarmi? Vaholanki, barcha ishlar yolgʻiz Allohga qaytarilajak.Улар (Ҳақ йўлни инкор этувчилар Қиёмат Кунида) булутдан бўлган соябон остида Аллоҳ ва фаришталар (ҳисоб-китоб учун) келишини ва иш тамом бўлишини (яъни, улар куфрлари сабабли дўзахга ҳукм қилинишларини) кутяптиларми? Ваҳоланки, барча ишлар ёлғиз Аллоҳга қайтарилажак.
Ochiq-oydin bayonotlar, hujjat va dalillar kelgandan keyin ham Islomga yurmay, shaytonning izidan yurishlaridan ular xuddi qiyomatni intizor boʻlib kutayotganga oʻxshaydi. Ish tugab, hamma narsa oxiriga yetadigan kunni kutayotganga oʻxshaydi. Aks holda, hamma narsa aniq boʻlgan boʻlsa ham, nima uchun Islomga kirmay turibdilar? Nima ularning yoʻlini toʻsyapti? Ular bilib qoʻysinlarki,
«barcha ishlar Allohga qaytajak».
Keyin Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga xitob qilib, bor haqiqatni koʻra-bila turib ham Islomga kirmayotgan Bani Isroil qavmidan ularga ochiq-oydin hujjat va dalillar kelganini soʻrashni buyuradi: