QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят243

۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ خَرَجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِمْ وَهُمْ أُلُوفٌ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ فَقَالَ لَهُمُ ٱللَّهُ مُوتُوا۟ ثُمَّ أَحْيَـٰهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Diyorlaridan o`limdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?! Bas, Alloh ularga: o`ling, dedi. So`ngra, ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin ko`p odamlar shukr qilmaslar.Диёрларидан ўлимдан қочиб чиққан мингларча кишиларнинг (хабарини) билмадингми?! Бас, Аллоҳ уларга: ўлинг, деди. Сўнгра, уларни тирилтирди. Албатта, Аллоҳ одамлар устидан фазл эгасидир. Лекин кўп одамлар шукр қилмаслар.Alauddin Mansour: Oʻlimdan (yaʼni, vaboga yoʻliqishdan) qochib, oʻz diyorlaridan chiqqan minglarcha kishining holi-xabarini bilmadingizmi? Bas, Alloh ularga «Oʻlinglar!», dedi. (Va ular oʻldilar. Yaʼni oʻlimning sababi kasallik emas, balki Allohning amridir). Soʻngra ularga hayot ato qildi. Albatta, Alloh odamlarga fazlu karam qilguvchidir. Lekin juda koʻp odamlar shukr qilmaydilar.Ўлимдан (яъни, вабога йўлиқишдан) қочиб, ўз диёрларидан чиққан мингларча кишининг ҳоли-хабарини билмадингизми? Бас, Аллоҳ уларга «Ўлинглар!», деди. (Ва улар ўлдилар. Яъни ўлимнинг сабаби касаллик эмас, балки Аллоҳнинг амридир). Сўнгра уларга ҳаёт ато қилди. Албатта, Аллоҳ одамларга фазлу карам қилгувчидир. Лекин жуда кўп одамлар шукр қилмайдилар.

39-sahifa · 2-juz · 4-hizb39-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَلَمْemasmiэмасмиتَرَbilding (koʻrding)билдинг (кўрдинг)إِلَى-ni-ниٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниخَرَجُوا۟chiqqanlarчиққанларمِن-dan-данدِيَـٰرِهِمْdiyorlariдиёрлариوَهُمْva ularва уларأُلُوفٌminglarcha ediмингларча эдиحَذَرَqoʻrqibқўрқибٱلْمَوْتِoʻlimdanўлимданفَقَالَbas, dediбас, дедиلَهُمُulargaуларгаٱللَّهُAllohАллоҳمُوتُوا۟oʻlingўлингثُمَّsoʻngraсўнграأَحْيَـٰهُمْ ۚularni tiriltirdiуларни тирилтирдиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَذُوegasidirэгасидирفَضْلٍfazlфазлعَلَى-ga-гаٱلنَّاسِodamlarодамларوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻpiкўпиٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَشْكُرُونَshukr qilurlarшукр қилурлар
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim ushbu voqea haqida hikoya qilar ekan, u qavmning nomini, qayerda yashaganini, shu hodisa qachon roʻy berganini aytmaydi. Sababini Allohning Oʻzi biladi. Albatta, nomini aytmasligi ham behikmat emas. Balki, u haqda aniq maʼlumotlar biz uchun muhim emas, balki hodisadan hayotda ibrat olishimiz muhimdir.

«Diyorlaridan oʻlimdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?!»

Demak, bir vaqtlar katta bir qavm oʻlimdan qochib, diyorlarini tashlab chiqqan ekanlar. Oʻlimdan qochishlarining sababi turlicha boʻlishi mumkin. Balki, vabo tarqalgan boʻlsa, shundan qochishgandir. Yoki dushman bilan jang qilish kerak boʻlsa, urushda oʻlib ketmaylik, deb qochishgandir. Xullas, oʻlimdan qochib chiqishgani aniq. Qiziq, oʻlimdan ham qochib boʻladimi? Modomiki, ushbu qavm qochibdi, koʻraylik-chi, nima boʻlar ekan?

«Bas, Alloh ularga: oʻling, dedi.»

Qiziq boʻldi-ku! Bechoralar oʻlimdan qochib, uzoq hayot koʻrish umidida chiqishgan edi. Maqsadlarining teskarisi boʻldi. «Oʻling» degan bir ogʻiz soʻz bilan oʻlib qolishdi. Demak, Allohning qazoi qadaridan qochib boʻlmas ekan. Allohdan oʻzga qaytib boradigan joy yoʻq ekan. Allohning Oʻzi xohlagan vaqtida oʻldirar ekan. Agar xohlasa, hayotni ham beradi:

«Soʻngra, ularni tiriltirdi».

Bu ish ham ibrat uchun. Oʻlim ham, hayot ham Allohning qoʻlida ekanini bildirish uchundir:

«Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin koʻp odamlar shukr qilmaslar».

Yaʼni, hayotni berib tiriltirish ham Allohning bandalariga bergan fazli. Jonni olib, oʻldirish ham Allohning fazli. Ikkovida ham odamlarga foyda bor. Lekin koʻp odam buni tushunmaydi va shukr qilmaydi.

Modomiki, oʻlimdan qochib qutulib boʻlmasa, qachon tiriltirib, qachon oʻldirish Allohning qoʻlida boʻlsa, unda qoʻrqmasdan: