QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят213

كَانَ ٱلنَّاسُ أُمَّةً وَٰحِدَةً فَبَعَثَ ٱللَّهُ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ بِٱلْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ فِيمَا ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۚ وَمَا ٱخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ أُوتُوهُ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَـٰتُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِمَا ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ مِنَ ٱلْحَقِّ بِإِذْنِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar o`rtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U to`g`risida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan so`ng, kimga berilgan bo`lsa, o`shalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq to`g`risida ixtilof qilgan narsalarida Alloh O`z izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, to`g`ri yo`lga boshlaydir.Одамлар бир миллат эдилар. Бас, Аллоҳ хушхабар ва огоҳлантириш берувчи Набийларни юборди ва уларга одамлар ўртасида улар ихтилоф қилган нарсаларда ҳукм қилиш учун ҳақ китоб туширди. У тўғрисида ихтилофни очиқ ҳужжатлар келгандан сўнг, кимга берилган бўлса, ўшаларгина ҳаддан ошиб қилдилар. Иймон келтирганларни ҳақ тўғрисида ихтилоф қилган нарсаларида Аллоҳ Ўз изни ила ҳидоятга соладир. Аллоҳ кимни хоҳласа, тўғри йўлга бошлайдир.Alauddin Mansour: Odamlar bir millat edilar. Soʻng (oralarida kelishmovchiliklar paydo boʻlgach), Alloh (moʻminlarga) xushxabar eltguvchi va (kofirlarni jahannam azobidan) qoʻrqituvchi paygʻambarlarini yubordi. Va ularga qoʻshib odamlar orasida chiqqan tortishuvlarga hakam boʻlsin, deb haq kitobni (Tavrot, Injilni) nozil qildi. Endi ochiq oyatlar kelganidan keyin, faqat shu kitob berilgan kimsalar hadlaridan oshib, talashib-tortishdilar. Soʻngra Alloh Oʻz izni bilan moʻminlarni ular (kitob berilgan kimsalar) ixtilof qilgan haq yoʻlga yoʻlladi. Alloh Oʻzi istagan kishilarni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qiladi.Одамлар бир миллат эдилар. Сўнг (ораларида келишмовчиликлар пайдо бўлгач), Аллоҳ (мўминларга) хушхабар элтгувчи ва (кофирларни жаҳаннам азобидан) қўрқитувчи пайғамбарларини юборди. Ва уларга қўшиб одамлар орасида чиққан тортишувларга ҳакам бўлсин, деб ҳақ китобни (Таврот, Инжилни) нозил қилди. Энди очиқ оятлар келганидан кейин, фақат шу китоб берилган кимсалар ҳадларидан ошиб, талашиб-тортишдилар. Сўнгра Аллоҳ Ўз изни билан мўминларни улар (китоб берилган кимсалар) ихтилоф қилган ҳақ йўлга йўллади. Аллоҳ Ўзи истаган кишиларни Тўғри Йўлга ҳидоят қилади.

33-sahifa · 2-juz · 4-hizb33-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَانَedilarэдиларٱلنَّاسُodamlarодамларأُمَّةًۭmillatмиллатوَٰحِدَةًۭyagonaягонаفَبَعَثَbas, yubordiбас, юбордиٱللَّهُAllohАллоҳٱلنَّبِيِّـۧنَNabiylarniНабийларниمُبَشِّرِينَxushxabar beruvchiхушхабар берувчиوَمُنذِرِينَva ogohlantiruvchiва огоҳлантирувчиوَأَنزَلَva tushirdiва туширдиمَعَهُمُular bilan birgaулар билан биргаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаلِيَحْكُمَhukm qilishi uchunҳукм қилиши учунبَيْنَoʻrtasidaўртасидаٱلنَّاسِodamlarодамларفِيمَاnarsalardaнарсалардаٱخْتَلَفُوا۟ular ixtilof qilganулар ихтилоф қилганفِيهِ ۚu haqdaу ҳақдаوَمَاva emasва эмасٱخْتَلَفَixtilof qildiихтилоф қилдиفِيهِu toʻgʻrisidaу тўғрисидаإِلَّاfaqatфақатٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأُوتُوهُu berilganlarу берилганларمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَاoʻsha narsaўша нарсаجَآءَتْهُمُularga keldiуларга келдиٱلْبَيِّنَـٰتُochiq hujjatlarочиқ ҳужжатларبَغْيًۢاhaddan oshib (hasaddan)ҳаддан ошиб (ҳасаддан)بَيْنَهُمْ ۖoʻz oralaridaўз ораларидаفَهَدَىbas, hidoyatga soldiбас, ҳидоятга солдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниءَامَنُوا۟iymon keltirganlarniиймон келтирганларниلِمَاnarsalaridaнарсаларидаٱخْتَلَفُوا۟ular ixtilof qilganулар ихтилоф қилганفِيهِu toʻgʻrisidaу тўғрисидаمِنَ-dan-данٱلْحَقِّhaqҳақبِإِذْنِهِۦ ۗOʻz izni ilaЎз изни илаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَهْدِىtoʻgʻri yoʻlga boshlaydiтўғри йўлга бошлайдиمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаإِلَىٰ-ga-гаصِرَٰطٍۢyoʻlйўлمُّسْتَقِيمٍtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Aslida, inson Odam Ato va Momo Havo hamda ularning farzandlaridan iborat bir ummat edi. Bir oilaning aʼzolari edilar. Asta-sekin koʻpayib bordilar. Ularning koʻpayishlari bilan birga, fikr-mulohazalari ham, ixtiloflari ham koʻpaya bordi. Chunki har kimda oʻz tabiati bor, oʻz aqli bor, oʻz qiziqishi bor. Har kim oʻz sharoiti va holatidan kelib chiqib fikr bayon qiladi. Har kimning fitratidagi xususiyat–bu. Chunki, yer yuzining obod-ligini Alloh shu turli-tumanlik, shu tortishuvlarga bogʻliq qilib qoʻygan. Hammaning fikri, tabiati, istagi bir xil boʻlganida edi, yer yuzi obod boʻlmasdi...

Demak, odamlar oʻrtasida xilof, kelishmovchilik chiqdi. Har kim oʻzini haq deb bilmoqda. Bunday vaziyatda kim haq ekanligini qayerdan bilamiz? Odamlarning oʻzlariga qoʻysak, har kim oʻzinikini maʼqullaydi. Va ixtilof yana ham kuchayadi. Agar ulardan bir guruhlarini tanlab olib, oʻsha tanlanganlarga topshirsak, ular ham odam. Har qancha aqlli boʻlsalar-da, baribir, ularda ham boshqa odamlardagi zaifliklar bor. Bir kunmas bir kun adashadi. Zaifligi tutib, bir tarafga yon bosadi. Yoki hamma narsani qamrab oluvchi ilmga ega boʻlmaydi. Nafsi zaiflik qilib pora olishi mumkin. Oʻz qavmi chegarasidan chiqa olmay qolishi mumkin va hokazo minglab sabablar borki, ular bu yoʻlda toʻsiq boʻlib, ishni buzishi aniq.

Demak, «Bunday ixtilofning qaysisi toʻgʻri, qaysi chegaragacha ixtilof qilsa boʻladi?» kabi savollarga javob berish uchun ixtilof qilayotganlardan ustun turuvchi, insondagi bor zaiflikdan taʼsirlanmaydigan, hamma narsani qamrab oluvchi ilm egasi, hech narsaga hojati tushmaydigan, bekami koʻst, tamaʼdan xoli, nuqsonsiz, barkamollik sifatiga ega bir zot kerak boʻladi. Ana oʻsha zot Alloh taoloning Oʻzi! U hamma narsani biluvchi Zot, shuning uchun ham Oʻzi yaratgan bandalari ixtilof qilgan va qilayotgan masalalar haqida qanday hukm chiqarishni Oʻzi biladi.

«Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi nabiylarni yubordi va ularga odamlar oʻrtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi».

Alloh yuborgan Paygʻambarlarning birinchi vazifasi moʻminlarga xushxabarlarni va kofiru osiylarga ogohlantirishni yetkazishdir.

Moʻminlarga savob, ajr va jannatning xushxabarini yetkazadilar. Kofirlarga esa, azob, uqubat va jahannamning xabarini berib, ogohlantiradilar.

Shu bilan birga, eng muhimi–odamlar oʻrtasida ular ixtilof qilgan narsalarda haq kitob bilan hukm qilib, haqni haqqa, botilni botilga ajratadilar. Adolatli hukm chiqaradilar. Haq kitobning hukmi haq boʻladi. Boshqa hech qanday narsa, hech kimning hukmi haq boʻla olmaydi.

Hamma Paygʻambarlar bir din bilan, haq kitob bilan kelganlar. Har Paygʻambar oʻz qavmiga, oʻz davriga mos shariat bilan kelgan.

Haq kitob Allohning bandalari orasida adolat bilan hukm qilib tursa ham, odamlar oʻzlaridagi ayb tufayli yoʻldan ozib, turli musiybatlarga duchor boʻlib turadilar. Chunki havoi nafsilari ularga gʻolib kelib, beparvolik qilib, turli igʻvolarga uchrab, Alloh tushirgan haq kitobdan uzoqlashib, uning taʼlimotlariga amal qilishdan bosh tortadilar. Hasad, tamaʼ, hirs va havoi nafs ularni Alloh tushirgan haq kitob haqida ham ixtilofga soladi.

«U toʻgʻrisida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan soʻng, kimga berilgan boʻlsa, oʻshalargina haddan oshib qiladilar».

Yaʼni, oʻsha haq kitob toʻgʻrisida hamma ham ixtilof qilgani yoʻq, u kimga berilgan boʻlsa, oʻshalargina bu kitobning haqligiga, toʻgʻriligiga ochiq-oydin hujjatlar kelgandan soʻng, haddan oshib, hasad, tamaʼ, hirs va havoi nafs tufayli ixtilof qildilar. Ixtilof qilmaslik uchun esa, iymon kerak, faqat iymongina haq kitob toʻgʻrisida ixtilof qildirmaydi, omon saqlaydi.

«Iymon keltirganlarni haq toʻgʻrisida ixtilof qilgan narsalarida Alloh Oʻz izni ila hidoyatga soladir».

Allohning hidoyatiga muyassar boʻlgan iymonli kishilarga havoi nafs, hasad, tamaʼ, hirs kabi yomon sifatlar yot, ular haq kitob haqida ixtilof qilmaydilar va uni oʻzlarining dasturi, adolatli hakami, yoʻlboshchisi qilib olib, toʻgʻri yoʻlda yurib, baxt-saodat sari olgʻa qadam tashlaydilar. Bunday toʻgʻri yoʻl hammaga ham nasib qilavermaydi.

«Alloh kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlga boshlaydir».

Kimda isteʼdod boʻlsa, xohish va urinish boʻlsa, oʻshani toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.

Alloh iroda qilgan toʻgʻri yoʻl Islomga toʻligʻicha kirish bilan boʻladi. Bu esa, oson ish emas. Buni amalga oshirish uchun shaytonning izidan yurganlar, hasad, tamaʼ, hirs va havoi nafs tufayli haq kitob toʻgʻrisida ixtilofga tushganlar bilan boʻladigan toʻqnashuvlarda gʻolib kelish kerak. Ulardan boʻladigan zulm va dushmanliklarga chidash kerak. Yana koʻpgina mashaqqat va qiyinchiliklarga dosh berish lozim. Kelasi oyatda ana shular haqida, musulmonlarga ibrat uchun oʻtgan ummatlar tajribasidan soʻz ketadi.