QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят233

۞ وَٱلْوَٰلِدَٰتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَـٰدَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ ٱلرَّضَاعَةَ ۚ وَعَلَى ٱلْمَوْلُودِ لَهُۥ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَا تُضَآرَّ وَٰلِدَةٌۢ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌ لَّهُۥ بِوَلَدِهِۦ ۚ وَعَلَى ٱلْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضٍ مِّنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ۗ وَإِنْ أَرَدتُّمْ أَن تَسْتَرْضِعُوٓا۟ أَوْلَـٰدَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُم مَّآ ءَاتَيْتُم بِٱلْمَعْرُوفِ ۗ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to`liq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif bo`lmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxo`rga ham xuddi shundoq. Agar o`zaro rozi bo`lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo`lmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh bo`lmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta ko`rib turuvchidir.Ким эмизишни батамом қилишни ирода қилса, оналар фарзандларни тўлиқ икки йил эмизурлар. Уларни яхшилаб едириб, кийинтириш отанинг зиммасидадир. Ҳеч бир жонга имкондан ташқари таклиф бўлмас. Она ҳам, ота ҳам боласи сабабидан зарар тортмасин. Меросхўрга ҳам худди шундоқ. Агар ўзаро рози бўлиб, сутдан ажратишни ирода қилсалар, икковларига гуноҳ бўлмас. Агар фарзандларингизга эмизувчи талаб қилишни ирода қилсангиз, берадиганингизни яхшилик билан аввалдан топширсангиз, гуноҳ бўлмас. Ва Аллоҳга тақво қилинг ҳамда, билингки, Аллоҳ қилаётганингизни албатта кўриб турувчидир.Alauddin Mansour: Onalar bolalarini toʻla ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi boʻlgan kishilar uchundir. Ularni (yaʼni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir. Hech kimga toqatidan tashqari narsa taklif qilinmaydi. Bolalari sababli ota ham, ona ham zarar tortmasin. Merosxoʻr — voris zimmasida ham xuddi shunday (burch) bor. Agar (ota-ona) oʻzaro kelishib, maslahat bilan bolani sutdan ajratmoqchi boʻlsalar, gunohkor boʻlmaydilar. Agar bolalaringizni (emizuvchi enagaga) emizdirmoqchi boʻlsangiz, beradigan haqni yaxshilik bilan toʻla-toʻkis toʻlab tursangiz, gunohkor boʻlmaysiz. Allohdan qoʻrqingiz va bilingizki, albatta Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrguvchidir.Оналар болаларини тўла икки йил эмизадилар. (Бу ҳукм) эмизишни бенуқсон қилмоқчи бўлган кишилар учундир. Уларни (яъни, оналарни) яхшилик билан едириб-кийдириш отанинг зиммасидадир. Ҳеч кимга тоқатидан ташқари нарса таклиф қилинмайди. Болалари сабабли ота ҳам, она ҳам зарар тортмасин. Меросхўр — ворис зиммасида ҳам худди шундай (бурч) бор. Агар (ота-она) ўзаро келишиб, маслаҳат билан болани сутдан ажратмоқчи бўлсалар, гуноҳкор бўлмайдилар. Агар болаларингизни (эмизувчи энагага) эмиздирмоқчи бўлсангиз, берадиган ҳақни яхшилик билан тўла-тўкис тўлаб турсангиз, гуноҳкор бўлмайсиз. Аллоҳдан қўрқингиз ва билингизки, албатта Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўргувчидир.

37-sahifa · 2-juz · 4-hizb37-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَٱلْوَٰلِدَٰتُva onalarва оналарيُرْضِعْنَemizadilarэмизадиларأَوْلَـٰدَهُنَّfarzandlariniфарзандлариниحَوْلَيْنِikki yilикки йилكَامِلَيْنِ ۖtoʻliqтўлиқلِمَنْkim uchunким учунأَرَادَiroda qilsaирода қилсаأَن-ni-ниيُتِمَّbatamom qilishбатамом қилишٱلرَّضَاعَةَ ۚemizishniэмизишниوَعَلَىva zimmasidadirва зиммасидадирٱلْمَوْلُودِtugʻilgan bolaningтуғилган боланингلَهُۥotasiотасиرِزْقُهُنَّularni yedirishуларни едиришوَكِسْوَتُهُنَّva kiyintirishва кийинтиришبِٱلْمَعْرُوفِ ۚyaxshilik ilaяхшилик илаلَاemasэмасتُكَلَّفُtaklif qilinurтаклиф қилинурنَفْسٌhech bir jonҳеч бир жонإِلَّاmagarмагарوُسْعَهَا ۚimkoni qadarимкони қадарلَاemasэмасتُضَآرَّzarar tortmasinзарар тортмасинوَٰلِدَةٌۢonaонаبِوَلَدِهَاbolasi sababidanболаси сабабиданوَلَاva emasва эмасمَوْلُودٌۭtugʻilgan bolaningтуғилган боланингلَّهُۥotasiотасиبِوَلَدِهِۦ ۚbolasi sababidanболаси сабабиданوَعَلَىva zimmasidadirва зиммасидадирٱلْوَارِثِmerosxoʻrningмеросхўрнингمِثْلُxuddi shundayхудди шундайذَٰلِكَ ۗshu (burch)шу (бурч)فَإِنْbas, agarбас, агарأَرَادَاikkovlari iroda qilsalarикковлари ирода қилсаларفِصَالًاsutdan ajratishniсутдан ажратишниعَن-dan-данتَرَاضٍۢoʻzaro rozilikўзаро розиликمِّنْهُمَاikkovlariningикковларинингوَتَشَاوُرٍۢva maslahatва маслаҳатفَلَاbas, yoʻqбас, йўқجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْهِمَا ۗikkovlarigaикковларигаوَإِنْva agarва агарأَرَدتُّمْiroda qilsangizирода қилсангизأَن-ni-ниتَسْتَرْضِعُوٓا۟emizuvchi talab qilishэмизувчи талаб қилишأَوْلَـٰدَكُمْfarzandlaringizgaфарзандларингизгаفَلَاbas, yoʻqбас, йўқجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكُمْsizgaсизгаإِذَاqachonkiқачонкиسَلَّمْتُمtopshirsangizтопширсангизمَّآnarsaniнарсаниءَاتَيْتُمberadiganingizniберадиганингизниبِٱلْمَعْرُوفِ ۗyaxshilik bilanяхшилик биланوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱعْلَمُوٓا۟va bilingkiва билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِمَاnimaikiнимаикиتَعْمَلُونَqilayotgan boʻlsangizқилаётган бўлсангизبَصِيرٌۭkoʻrib turuvchidirкўриб турувчидир
TafsirТафсир

Farzand Alloh bergan ulugʻ neʼmatdir. Ota-ona bu neʼmatga shukr qilishlari lozim. Shukrning asosiysi–farzandni neʼmat beruvchi zot boʻlmish Allohning roziligini qozontiradigan qilib tarbiyalashdir. Tarbiya esa, emizishdan boshlanadi. Bu ishda ota-onaning kelishmovchiliklari, oralarining buzilishi uzr boʻla olmaydi. Kattalarning janjali tufayli murgʻak goʻdak zarar tortmasligi, unga Alloh bergan haq-huquqlar poymol qilinmasligi kerak. Goʻdakning haqlaridan biri va onalarning eng moʻʼtabar vazifasi farzandni ikki yil emizishdir. Yangi tugʻilgan goʻdak jismi va ruhining oʻsishiga onasining sutidan afzal ozuqa yoʻq. Bolaning suyagi onaning suti bilan shakllanadi, shuningdek, uning boshqa taraflari, ruhiy rivojlanishiga ham ona suti zarur ozuqa hisoblanadi. Ushbu ozuqaning muddati toʻliq ikki yil boʻlishi kerak. Bu Qurʼoniy haqiqatni adashgan insoniyat ming toʻrt yuz yildan keyin tushunib yetdi. Hozirgi paytda ilmiy tekshirishlardan soʻng, goʻdak bola uchun eng yaxshi ozuqa onaning suti va uni toʻliq ikki yil emizish kerak, degan gapni aytishmoqda. Musulmonlarga Allohning Oʻzi buni Qurʼoni Karimda aytib qoʻygan.

«Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni toʻliq ikki yil emizurlar».

Onalar farzandlarini ikki yil emizar ekanlar, albatta, otalariga ham oʻziga yarasha vazifa yuklagan. Ular: onasi bilan ajralib ketganman, deb oʻzini chetga olib turishga haqlari yoʻq, balki:

«Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir».

Bu ishni yaxshilab ado qilish kerak, nomiga emas. Ammo haddan ham oshilmaydi:

«Hech bir jonga imkondan tashqari taklif boʻlmas».

Yaʼni, bu nafaqa ishida ham, otaning iqtisodiy holiga qaraladi. Uning imkonidan tashqari, ortiqcha taklif qilinmaydi. Demak, ona bolani emizsin, ota uni boqib, kiyintirsin, hammasi imkoniga yarasha boʻlsin:

«Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin».

Onaning bolasi sababidan zarar tortishi–er tomonidan unga yemoq-ichmoq va kiyinmoqqa nafaqa berilmasligi yoki oz berilishi. Shuningdek, emizishga qoʻymasdan bolani undan tortib olish kabi ishlar. Bolasi sababidan otaning zarar koʻrishiga onaning qoʻpolligi, haddan tashqari koʻp nafaqa soʻrashi, bola sababli turli yomonliklar qilishi kiradi.

«Merosxoʻrga ham xuddi shundoq.»

Oyati karimaning ushbu jumlasidagi «merosxoʻr» kimning merosxoʻri ekanligi haqida tafsir ulamolari ikki xil fikr aytganlar. Baʼzilari otaning merosxoʻri desa, qolganlari bolaning merosxoʻri, deganlar. Mabodo, ota vafot etib, farzandiga nisbatan oʻz burchini ado eta olmasa, unda uning merosxoʻrlaridan biri bu burchni ado etadilar. Undan qolgan merosni olishga haqli boʻlganidek, undan qolgan farzandning nafaqasiga ham burchlidir. Merosxoʻrga ham xuddi otaga boʻlgan munosabatda boʻlinadi. Imkondan ortiq narsa taklif qilinmaydi va bola sababidan zarar yetkazilmaydi va hokazo. Bolaning merosxoʻri deganda, mabodo bola vafot etsa, uning merosini oladigan shaxs, degani boʻladi.

«Agar oʻzaro rozi boʻlib, kelishib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh boʻlmas».

Yaʼni, agar ota bilan ona oʻzaro maslahat qilib, rozi boʻlib, ikki yildan oz yoki koʻp muddatda bolani sutdan ajratmoqchi boʻlsalar, gunohi yoʻq, oʻzlarining ishlari - qilaveradilar. Faqat bolaning foydasini koʻzlasalar boʻldi.

Shu bilan birga, turli holatlar ham boʻlib turadi. Misol uchun, ona emizishga qodir boʻlmay qolishi mumkin yoki emizishdan bosh tortishi mumkin. Unday holatda:

«Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh boʻlmas».

Bu ish otaning vazifasi hisoblanadi. U oʻz bolasiga emizuvchi ayol topadi va unga xizmat haqini oldindan berib qoʻysa, gunoh boʻlmaydi. Xizmat haqini avvaldan olgan ayol bolani yaxshiroq parvarishlashi mumkin.

Oyatning oxirida yana bir bor taqvoga, Allohdan qoʻrqishga daʼvat qilinadi. Bu esa, mazkur masalaning gʻoyat muhim ekaniga dalildir:

«Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta koʻrib turuvchidir».

Yana taqvoga chaqiriq. Islomiy hayot oʻzining barcha sohalarida taqvoga bogʻliqligi ushbu oyati karimalar toʻpida yaqqol zohir boʻlib turibdi. Hatto bolani emizish, tarbiya qilish bobida ham taqvo bilan ish tutish taʼkidlanmoqda.

Yuqorida oʻtgan oilaviy hayotga bagʻishlangan oyati karimalarda kimni turmush oʻrtogʻilikka ixtiyor qilish, oilada qandoq yashash, mahr, taloq, xuluʼ, idda, qayta yarashish, er-xotin ishiga qarindoshlar aralashuvi, ota-ona ajrashganda bolani emizish masalasi kabilar muolaja qilindi. Ammo er-xotinning bir-birlaridan judo boʻlishlari faqat taloq yoki xuluʼ bilan boʻlmaydi. Gohida er-xotinning ajrashishiga oʻlim ham sabab boʻladi. Kelasi oyati karimada er vafot etib, xotin ortidan qolganda joriy boʻladigan hukmlar haqida soʻz ketadi.