وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَٰجًا وَصِيَّةً لِّأَزْوَٰجِهِم مَّتَـٰعًا إِلَى ٱلْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِى مَا فَعَلْنَ فِىٓ أَنفُسِهِنَّ مِن مَّعْرُوفٍ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, o`z xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.Сизлардан вафот этганда жуфтларини қолдираётганлар хотинлари чиқмасдан бир йилгача фойдаланишини васият қилсинлар. Агар улар чиқсалар, ўз хусусларида яхшилик билан қилган ишларида сизга гуноҳ йўқ. Аллоҳ Азийз ва Ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirgan boʻlsalar (oʻlimlaridan oldin), xotinlariga bir yilgacha (erning uyidan) chiqarilmay foydalanadigan miqdordagi narsani vasiyat qilsinlar. Agar ular (xotinlar) oʻzlari chiqib ketsalar, sizlar (erning urugʻlari) uchun u xotinlar oʻz xususlarida qilgan amallari sababli gunoh yoʻqdir. Alloh qudratli, hikmatli Zotdir.Сизлардан вафот қилган кишилар хотинларини қолдирган бўлсалар (ўлимларидан олдин), хотинларига бир йилгача (эрнинг уйидан) чиқарилмай фойдаланадиган миқдордаги нарсани васият қилсинлар. Агар улар (хотинлар) ўзлари чиқиб кетсалар, сизлар (эрнинг уруғлари) учун у хотинлар ўз хусусларида қилган амаллари сабабли гуноҳ йўқдир. Аллоҳ қудратли, ҳикматли Зотдир.
Vafot etgan odam vasiyat qilgan boʻlsa, u ayol bir yilgacha erining uyida uning molidan sarflab yashasa boʻladi.
«Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar».
Albatta, bundan har bir musulmon er oʻz oʻlimi oldidan xotinini bir yil ichida moddiy taʼminlab turishni vasiyat qilishi farz yoki vojib, degan maʼno chiqmaydi. Balki, bu maʼno oʻzaro marhamat va ehtirom maʼnosida aytilgandir. Agar ayol kishi oʻzi xohlasa, bir yil davomida eriga va u bilan birga kechirgan hayotiga sadoqat ramzi sifatida erga tegmay va uydan chiqmay yashashi mumkin. Ana shunday holatda erning qarindoshlari uni taʼminlab turishlari tavsiya qilinadi.
«Agar ular chiqsalar, bas, oʻz xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yoʻq».
Yaʼni, eri oʻlgandan soʻng, bir yil uydan chiqmay oʻtirishni niyat qilgan ayollar biror sababga koʻra, bir yil toʻlmasdan avval chiqsalar va idda muddatlari bitib, oʻz xususlarida yaxshilik bilan, shariat qonunlari asosida ish qilib ketsalar, sizga gunoh yoʻq.
«Alloh aziz va hakim Zotdir».
Unutmang, Alloh azizdir, yaʼni, hech kim uning irodasiga gʻov boʻla olmaydigan gʻolib Zotdir. Uning amriga xilof qilsangiz, iqobidan qochib qutula olmaysiz. Alloh hakim Zotdir, har bir hukmni hikmat bilan joriy qiladi. Uning hukmlariga soʻzsiz amal qilavergan yutadi.
Avval oʻtgan oyati karimalarda duxuldan oldin taloq qilingan ayollarga «mutʼa»–moddiy foyda berish haqida gapirilgan edi. Kelasi oyati karimada esa duxuldan–er-xotin boʻlib yashagandan keyingi taloqda ham, umuman, har bir taloqda ayolga «mutʼa»–foyda berishlik yaxshi ish ekanligi taʼkidlanadi.