QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят231

وَإِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ ۚ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لِّتَعْتَدُوا۟ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ۚ وَلَا تَتَّخِذُوٓا۟ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًا ۚ وَٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمَآ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَٱلْحِكْمَةِ يَعِظُكُم بِهِۦ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qo`yvoring. Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim o`shandoq qilsa, shubhasiz, o`ziga zulm qiladi. Allohning oyatlarini hazil bilmang. Allohning sizga bergan ne'matini va va'z etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting. Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.Хотинларни талоқ қилганингизда, муддатлари охирига етганда, уларни яхшилик билан ушлаб қолинг ёки яхшилик билан қўйворинг. Уларни тажовуз учун, зарар етказиш юзасидан ушлаб турманг. Ким ўшандоқ қилса, шубҳасиз, ўзига зулм қилади. Аллоҳнинг оятларини ҳазил билманг. Аллоҳнинг сизга берган неъматини ва ваъз этиб туширган китоби ва ҳикматини эсда тутинг. Аллоҳга тақво қилинг ва билингки, албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчидир.Alauddin Mansour: Qachon xotinlaringizni taloq qilsangizlar va ularning idda muddatlari bitib qolsa, bas, ularni yaxshilik bilan olib qoling yoki yaxshilik bilan kuzating. Ularga zulm qilish bilan zarar yetkazish uchun ushlab turmangiz. Kim shunday qilsa, oʻziga zulm qilibdi. Allohning oyatlarini hazil deb bilmanglar! Allohning sizlarga bergan neʼmatini va sizlarga vaʼz-nasihat etib nozil qilgan Kitob va (u Kitobdagi) hikmatdan iborat narsani yodingizda tutingiz! Allohdan qoʻrqingiz va bilingizkim, albatta Alloh hamma narsani bilguvchidir.Қачон хотинларингизни талоқ қилсангизлар ва уларнинг идда муддатлари битиб қолса, бас, уларни яхшилик билан олиб қолинг ёки яхшилик билан кузатинг. Уларга зулм қилиш билан зарар етказиш учун ушлаб турмангиз. Ким шундай қилса, ўзига зулм қилибди. Аллоҳнинг оятларини ҳазил деб билманглар! Аллоҳнинг сизларга берган неъматини ва сизларга ваъз-насиҳат этиб нозил қилган Китоб ва (у Китобдаги) ҳикматдан иборат нарсани ёдингизда тутингиз! Аллоҳдан қўрқингиз ва билингизким, албатта Аллоҳ ҳамма нарсани билгувчидир.

37-sahifa · 2-juz · 4-hizb37-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиطَلَّقْتُمُtaloq qilsangizталоқ қилсангизٱلنِّسَآءَxotinlarniхотинларниفَبَلَغْنَva ular yetsalarва улар етсаларأَجَلَهُنَّmuddatlari oxirigaмуддатлари охиригаفَأَمْسِكُوهُنَّbas, ularni ushlab qolingбас, уларни ушлаб қолингبِمَعْرُوفٍyaxshilik bilanяхшилик биланأَوْyokiёкиسَرِّحُوهُنَّularni qoʻyvoringуларни қўйворингبِمَعْرُوفٍۢ ۚyaxshilik bilanяхшилик биланوَلَاva emasва эмасتُمْسِكُوهُنَّularni ushlab turingуларни ушлаб турингضِرَارًۭاzarar yetkazish uchunзарар етказиш учунلِّتَعْتَدُوا۟ ۚtajovuz qilishingiz uchunтажовуз қилишингиз учунوَمَنva kimва кимيَفْعَلْqilsaқилсаذَٰلِكَoʻshandoqўшандоқفَقَدْshubhasizшубҳасизظَلَمَzulm qildiзулм қилдиنَفْسَهُۥ ۚoʻzigaўзигаوَلَاva emasва эмасتَتَّخِذُوٓا۟tutingтутингءَايَـٰتِoyatlariniоятлариниٱللَّهِAllohningАллоҳнингهُزُوًۭا ۚhazil (masxara)ҳазил (масхара)وَٱذْكُرُوا۟va esda tutingва эсда тутингنِعْمَتَneʼmatiniнеъматиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَمَآva narsaniва нарсаниأَنزَلَnozil qilganнозил қилганعَلَيْكُمsizgaсизгаمِّنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobкитобوَٱلْحِكْمَةِva hikmatва ҳикматيَعِظُكُمsizga vaʼz qiladiсизга ваъз қиладиبِهِۦ ۚu bilanу биланوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱعْلَمُوٓا۟va bilingkiва билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۭbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Avvalgi oyatlardan ayol kishi taloq qilingandan keyin ham to iddasi chiqquncha erining ixtiyorida turishini bildik. Iddasi chiqqandan keyin esa, erga berilgan bu imtiyoz oʻz kuchini yoʻqotadi. Iddasi oxiriga yetganda nima qilish kerak? Oyati karima koʻrsatma bermoqdaki,

«Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qoʻyvoring».

Yaʼni, unday holdaikki ishdan birini qiling.

Birinchisi va zaruri: «ularni yaxshilik bilan ushlab qoling». Eru xotin boʻlib yana yaxshilik bilan oilaviy turmushni davom ettiring. «Yaxshilik bilan» degani xotinga taʼna qilib, uni uribsoʻkib, minnat qilish yoʻli bilan boʻlmasin, deganidir.

Ikkinchisi va nochorlikdan boʻladigani–qoʻyib yuborish. Modomiki, taloqdan soʻng iddasi chiqqach ham yarashish niyati yoʻq boʻlsa, unda ajrashsinlar. Ammo, bu ham yaxshilik bilan boʻlgani yaxshi.

«Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang.»

Tajovuz uchun, xotinni qiynash maqsadida ushlab turishning qanday boʻlishini yuqorida keltirilgan misoldan koʻrdik. Islom bunday zulmni xotinlar yelkasidan olib tashlamoqda. Erkaklar masʼuliyatni sezsinlar, xotinlarni azoblashga oʻtmasinlar. Agar ulardan:

«Kim oʻshandoq qilsa, shubhasiz, oʻziga zulm qiladi».

Chunki, u odam shu ishi bilan oʻzini oʻzi Allohning iqobiga tutgan boʻladi.

«Allohning oyatlarini hazil bilmang.»

Balki, unga jiddiy qarang. Oilaviy masala, taloq va unga tegishli ishlar nihoyatda jiddiy boʻlmaganida, Alloh taolo ularni Qurʼon oyatlari qilib tushirmas edi. Islomda oilaviy hayotga, taloq masalasiga nihoyatda jiddiylik bilan qaraladi.

Taloqqa noilojlikdan ruxsat berilgan, chorasi qolmagan holda ishlatish uchun uni halol qilingan. Paygʻambar alayhissalom:

«Allohning eng yomon koʻrgan haloli–taloqdir, unga Rohmanning Arshi larzaga keladi», deganlar.

Oila masalasi juda muhim masala boʻlganidan bu bobda umuman hazilga ruxsat yoʻq.

Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissolatu vassalom:

«Uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy: nikoh, taloq va (taloqdan) qaytish», deganlar. Yaʼni, bu ishlarda biror gapni aytib yoki qilib, keyin, hazillashuvdim, deb boʻlmaydi.

Musulmonlar uchun hayotni hazil fahmlashga, oʻzini masʼuliyatsiz sezishga hech yoʻl yoʻq. Alloh taolo bu ummatning yelkasiga yer yuzida oʻzining xalifasi boʻlishdek ulkan masʼuliyatni yuklagan. Shuning uchun, hazilni yigʻishtirib, masʼuliyatsizlikni bir yoqqa qoʻyib:

«Allohning sizga bergan neʼmatini va vaʼz etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting».

Allohning ulugʻ neʼmati–Islomni din va Muhammad alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborishidir. Vaʼz etib tushirgan kitobi–Qurʼoni Karim. Hikmat–Paygʻambar alayhissalomning sunnatlari. Bu narsalarni doimo esda tutish, ular asosida ilohiy koʻrsatmalarga amal qilib yashashgina insonga baxt keltiradi, shu jumladan, oilaviy hayotda ham.

Oyati karimaning oxirida Alloh musulmonlarning qalblarini yana bir bor uygʻotib:

«Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir», deydi.

Yuqoridagi oyati karimada taloqdan keyin er-xotin oʻzaro yaxshilik bilan yarashib yoki ajrashib ketishi haqida soʻz ketdi. Ammo baʼzi holatlarda bu masalaga qarindosh-urugʻlar ham aralashib qoladilar. Ular er-xotinni yarashtirish uchun aralashsalar, bosh ustiga. Lekin gohida ular yarashish yoʻliga toʻsiq boʻlgan hollar ham uchrab turadi. Kelasi oyati karimada ushbu masalaning hukmi bayon qilinadi.