لَّا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا۟ لَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى ٱلْمُوسِعِ قَدَرُهُۥ وَعَلَى ٱلْمُقْتِرِ قَدَرُهُۥ مَتَـٰعًۢا بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xotinlarga qo`l tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo`lmas. Ularni boy boricha, yo`q holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir.Агар хотинларга қўл теккизмай туриб ёки уларни маҳрни аниқламай туриб талоқ қилсангиз, сизга гуноҳ бўлмас. Уларни бой борича, йўқ ҳолича яхшилик ила фойдалантиринг. Бу яхшилик қилувчилар бурчидир.Alauddin Mansour: Agar xotinlaringizni ularga qoʻl tekizmay turib yoki ular uchun mahr belgilamay turib taloq qilsangiz (ham) sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Va (bu holda) ularni boy boricha, yoʻq holicha yaxshilik qilish bilan foydalantiring! (Bu hukm) yaxshilik qilguvchilar zimmasiga burch boʻldi.Агар хотинларингизни уларга қўл текизмай туриб ёки улар учун маҳр белгиламай туриб талоқ қилсангиз (ҳам) сизлар учун гуноҳ йўқдир. Ва (бу ҳолда) уларни бой борича, йўқ ҳолича яхшилик қилиш билан фойдалантиринг! (Бу ҳукм) яхшилик қилгувчилар зиммасига бурч бўлди.
Bu oyatda nikohdan keyin, mahrni aniqlamagan holatda, duxuldan oldin taloq qilganda nima boʻlishi haqida soʻz ketmoqda. Avvalo, shunday holatda taloq qilish gunoh emasligi bayon qilindi:
«Agar xotinlarga qoʻl tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh boʻlmas».
Chunki insongarchilik yuzasidan turli holatlar boʻlib turadi. Albatta, bu taloq kelin uchun, uning ahli uchun ogʻir boʻladi. Umid bilan nikohdan oʻtib, orzu-havas bilan yangi turmushni koʻzlab turganida, oilaviy hayotni boshlamay turib taloq boʻlishi katta musiybat. Buning ustiga doʻstu dushman, yoru birodarlarning oldida nima degan gap boʻladi?! Ana shu holatlarni hisobga olib, mahr ham tayin boʻlmagani uchun, bu kelinga foyda - «mutʼa» deb nomlangan moliyaviy taqdirlash berishni shariatda ushbu oyati karima asosida joriy qilingan.
Beriladigan mutʼaning miqdori kuyov tarafga bogʻliq, imkoniga qarab koʻproq narsa bersa, yaxshi boʻladi.
Rivoyat qilishlaricha, Imom Hasan roziyallohu anhu mutʼa uchun oʻn ming dirham bergan ekanlar. Qadim ulamolarimiz oʻz vaqtlarining oʻlchovida hisoblab: boy bir xizmatchi olib beradi, kambagʻal uch sidra kiyim-bosh bersin, deganlar. Shunday qilinsa, kelin tarafga yengil boʻladi. Koʻngillari taskin topadi. Doʻstu dushmanlarning gap-soʻzidan ham qutuladilar. Chunki shunchalik mol-dunyo berishlik qizda ayb yoʻqligining, yigit taraf uni hurmat qilishining, ammo noilojlikdan ajralayotganligining alomati boʻladi. Shu bilan birga, kuyov tarafni ham qiynab yuborish kerak emas. Oyatda:
«Ularni boy boricha, yoʻq holicha yaxshilik ila foydalantiring» deyilyapti.
Kuyov taraf «yaxshilik ila» harakat qilishi kerak. Shuningdek, kelin taraf ham. Oyatning oxirida foyda berish yuqori maqom ekanligi:
«Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir», deb yana bir bor taʼkidlanyapti.
Kelasi oyati karimada ikkinchi bir holatni, duxuldan oldin taloq qilsa-yu, ammo mahri aniqlangan holatni muolaja qilinadi: