QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят229

ٱلطَّلَـٰقُ مَرَّتَانِ ۖ فَإِمْسَاكٌۢ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌۢ بِإِحْسَـٰنٍ ۗ وَلَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَأْخُذُوا۟ مِمَّآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ شَيْـًٔا إِلَّآ أَن يَخَافَآ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا فِيمَا ٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَعْتَدُوهَا ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taloq ikki martadir. So`ngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo`yib yuborish. Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol bo`lmas, magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qo`rqsalar (bo`lur). Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qo`rqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yo`qdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o`shalar, ana o`shalar zolimlardir.Талоқ икки мартадир. Сўнгра, яхшиликча ушлаб қолиш ёки яхшиликча қўйиб юбориш. Сизга уларга берган нарсангиздан бирор нарсани олиш ҳалол бўлмас, магар икковлари Аллоҳнинг чегараларида тура олмасликдан қўрқсалар (бўлур). Бас, агар икковларининг Аллоҳнинг чегараларида тура олмаслигидан қўрқсангиз, хотин берган эвазда икковларига гуноҳ йўқдир. Ушбулар Аллоҳнинг чегараларидир. Бас, улардан тажовуз қилманг. Ва ким Аллоҳнинг чегараларидан тажовуз қилса, бас, ўшалар, ана ўшалар золимлардир.Alauddin Mansour: (Er xotinini qayta nikohiga olishi mumkin boʻlgan) taloq ikki martadir. Soʻngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajrashish (lozim). Va sizlar uchun ularga (xotinlaringizga) bergan narsalaringizda (ularning mahrlaridan) biron narsani qaytarib olishingiz durust boʻlmaydi. Faqat er-xotin Alloh buyurgan (oilaviy turmush borasidagi) qonun-qoidalarni ado qila olmasliklaridan qoʻrqsalargina (durustdir). Bas, agar ularning (er-xotinning) Alloh buyurgan qonun-qoidalarni ado qila olmasliklaridan qoʻrqsangizlar, u holda xotin (eridan ajrashish uchun) evaz qilib bergan narsada (yaʼni, xotinning evaz berishida, erning shu evazni olishida) ular uchun gunoh yoʻqdir. Bu Allohning qonun-chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilib oʻtmangiz! Kim Alloh chegaralaridan tajovuz qilib oʻtsa, ana oʻshalar zolimlardir.(Эр хотинини қайта никоҳига олиши мумкин бўлган) талоқ икки мартадир. Сўнгра (оилани) яхшилик билан сақлаш ёки чиройли суратда ажрашиш (лозим). Ва сизлар учун уларга (хотинларингизга) берган нарсаларингизда (уларнинг маҳрларидан) бирон нарсани қайтариб олишингиз дуруст бўлмайди. Фақат эр-хотин Аллоҳ буюрган (оилавий турмуш борасидаги) қонун-қоидаларни адо қила олмасликларидан қўрқсаларгина (дурустдир). Бас, агар уларнинг (эр-хотиннинг) Аллоҳ буюрган қонун-қоидаларни адо қила олмасликларидан қўрқсангизлар, у ҳолда хотин (эридан ажрашиш учун) эваз қилиб берган нарсада (яъни, хотиннинг эваз беришида, эрнинг шу эвазни олишида) улар учун гуноҳ йўқдир. Бу Аллоҳнинг қонун-чегараларидир. Бас, улардан тажовуз қилиб ўтмангиз! Ким Аллоҳ чегараларидан тажовуз қилиб ўтса, ана ўшалар золимлардир.

36-sahifa · 2-juz · 4-hizb36-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلطَّلَـٰقُtaloqталоқمَرَّتَانِ ۖikki martadirикки мартадирفَإِمْسَاكٌۢbas, ushlab qolishбас, ушлаб қолишبِمَعْرُوفٍyaxshilikchaяхшиликчаأَوْyokiёкиتَسْرِيحٌۢqoʻyib yuborishқўйиб юборишبِإِحْسَـٰنٍۢ ۗyaxshilik ilaяхшилик илаوَلَاva emasва эмасيَحِلُّhalol boʻladiҳалол бўладиلَكُمْsizgaсизгаأَن-ki-киتَأْخُذُوا۟olishingizолишингизمِمَّآnarsadanнарсаданءَاتَيْتُمُوهُنَّularga berganуларга берганشَيْـًٔاbiror narsaniбирор нарсаниإِلَّآmagarмагарأَن-ki-киيَخَافَآikkovlari qoʻrqsalarикковлари қўрқсаларأَلَّاemasligidanэмаслигиданيُقِيمَاikkovlari tura olishiикковлари тура олишиحُدُودَchegaralaridaчегараларидаٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингفَإِنْbas, agarбас, агарخِفْتُمْqoʻrqsangizқўрқсангизأَلَّاemasligidanэмаслигиданيُقِيمَاikkovlari tura olishiикковлари тура олишиحُدُودَchegaralaridaчегараларидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَلَاbas, yoʻqбас, йўқجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْهِمَاikkovlarigaикковларигаفِيمَاnarsadaнарсадаٱفْتَدَتْxotin evaz berganхотин эваз берганبِهِۦ ۗu bilanу биланتِلْكَushbularушбуларحُدُودُchegaralaridirчегараларидирٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَلَاbas, emasбас, эмасتَعْتَدُوهَا ۚulardan tajovuz qilingулардан тажовуз қилингوَمَنva kimва кимيَتَعَدَّtajovuz qilsaтажовуз қилсаحُدُودَchegaralaridaчегараларидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларهُمُoʻshalarўшаларٱلظَّـٰلِمُونَzolimlardirзолимлардир
TafsirТафсир

Yana qaytib yarashib, oilaviy turmushni qaytadan boshlab ketish mumkin boʻlgan taloq ikki marta boʻladi:

«Taloq ikki martadir».

Yaʼni, bir marta taloq qilsa, qayta yarashsa boʻladi, ikkinchi marta taloq qilsa, yana yarashsa boʻladi. Undan keyin yana taloq qilsa, yarashib boʻlmaydi.

Bundan oldingi oyatda taloq qilingan ayolni uch qurʼu kutishga berilgan amrdan koʻzlangan maqsadlarning biri ham–shu. Bu muddat ichida erkak oʻz ishiga pushaymon qilib, yarashmoqchi boʻlsa, marhamat, ayoli kutib turibdi, yarashib olsin, oila buzilmasin. Mabodo, ikkinchi marta yana shunday holat yuzaga kelib qolsa, mayli, insonchilik, yana yarashsin. Ammo shuncha ishlardan keyin yana bir bor taloq qilsa, bu erkak subutsiz odam ekanligi maʼlum boʻladi. Unga xotinni oʻyin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bechora ayolni azoblashning oldi olinadi va qayta yarashishga ruxsat berilmaydi. Buning hukmi kelgusi oyatda bayon qilinadi. Bu yerda esa, ikkinchi taloqdan

«Soʻngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qoʻyvorish» tavsiya qilinmoqda.

Islomda har bir narsani yaxshilik bilan qilish shiori bor. Taloq, ajralish–xunuk ish, koʻngilsiz hodisa, lekin Qurʼoni Karim shuni ham yaxshilik bilan hal etishni amr qilyapti. Urushjanjalsiz, yaxshilik bilan ajrab ketish kerakligini tushuntiryapti. Juda iloji topilmasa, shunday qilinadi. Aslida esa, oyatda aytilganidek, «yaxshilikcha ushlab qolish»ga, oilani buzmaslikka harakat qilish kerak.

Taloq sonining bunday cheklab qoʻyilishi ham, aslida, ayollarning haq-huquqlarini himoya qilish uchundir. Islomdan avval, taloqning chegarasi yoʻq edi. Er kishi xotinini xohlagancha taloq qilib, xohlaganicha qaytarib olaverar edi. Baʼzi tabiati buzuq kishilar bu holatdan ayollarni azoblash, ularning huquqlarini poymol qilish yoʻlida foydalanar edilar. Bir kuni asli madiynalik ansoriy kishilardan biri xotinidan achchigʻi chiqib:

«Allohga qasamki, seni oʻzim bilan ham olmayman, ajrashmayman ham!»–debdi. Ayol:

«Qandoq qilib?»–deb soʻrabdi. Erkak:

«Avval taloq qilaman, iddang tugay deganda, qaytarib olaman, soʻng yana taloq qilaman, yana qaytarib olaman va hokazo»,–debdi. Bu gap Paygʻambar alayhissolatu vassalomga yetganda, Alloh taolo «Taloq ikki martadir» oyatini nozil qilgan ekan. Shundan aniq koʻrinib turadiki, taloqning sonini chegaralash ayollarning haqqini himoya qilish uchun boʻlgan.

Maʼlumki, oilaning buzilishi turli kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Jumladan, ajralish paytida erkaklarning xayoliga keladigan dastlabki savollardan biri–men bu ayolga uylanish chogʻimda mahriga mol-dunyo bergan edim, endi ham xotindan, ham mol-dunyodan ajrab qolamanmi, degan savoldir. Voqelikda ham bu savol boʻlib turadi. Bunga oyatda:

«Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol boʻlmas», degan hukm bilan javob berilgan. Mahrni er oʻzi rozi boʻlib, sof koʻngildan bergan. U ayolning haqqi. Taloqni ham oʻzi rozi boʻlib qilyapti, uni hech kim majburlayotgani yoʻq. Ayol kishi uchun oilasining buzilishi, eridan ajralish katta musiybat, uning ustiga mahrini yoki uning bir qismini olib qolish musiybat ustiga musiybat boʻlar edi.

Agar ayol eri bilan turishni xohlamay, oʻz ixtiyori bilan ajrashni talab qilsa, unda istisno tariqasida, er mahrni qaytarib olishi mumkin boʻladi:

«Magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qoʻrqsalar (boʻlur)».

Yaʼni, bunday holda er bergan mahrining hammasini yoki bir qismini qaytarib olsa boʻladi.

Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qoʻrqish holati xotin kishi eri bilan yashay olmaydigan darajaga borib, oʻzi ajralmoqchi boʻlganida vujudga keladi. Yaʼni, ajralishga xotin kishi tomonidan harakat boʻladi. Islomda ayol kishiga bunday huquq berilgan.

«Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qoʻrqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yoʻqdir.»

Yaʼni, bu shunday holatki, mabodo, er-xotin ikkovi birga yashashda davom etsa, shariat hukmi buzilib, gunohkor boʻlishlari havfi tugʻiladi: xotin kishi ajrashni qattiq talab qilmoqda. Shunda ayol oʻz roziligi bilan mahrning hammasini yoki bir qismini qaytarib bersa, ikkovlariga gunoh boʻlmaydi. Bu ishni shariatda xuluʼ deyiladi.

Islomdagi birinchi xuluʼ Sobit ibn Qays bilan uning xotini oʻrtasida boʻlgan.

Imom Molik ibn Anas oʻzlarining «Muvatto» nomli kitoblarida rivoyat qiladilarki, Habiba binti Sahl al-Ansoriy Sobit ibn Qays ibn Gʻammosga tekkan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni tong chogʻida tashqariga chiqsalar, qorongʻida Habiba binti Sahl turgan ekan.

«Bu ayol kim?»–debdilar. U:

«Men Habiba binti Sahlman, men bilan Sobit ibn Qays birga yashay olmaydiganga oʻxshaymiz»,–dedi. Uning eri Sobit ibn Qays kelganida, Paygʻambar alayhissalom:

«Mana bu Habiba binti Sahl Allohning xohlaganicha aytadigan gapini aytdi»,–dedilar. Shunda Habiba:

«Ey Allohning Rasuli, hamma bergan narsasi menda turibdi», - dedi. Rasululloh alayhissalom Sobitga:

«Undan bergan narsalaringni ol»,–dedilar. Xuddi shu hodisaning tafsilotini toʻldirgan boshqa rivoyatlardan bilib olamizki, jumladan, Habiba binti Sahl Rasululloh alayhissalomga:

«Men uni dinida yoki xulqida ayblay olmayman, lekin Islomda kufr keltirishdan qoʻrqaman», degan. (Yaʼni, diniy amrlarning er haqidagisini bajara olmay gunohkor boʻlishdan qoʻrqaman.) U yana:

«Pardani koʻtarib qarasam, bir guruh odamlar bilan kelayotgan ekan, nazar solsam, u hammasidan qora va pakana ekan, eng xunugi ham shuning oʻzi ekan», degan. Shunda eri:

«Ey, Allohning Rasuli, men unga eng yaxshi molim, bogʻimni bergan edim, agar menga bogʻimni qaytarib bersa, mayli», degan. Paygʻambar alayhissalom Habibaga:

«Nima deysan?»,–dedilar. U esa:

«Xohlasa, ziyoda ham beraman»,–dedi. Shunda Rasululloh ularning orasini ajratib qoʻydilar.

Oilaviy ishlarda talashib-tortishish, turli ixtilofli holatlar koʻplab uchrab turganligidan oyatning oxirida Allohdan qoʻrqish– taqvo qilish qayta-qayta takrorlanadi.

«Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, oʻshalar, ana oʻshalar zolimlardir».

Xuluʼ–ayollarning oʻz huquqlarini himoya qilishlari uchun ochib berilgan yaxshi yoʻldir. Baʼzi tushunmagan kishilar «Islomda ayollarning ajrashga haqqi yoʻq», deyishlarining nooʻrinligi shundan koʻrinib turibdi. Ayol kishi eri bilan turmushi davom etishiga koʻzi yetmay qolsa, qoziga arz qilib, xuluʼ bilan ajrab ketsa, boʻlaveradi. Ushbu holatlarni Hazrati Umar davrlarida boʻlib oʻtgan bir hodisa ham tasdiqlaydi.

Hazrati Umar oldilariga eriga qarshi chiqqan bir xotinni olib kelishibdi. U zot ayolni axlat toʻplangan uyga qamab qoʻyishni buyuribdilar. Vaqti kelib, ayolni oldirib kelibdilar va, holing qalay, deb soʻrabdilar. Ayol boʻlsa:

«Erga tekkanimdan beri, faqat siz qamab qoʻygan kuni rohat qildim», debdi. Hazrati Umar ayolning eriga qarab:

«Shuni isirgʻasini olib boʻlsa ham, xuluʼ qil», degan ekanlar.

Endi ikki marta taloqdan keyin yarashib birga yashab yurgan er oʻz xotinini uchinchi marta taloq qilsa, nima boʻlishi haqida soʻz ketadi.