فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُۥ مِنۢ بَعْدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُۥ ۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يَتَرَاجَعَآ إِن ظَنَّآ أَن يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ۗ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol bo`lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh bo`lmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir.Бас, агар яна талоқ қилса, бундан кейин у аёл, токи бошқа эрга тегиб чиқмагунча, унга ҳалол бўлмас. Агар у ҳам талоқ қилса, гар Аллоҳнинг чегараларида туришга ишонсалар, бир-бирларига қайтсалар, гуноҳ бўлмас. Ушбулар Аллоҳнинг билган қавмларга баён қилаётган чегараларидир.Alauddin Mansour: Endi agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, u ayol to boshqa er bilan turmush qurmagunicha avvalgi eriga halol boʻlmaydi. Soʻng agar (keyingi er ham) taloq qilsa, bu holda Alloh buyurgan qonun-qoidalarni ado qilishlariga ishonsalar, (u xotin avvalgi eri bilan) bir-birlariga qaytishlarining, yaʼni qayta turmush qurishlarining gunohi yoʻqdir. Bular Allohning chegaralaridirki, bularni biladigan qavm uchun bayon qiladi.Энди агар уни (учинчи марта) талоқ қилса, у аёл то бошқа эр билан турмуш қурмагунича аввалги эрига ҳалол бўлмайди. Сўнг агар (кейинги эр ҳам) талоқ қилса, бу ҳолда Аллоҳ буюрган қонун-қоидаларни адо қилишларига ишонсалар, (у хотин аввалги эри билан) бир-бирларига қайтишларининг, яъни қайта турмуш қуришларининг гуноҳи йўқдир. Булар Аллоҳнинг чегараларидирки, буларни биладиган қавм учун баён қилади.
Bu oyati karima avvalgi oyatning davomidir. Avvalgi oyatda «Taloq ikki martadir. Soʻngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qoʻyvorish», deyilgan edi. Ikki marta taloq qilgandan keyin yarashib, birga yashab, hayot kechirib yurgan kishi
«Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol boʻlmas».
Yaʼni, agar avvalgi ikkita ustiga yana bir bor taloq qilsa, jami uchta boʻladi. Uch taloq boʻlgandan keyin ayol taloq qilgan erkakka halol boʻlmaydi. Eru xotin boʻlib yashashlari mumkin emas. Faqat bir yoʻl bor, u ham boʻlsa, u ayol boshqa erga tegsa-yu u er bilan er- xotin boʻlib hayot kechirib yurganda, ikkinchi er vafot etib qolsa yoki taloq qilsa, shundan keyingina yana avvalgi eri bilan qayta turmush qursa, boʻladi.
«Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh boʻlmas», deyilishining maʼnosi–shu.
Mazkura ayol ikkinchi erga hech qanday shart qoʻymay, oddiy holatda, bardavom hayot kechirish niyatida nikohlanishi kerak. Keyinchalik mabodo, avval aytganimizdek, u vafot etsa yoki taloq sodir boʻlib qolsa, shundagina birinchi erga qayta nikohlanishi mumkin.
Bu masalada har kim koʻngliga nima kelsa, shuni qilib ketaverishi yaramaydi. Bu juda muhim va katta eʼtibor lozim boʻlgan ishdir:
«Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir».
Soʻngra, kelasi oyati karimada taloq qiluvchi erkaklarga koʻrsatmalar berilib, bu ishni yaxshilik bilan amalga oshirish zarurligi taʼkidlanadi: