إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ وَجَـٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَرْجُونَ رَحْمَتَ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirganlar, hijrat qilganlar va Allohning yo`lida jiddu jahd qilganlar — ana o`shalar Allohning rahmatini umid qiladilar. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Албатта, иймон келтирганлар, ҳижрат қилганлар ва Аллоҳнинг йўлида жидду жаҳд қилганлар — ана ўшалар Аллоҳнинг раҳматини умид қиладилар. Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan, Alloh yoʻlida kurashgan zotlar — ana oʻshalar Allohning rahmatidan umidvordirlar. Alloh magʻfirat va rahm-shafqat qilguvchidir.Иймон келтирган, (ватанларидан) ҳижрат қилган, Аллоҳ йўлида курашган зотлар — ана ўшалар Аллоҳнинг раҳматидан умидвордирлар. Аллоҳ мағфират ва раҳм-шафқат қилгувчидир.
Hukm umumiy: kim boʻlishidan qatʼinazar, iymon keltirsa, moʻminlik sifatiga erishsa, diniyu diyonatini saqlab qolish niyatida hijrat qilsa, Allohning yoʻlida jihod qilsa, ular Allohning rahmatidan umid qiladilar. Allohning rahmati ularga boʻlmasa, kimga boʻlar edi!
Kelgusi oyati karimada yangi savollar: xamr, qimor va nimani nafaqa qilish va ularga beriladigan javoblar haqida soʻz ketadi.