حَـٰفِظُوا۟ عَلَى ٱلصَّلَوَٰتِ وَٱلصَّلَوٰةِ ٱلْوُسْطَىٰ وَقُومُوا۟ لِلَّهِ قَـٰنِتِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Namozlarni va o`rta namozni muhofaza eting. Va Alloh uchun xushu' ila qoim bo`ling.Намозларни ва ўрта намозни муҳофаза этинг. Ва Аллоҳ учун хушуъ ила қоим бўлинг.Alauddin Mansour: Barcha namozlarni va xususan oʻrta namozni (asr namozini) saqlanglar — oʻz vaqtlarida ado qilinglar! Va Alloh uchun boʻysungan holda turinglar!Барча намозларни ва хусусан ўрта намозни (аср намозини) сақланглар — ўз вақтларида адо қилинглар! Ва Аллоҳ учун бўйсунган ҳолда туринглар!
Namozlarni muhofaza etish–ularni oʻz vaqtida, yaxshilab, kamchiliksiz oʻqish maʼnolarini bildiradi. «Oʻrta namoz» haqida ulamolar turli fikrlarni aytganlar. Lekin dalillarni solishtirib koʻrgan ulamolar «oʻrta namoz»dan murod–asr namozi, deganlar.
Imom Muslim qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz alayhissalom «Ahzob» urushida: «Bizni oʻrta namoz–asr namozidan mashgʻul qildilar. Alloh ularning qalblarini ham, uylarini ham olovga toʻldirsin», deganlar.
«Va Alloh uchun xushuʼ ila qoim boʻling».
Yaʼni, namozda Allohni qoʻrquv bilan, qalbni faqat unga bogʻlagan holda zikr qiling. Avvallari musulmonlar namoz ichida baʼzi zarur narsalarni gapirib ham turar ekanlar. Ushbu oyat tushgandan keyin bunday narsalar namozda batamom man qilingan. Namozda faqat Alloh eslanadi, faqat Uni zikr qilinadi.