QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят242

كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh shunday qilib sizlarga O`z oyatlarini bayon etadir. Shoyadki, aql ishlatsangizlar.Аллоҳ шундай қилиб сизларга Ўз оятларини баён этадир. Шоядки, ақл ишлатсангизлар.Alauddin Mansour: Shunday qilib, aql yurgizishingiz uchun Alloh sizlarga Oʻz oyatlarini bayon qiladi.Шундай қилиб, ақл юргизишингиз учун Аллоҳ сизларга Ўз оятларини баён қилади.

39-sahifa · 2-juz · 4-hizb39-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيُبَيِّنُbayon etadiбаён этадиٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمْsizlargaсизларгаءَايَـٰتِهِۦOʻz oyatlariniЎз оятлариниلَعَلَّكُمْshoyadki sizшоядки сизتَعْقِلُونَaql ishlatsangizақл ишлатсангиз
TafsirТафсир

Mazkur oyatlardan koʻrinadiki, Alloh oʻzining hukmlarini daqiq va pishiq bayon qiladi. Maqsad esa–shoyadki, odamlar aql ishlatib, tadabbur qilsalar. Shoyadki, bu hukmlarning hikmatlarini tushunsalar. Bular Allohning ulugʻ neʼmati, baxt-saodat manbai ekanligini tushunib yetib, ushbu hukmlarni hayotga tatbiq etish orqali Islomga toʻligʻicha kirishdek buyuk maqsadga erishishga urinsalar.

Ushbu oʻtgan oyatlarga aql ishlatib qaralsa, Islomda oilaviy masalalarga naqadar katta eʼtibor berilganligi maʼlum boʻladi. Qurʼoni Karimda hatto namozning bayoni shunchalik batafsil kelgani yoʻq. Bundan tashqari bu masalalar bayon qilingan deyarli har bir oyati karima: taqvo qiling, Allohdan qoʻrqing, ogoh boʻling, Alloh belgilagan chegaradan tajovuz qilmang, bu yaxshilik qiluvchilarning burchidir, kabi iboralar bilan tugaydi. Bu ham mazkur masalalar qanchalik ahamiyatli ekanligiga dalolat qiladi. Oxirgi koʻrgan oyatimizda aytilganidek, shoyadki, musulmonlar bu ishlarga aql yuritsalar.

Alloh taolo oʻtgan oyatlarda fozil jamiyat qurish uchun zarur boʻlgan mustahkam islomiy oila haqida batafsil bayon qildi. Endi esa, mazkur fozil jamiyatning himoyasi uchun jihod qilish va molu dunyo sarflashga chaqiruvchi oyatlarni keltiradi. Bu munosabat ila oʻtgan ummatlarning tajribasidan misol keltiradi. Bundan, fozil islomiy jamiyatni himoya qilish uchun jihod, unga tayyorgarlik hamda mol-dunyo sarflash zarurligi koʻrinadi.

Avval aytib oʻtilganidek, musulmonlar bilan qoʻshni boʻlib yashab kelayotgan Bani Isroil qavmi ilohiy kitob asosida jamiyat qurgan birdan-bir qavm edi. Alloh taolo musulmonlar ham Islomga toʻligʻicha kirish jarayonida Bani Isroil bosib oʻtgan yoʻlni bosib oʻtishi muqarrarligini yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham, oʻtgan ummatlardan Qurʼoni Karimda qissasi eng koʻp kelgan qavm Bani Isroildir. Kelgusi oyatlar toʻplamida ham Bani Isroilning qissasi keladi. Lekin undan avval Qurʼoni Karim nomaʼlum bir qavm tajribasi haqida qisqagina, tushunarli qilib eslatib oʻtadi.