فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًا ۖ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا۟ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xavfda qolsangiz, yurgan va mingan holingizda, xotirjam bo`lganingizda, bilmagan narsangizni qandoq o`rgatgan bo`lsa, Allohni shundoq zikr qiling.Агар хавфда қолсангиз, юрган ва минган ҳолингизда, хотиржам бўлганингизда, билмаган нарсангизни қандоқ ўргатган бўлса, Аллоҳни шундоқ зикр қилинг.Alauddin Mansour: Endi agar (dushman hujumidan) xavfda qolsangiz, piyoda yoki otliq holingizda (ibodat qilaveringiz!) Qachon xotirjam boʻlganingizda, bilmagan vaqtingizda Alloh qanday oʻrgatgan boʻlsa, shunday holda (yaʼni, namozning barcha arkonlarini oʻrniga qoʻyib) Allohni zikr qilingiz!Энди агар (душман ҳужумидан) хавфда қолсангиз, пиёда ёки отлиқ ҳолингизда (ибодат қилаверингиз!) Қачон хотиржам бўлганингизда, билмаган вақтингизда Аллоҳ қандай ўргатган бўлса, шундай ҳолда (яъни, намознинг барча арконларини ўрнига қўйиб) Аллоҳни зикр қилингиз!
Namoz haqidagi gap bu oyati karimada ham davom etmoqda.
«Agar xavfda qolsangiz», degan jumlada urush, dushman xavfi nazarda tutilgandir. Agar shunday hol yuzaga kelsa, yurgan yoki mingan holingizda ham namozni oʻqing. Oʻz oyogʻingiz bilan yurib ham, mingan ulovingiz ustida turib ham namoz oʻqing. Namozni oʻqimay qoldirishga hech qanday uzr yoʻq. Xavf ketib, tinchlik boʻlib,
«xotirjam boʻlganingizda, bilmagan narsangizni qandoq oʻrgatgan boʻlsa, Allohni shundoq zikr qiling».
Odamlar koʻp narsalarni bilmaydilar, Alloh oʻrgatmasa hech narsani bilmas edilar. Shuningdek, Alloh oʻrgatmasa, namoz oʻqishni ham bilmasdilar. Xotirjam boʻlganlarida, Alloh qanday oʻrgatgan boʻlsa, shundoq qilib namoz oʻqisinlar.
Soʻngra, yana oldingi mavzuga qaytib, unga oid hukmlarning oxiri zikr qilinadi: