زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۘ وَٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ فَوْقَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur.Куфр келтирганларга бу дунё ҳаёти зийнатланди ва улар иймон келтирганларни масхара қилурлар. Ва ҳолбуки, қиёмат куни тақво қилганлар улардан устундир. Аллоҳ кимни хоҳласа, беҳисоб ризқ берур.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlini tutgan kimsalar uchun bu hayoti dunyo ziynatlab qoʻyildi. Ular iymon egalarining ustlaridan kuladilar. Holbuki, Qiyomat Kunida taqvodor zotlar ulardan balanddir. Alloh Oʻzi istagan kishilarga hisobsiz rizq beradi.Куфр йўлини тутган кимсалар учун бу ҳаёти дунё зийнатлаб қўйилди. Улар иймон эгаларининг устларидан куладилар. Ҳолбуки, Қиёмат Кунида тақводор зотлар улардан баланддир. Аллоҳ Ўзи истаган кишиларга ҳисобсиз ризқ беради.
Kofirlarning Alloh yoʻliga yurmasliklarining sababi dunyo hayotining ziynatidir. Ularning birdan bir maqsadi, fikri-zikri va orzu-umidi–shu besh kunlik dunyoning hoy-havasi, ziynatidir.
«Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi.»
Kofirlar hayotning maʼnosini shunda deb tushunadilar. Iymonsiz boʻlganlari uchun hayvoniy tasavvur va chegaradan tashqariga chiqa olmaydilar. Moʻmin kishi uchun esa, bu dunyoning ziynati haqir va ahamiyatsiz narsa hisoblanadi. Ular dunyo hoy-havasiga oʻch boʻlishni oʻzlariga or hisoblaydilar.
Shuning uchun ham, kofirlar iymon keltirganlarni masxara qiladilar.
«...va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar».
Ular har narsani oʻz qarichlari bilan oʻlchab, moʻminlarni bu dunyo ziynatiga oʻch boʻlmaganlari uchun masxara qiladilar.
«Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur».
Haqiqiy hayot–oxirat hayoti kelgan chogʻda esa, hamma narsa oʻz oʻrniga tushadi. Oʻshanda, yaʼni qiyomat kunida moʻminlar, taqvo qilganlar kofirlardan ustun boʻladilar. Rizqi roʻzga keladigan boʻlsak, uni Alloh taolo kimga xohlasa, behisob beradi. Rizq beruvchi uning Oʻzi. Moʻminga ham, kofirga ham beraveradi.
Odamlarning kofir va moʻminga boʻlinishi, ularning hayotga boʻlgan munosabati zikr qilingandan soʻng, bu ishlarning kelib chiqish tarixi va sababi bayon etiladi: