وَإِن طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَقَدْ فَرَضْتُمْ لَهُنَّ فَرِيضَةً فَنِصْفُ مَا فَرَضْتُمْ إِلَّآ أَن يَعْفُونَ أَوْ يَعْفُوَا۟ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ عُقْدَةُ ٱلنِّكَاحِ ۚ وَأَن تَعْفُوٓا۟ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۚ وَلَا تَنسَوُا۟ ٱلْفَضْلَ بَيْنَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga qo`l tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qo`ygan bo`lsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz, magar ayol yoki nikoh tuguni qo`lida bo`lgan kishi afv qilsa, bermaysiz. Va afv qilishingiz taqvoga yaqindir. Orangizdagi fazilatni unutmang. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchi Zotdir.Агар уларга қўл тегизмай талоқ қилсангиз ва маҳрни аниқлаб қўйган бўлсангиз, аниқланганнинг ярмини берасиз, магар аёл ёки никоҳ тугуни қўлида бўлган киши афв қилса, бермайсиз. Ва афв қилишингиз тақвога яқиндир. Орангиздаги фазилатни унутманг. Албатта, Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб турувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar ularni mahrni belgilab qoʻygan holingizda qoʻl tegizishdan ilgari taloq qilsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir). Magar ular (yarim mahrni olishdan) kechib yuborsa yoki nikoh qoʻlida boʻlgan zot (yaʼni, er oʻziga qaytgan yarim mahrdan) kechsa, (yaʼni, butun mahrni toʻlasa joizdir). Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroq ishdir. Oʻzaro bir-birlaringizga fazlu karam qilishni unutmangiz! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrguvchidir.Агар уларни маҳрни белгилаб қўйган ҳолингизда қўл тегизишдан илгари талоқ қилсангизлар, белгиланган маҳрнинг ярми (зиммангиздадир). Магар улар (ярим маҳрни олишдан) кечиб юборса ёки никоҳ қўлида бўлган зот (яъни, эр ўзига қайтган ярим маҳрдан) кечса, (яъни, бутун маҳрни тўласа жоиздир). Кечиб юборишингиз тақвога яқинроқ ишдир. Ўзаро бир-бирларингизга фазлу карам қилишни унутмангиз! Албатта, Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўргувчидир.
Demak, duxuldan oldin, mahri aniq kelishilgan holda taloq qilinsa, kelinga kelishilgan mahrning yarmi beriladi:
«Agar ularga qoʻl tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qoʻygan boʻlsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz».
Bordiyu duxul boʻlib, eru xotin boʻlib yashashganida, ayol mahrning hammasini olar edi. Undoq boʻlmagani uchun yarmini oladi. Bu–shariat qonuni, lekin Qurʼoni Karim koʻngillarga ham xitob qiladi:
«Magar ayol yoki nikoh tuguni qoʻlida boʻlgan kishi afv qilsa, bermaysiz».
Yaʼni, taloq qilingan ayol, men oʻz haqqim boʻlgan mahrning yarmini olmayman, desa yoki kelinning oʻrniga valiysi (uni Qurʼoni Karim: nikoh tuguni qoʻlida boʻlgan kishi, deb atamoqda) afv etsa, kuyov mahrning yarmini bermay qoʻysa ham boʻlaveradi. Musulmonlar doimo qoʻlidan kelganda afv qilishni oʻzlariga lozim tutsalar, yaxshi boʻladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularga:
«Va afv qilishingiz taqvoga yaqindir», demoqda. Ha,
«Orangizdagi fazilatni unutmang».
Qonun baʼzan insoniy fazilatlarni namoyon qilishga ham oʻrin beradi. Bu ham boʻlsa, taqvoga qiziqtirishning bir yoʻlidir. Musulmonlar har qanday holatga tushganlarida ham oʻz oralaridagi fazlni unutib qoʻymasliklari lozim. Taloq - er-xotinning ajrashishi yaxshi narsa emas. Lekin taloq sababidan bir-birini haqorat qilib, turli boʻlmagʻur ish va gap-soʻzlarni chiqarib yubormaslik zarur.
«Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchi Zotdir».
Ana oʻsha koʻrgani asosida hisob-kitob qiladi. Shuning uchun, oʻzingizga yoqmagan taloq masalasida ham shariat hukmiga nomuvofiq ish qilmang.
Hali oilaviy masalalar tugamay turib, hali taloq, idda va bosh- qa shu kabi masalalar haqida soʻz borayotganda, oradagi ikki oyatda namoz haqida amr keladi. Bu, Qurʼoni Karimga xos uslub boʻlib, bir tomondan namozning ahamiyati yanada taʼkidlansa, ikkinchi tomondan, yuqorida kelgan nikoh, taloq, idda, sovchilik, mahr kabi ishlarga ham, xuddi namozga eʼtibor bergandek, eʼtibor berish zarurligini taʼkidlash uchun shunday qilingandir. Bu narsa Islomga toʻligʻicha kirish borasida juda muhimdir. Koʻp kishilar namozni oʻz oʻrnida oʻqishadi, namozsiz hayotni tasavvur qila olishmaydi, lekin oilaviy masalalarga eʼtiborsizlik qilishadi. Bu esa, haligi aytganimizdek, Islomga toʻligʻicha kirish qoidasiga toʻgʻri kelmaydi. Islomiy tasavvur boʻyicha, ibodat faqat namoz va unga oʻxshash diniy amallargagina xos emas, balki Allohning roziligini topish uchun qilinadigan barcha faoliyatni oʻz ichiga oladi.