وَلِلْمُطَلَّقَـٰتِ مَتَـٰعٌۢ بِٱلْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taloq qilingan ayollarga foyda berish taqvodorlar burchidir.Талоқ қилинган аёлларга фойда бериш тақводорлар бурчидир.Alauddin Mansour: Taloq qilingan ayollarni yaxshilik bilan foydalantirish taqvodor erlarning zimmasidagi burchdir.Талоқ қилинган аёлларни яхшилик билан фойдалантириш тақводор эрларнинг зиммасидаги бурчдир.
Ushbu oyati karimaga binoan, barcha taloq qilingan ayollarga– duxuldan avvalmi yoki keyinmi, mahri aniqlanganmi yoki aniqlanmaganmi–moddiy foyda berish kerak. Bu ish taloqdek koʻngilsiz ishdan keyin ayollarning koʻnglini koʻtarish, ularga yana bir bor hurmat bildirishdir. Oyati karima bu moliyaviy muomalani ham taqvoga bogʻlayotgani eʼtiborga sazovordir.