QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят211

سَلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ كَمْ ءَاتَيْنَـٰهُم مِّنْ ءَايَةٍۭ بَيِّنَةٍ ۗ وَمَن يُبَدِّلْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni so`ra. Kimki o`ziga kelgan Allohning ne'matini o`zgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.Бани Исроилдан уларга қанча оятларни берганимизни сўра. Кимки ўзига келган Аллоҳнинг неъматини ўзгартирса, бас, албатта, Аллоҳ иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Bani Isroildan soʻrang (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga qanchalab ochiq moʻʼjizalar berdik ekan! Kim Allohning neʼmati kelganidan soʻng, uni oʻzgartirar ekan, bas, albatta Alloh jazosi qattiq Zotdir.Бани Исроилдан сўранг (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга қанчалаб очиқ мўъжизалар бердик экан! Ким Аллоҳнинг неъмати келганидан сўнг, уни ўзгартирар экан, бас, албатта Аллоҳ жазоси қаттиқ Зотдир.

33-sahifa · 2-juz · 4-hizb33-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَلْsoʻraсўраبَنِىٓfarzandlaridanфарзандлариданإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилكَمْqanchaқанчаءَاتَيْنَـٰهُمularga berganimizniуларга берганимизниمِّنْ-dan-данءَايَةٍۭoyat (belgi)оят (белги)بَيِّنَةٍۢ ۗochiqочиқوَمَنva kimkiва кимкиيُبَدِّلْoʻzgartirsaўзгартирсаنِعْمَةَneʼmatiniнеъматиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَاshuшуجَآءَتْهُunga kelganiунга келганиفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳشَدِيدُqattiqқаттиқٱلْعِقَابِiqobiиқоби
TafsirТафсир

Allohning koʻrsatgan yoʻli qolib, boshqa yoʻlga yurgan, qayta- qayta hujjat, dalil, moʻʼjizalar soʻrab, ular koʻrsatilganidan keyin ham zalolatda davom etib, oxiri laʼnatga uchragan qavm Bani Isroil boʻladi.

«Oyat» soʻzi Qurʼon oyatidan boshqa maʼnolarni ham, jumladan, belgi, ishora, moʻʼjiza, hujjat, dalil maʼnolarini ham ang-latadi. Shu maʼnoda,

«Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni soʻra», deganda, moʻʼjiza, hujjat va dalillar nazarda tutilgan. Bani Isroilga Alloh taolo ularning talabiga binoan koʻplab moʻʼjiza, hujjat-dalillarni bergan. Jumladan, Muso alayhissalom qoʻllarini qoʻltiqlariga tiqib olsalar, koʻrgan odam xursand boʻladigan darajada oppoq boʻlib chiqar edi. Hassalarini yerga tashlasalar, ilon boʻlardi. Firʼavn askari bilan quvib kelganida, Bani Isroil qochib oʻtib olishi uchun dengiz suvi ikkiga ayrilib, orasi quruq yoʻl boʻlib turgan. Muso alayhissalom hassalari bilan xarsang toshni urganlarida, oʻn ikkita buloq otilib chiqqan. Shuningdek, qattiq issiqda ularning boshidan bulut soya solib turgan. Osmondan taom uchun mann va salvo tushgan va boshqalar.

Ushbu oyatning keltirilishidan kim Bani Isroilga oʻxshab, Islomga Alloh aytganday toʻligʻicha kirmasa, ular kabi balo-ofatlarga giriftor boʻladi, degan maʼno chiqadi. Shuning uchun ham, oyatning ikkinchi yarmida:

«Kimki oʻziga kelgan Allohning neʼmatini oʻzgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir», deyilmoqda.

Alloh bergan iymon va ilm neʼmatlarini oʻzgartirganlar, Islomga toʻligʻicha kirmay yurganlar Allohning azobiga uchraydi. Bu azob turli koʻrinishda boʻladi. Hozirgi kunda boshimizga yogʻilayotgan turli-tuman musiybatlar, balo-ofatlar va mushkulotlar oʻsha azoblarning ayrim koʻrinishlaridir.

Insoniyat Islomga qanchalik yaqinlashsa, unga qancha amal qilsa, shunchalik baxtli-saodatli boʻlib boradi. U qanchalik Islomdan uzoqlashsa, unga oz amal qilsa, baxti-saodati shuncha kamayib, baxtsizligi koʻpayadi.

Bunday tahdidli tanbehdan keyin kofirlar bilan moʻminlarning holi, ularning orasidagi farq, inson qadrining oʻlchov-mezoni haqida gap ketadi: