وَقَـٰتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning yo`lida jang qiling. Va bilingki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.Аллоҳнинг йўлида жанг қилинг. Ва билингки, албатта, Аллоҳ эшитувчи ва билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh yoʻlida jang qilingiz va bilingizki, albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Аллоҳ йўлида жанг қилингиз ва билингизки, албатта Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.
Oʻlimdan qoʻrqishingiz va hayotni yaxshi koʻrishingiz sizni Allohning yoʻlida jihod qilishdan toʻsmasin. «Allohning yoʻlida jang qiling.» Bu sizga Alloh taoloning amridir. Alloh taoloning amrini bajarish esa, sizning burchingizdir. «Va bilingki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.» Jumladan, jihoddan qochganlarning ham gap-soʻzlarini eshitib, qilgan ishlarini koʻrib turadi. Allohning yoʻlida boʻladigan jihod doimo sarf-harajatni, fidokorlikni taqozo qiladi. Shuning uchun ham, kelgusi oyatda Allohning yoʻlida mol-mulk sarflashga daʼvat keladi: