يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ۖ قُلْ مَآ أَنفَقْتُم مِّنْ خَيْرٍ فَلِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan nimani nafaqa qilishni so`rarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga bo`lsin. Qanday yaxshilik qilgan bo`lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.Сендан нимани нафақа қилишни сўрарлар. «Нафақа қилган яхшилигингиздан ота-оналарга, яқин кишиларга, етимларга, мискинларга ва ватангадоларга бўлсин. Қандай яхшилик қилган бўлсангиз, албатта, Аллоҳ уни билувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: Sizdan (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), nimalarni ehson qilishni soʻraydilar. Ayting: «Qanday yaxshilik qilsangiz, ota-onaga, qarindosh-urugʻga, yetim-miskinlarga va yoʻlovchi-musofirlarga qilingiz. Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir».Сиздан (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), нималарни эҳсон қилишни сўрайдилар. Айтинг: «Қандай яхшилик қилсангиз, ота-онага, қариндош-уруғга, етим-мискинларга ва йўловчи-мусофирларга қилингиз. Қандай яхшилик қилсангиз, шубҳасиз, Аллоҳ уни билгувчидир».
Savol nimani nafaqa qilish haqida boʻlgan edi:
«Sendan nimani nafaqa qilishni soʻrarlar».
Javob esa, kimlarga nafaqa qilishni ham bayon etyapti:
«Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga boʻlsin».
Demak, yaxshilikni nafaqa qilinar ekan.
Qurʼoni Karimda xayr, yaxshilik soʻzi koʻpincha mol-dunyo maʼnosida ishlatilgan. Bu joyda ham xuddi shu maʼnoni anglatmoqda.
Nafaqaga loyiqlar ichida bekorga ota-onani birinchi zikr qilinayotgani yoʻq. Inson tabiati oʻzi shuni taqozo qiladi. Oʻzidan keyingi birinchi haqdor ota-onasi boʻladi. Ota-onasini muhtoj qoʻyib, ulardan boshqalarga nafaqa qilishdan nima foyda bor? Shuningdek, yaqin kishilar, qarindoshlar haqdorlik jihatidan boshqalardan ustunlar va hokazo. Nafaqa qilish xuddi shu tartibda boʻlishi lozimligi Paygʻambarimiz alayhissalomning hadislarida ham zikr qilingan.
Imom Muslim Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissalom bir kishiga:
«Sadaqa qilishni oʻzingdan boshla, ortib qolsa ahlingga qil, agar ahlingdan ham ortib qolsa, qarindoshlaringga qil, agar qarindoshlaringdan ham ortib qolsa, ulardan boshqalarga va hokazo», degan ekanlar.
Nafaqa qilish bandadan, uning savobini berish, taqdirlash Allohdan. Chunki,
«Qanday yaxshilik qilgan boʻlsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir».
Gap Islomga toʻligʻicha kirish haqida borayotgani uchun, bu ishning eng muhim omillaridan biri boʻlmish urush, jihod haqida ham oyat keladi: