QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят216

كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُوا۟ شَيْـًٔا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تُحِبُّوا۟ شَيْـًٔا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo`lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo`lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz.Сизга ёқмаса ҳам, жанг қилишингиз фарз қилинди. Шоядки, ёқтирмаган нарсангиз сиз учун яхши бўлса. Ва шоядки, ёқтирган нарсангиз сиз учун ёмон бўлса. Аллоҳ биладир, сиз билмассиз.Alauddin Mansour: Sizlarga yoqmasa-da, jang qilishingiz farz qilindi. (Zotan,) sizlar oʻzingiz uchun yaxshi boʻlgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon boʻlgan narsani yaxshi koʻrishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.Сизларга ёқмаса-да, жанг қилишингиз фарз қилинди. (Зотан,) сизлар ўзингиз учун яхши бўлган нарсани ёқтирмаслигингиз ва сиз учун ёмон бўлган нарсани яхши кўришингиз мумкин. Аллоҳ билур, сизлар билмассиз.

34-sahifa · 2-juz · 4-hizb34-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كُتِبَfarz qilindiфарз қилиндиعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلْقِتَالُjang qilishжанг қилишوَهُوَva uва уكُرْهٌۭyoqimsizdirёқимсиздирلَّكُمْ ۖsizgaсизгаوَعَسَىٰٓva shoyadkiва шоядкиأَن(ki)(ки)تَكْرَهُوا۟yoqtirmasangizёқтирмасангизشَيْـًۭٔاbir narsaniбир нарсаниوَهُوَva uва уخَيْرٌۭyaxshiяхшиلَّكُمْ ۖsiz uchunсиз учунوَعَسَىٰٓva shoyadkiва шоядкиأَن(ki)(ки)تُحِبُّوا۟sevsangizсевсангизشَيْـًۭٔاbir narsaniбир нарсаниوَهُوَva uва уشَرٌّۭyomonёмонلَّكُمْ ۗsiz uchunсиз учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladiбиладиوَأَنتُمْva sizlarва сизларلَاemasэмасتَعْلَمُونَbilasizlarбиласизлар
TafsirТафсир

Alloh taolo bandalarining hamma holatlarini yaxshi biladi. Ularning jangni yoqtirmasliklarini ham biladi. Insonning tabiati shundoq: mashaqqatni, qiyinchilikni yoqtirmaydi. Lekin Islom odamlarga yoqadigan narsalarni emas, balki ularga foyda boʻladigan, ikki dunyoda baxt–saodat keltiradigan amallarni taklif qiladi:

«Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi».

Insonga yoqmaydigan jang, nafaqa kabi narsalar aslida oʻzi uchun yaxshi boʻladi. Shuningdek, urushga bormay uyda oʻtirishi kabi oʻziga yaxshi koʻringan narsalar aslida uning uchun yomonlik boʻlishi mumkin.

«Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa».

Bunday ishlarning oqibatini Alloh biladi, banda bilmaydi.

«Alloh biladir, siz bilmassiz».

Modomiki, Islomga toʻligʻicha kirish uchun baʼzan urush qilishga ham toʻgʻri kelar ekan, harom qilingan oylarda urush qilsa nima boʻladi, degan savol ham tugʻiladi: