QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят246

أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلْمَلَإِ مِنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰٓ إِذْ قَالُوا۟ لِنَبِىٍّ لَّهُمُ ٱبْعَثْ لَنَا مَلِكًا نُّقَـٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ قَالَ هَلْ عَسَيْتُمْ إِن كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ أَلَّا تُقَـٰتِلُوا۟ ۖ قَالُوا۟ وَمَا لَنَآ أَلَّا نُقَـٰتِلَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِن دِيَـٰرِنَا وَأَبْنَآئِنَا ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ تَوَلَّوْا۟ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Musodan keyingi Bani Isroildan bo`lgan a'yonlarni bilmadingmi?! Vaqtiki o`z Nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yo`lida urush qilaylik», – dedilar. U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!» – dedi. Ular: «Bizga nima bo`libdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yo`lida urushmasak», – dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz o`girib ketdilar. Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir.Мусодан кейинги Бани Исроилдан бўлган аъёнларни билмадингми?! Вақтики ўз Набийларига: «Бизга бир подшоҳ тайин қилгин, Аллоҳнинг йўлида уруш қилайлик», – дедилар. У: «Агар сизларга уруш фарз қилинса, урушмасаларингизчи?!» – деди. Улар: «Бизга нима бўлибдики, диёримиздан ва фарзандларимиздан жудо қилинсак ҳам, Аллоҳнинг йўлида урушмасак», – дедилар. Уруш фарз қилинганда эса, озгиналаридан бошқалари юз ўгириб кетдилар. Ва Аллоҳ зулм қилувчиларни билувчидир.Alauddin Mansour: Bani Isroildan boʻlgan, Musodan keyingi bir jamoatning holi-xabarini bilmadingizmi? Qaysiki, ular oʻzlarining (Shamʼun ismli) paygʻambarlariga: «Biz uchun bir podshoh tayinlagin, biz (u bilan birga) Alloh yoʻlida jang qilaylik», deyishdi. «Agar sizlarga urush farz qilinsa, ehtimol urushmassiz?», dedi (paygʻambar). Ular aytdilar: «Diyorimizdan haydalib, bolalarimizdan (ajralib) turibmiz-ku, nega Alloh yoʻlida urushmas ekanmiz?» Qachonki ularga urush farz qilinganda ozgina kishidan tashqari hammalari bosh tortdilar. Alloh zulm qilguvchilarni bilguvchidir.Бани Исроилдан бўлган, Мусодан кейинги бир жамоатнинг ҳоли-хабарини билмадингизми? Қайсики, улар ўзларининг (Шамъун исмли) пайғамбарларига: «Биз учун бир подшоҳ тайинлагин, биз (у билан бирга) Аллоҳ йўлида жанг қилайлик», дейишди. «Агар сизларга уруш фарз қилинса, эҳтимол урушмассиз?», деди (пайғамбар). Улар айтдилар: «Диёримиздан ҳайдалиб, болаларимиздан (ажралиб) турибмиз-ку, нега Аллоҳ йўлида урушмас эканмиз?» Қачонки уларга уруш фарз қилинганда озгина кишидан ташқари ҳаммалари бош тортдилар. Аллоҳ зулм қилгувчиларни билгувчидир.

40-sahifa · 2-juz · 4-hizb40-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَbilding (koʻrding)билдинг (кўрдинг)إِلَىtomonтомонٱلْمَلَإِaʼyonlarniаъёнларниمِنۢ-dan-данبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyingiкейингиمُوسَىٰٓMusoМусоإِذْvaqtikiвақтикиقَالُوا۟dedilarдедиларلِنَبِىٍّۢbir Nabiygaбир Набийгаلَّهُمُoʻzlariningўзларинингٱبْعَثْtayin qilginтайин қилгинلَنَاbizgaбизгаمَلِكًۭاbir podshohбир подшоҳنُّقَـٰتِلْurush qilaylikуруш қилайликفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингقَالَdediдедиهَلْbalkiбалкиعَسَيْتُمْsizlar shunday boʻlursizсизлар шундай бўлурсизإِنagarагарكُتِبَfarz qilinsaфарз қилинсаعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلْقِتَالُurushурушأَلَّاemasэмасتُقَـٰتِلُوا۟ ۖurushasizlarурушасизларقَالُوا۟dedilarдедиларوَمَاva nimaва нимаلَنَآbizga boʻlibdiбизга бўлибдиأَلَّاemasэмасنُقَـٰتِلَurushamizурушамизفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَقَدْholbuki, batahqiqҳолбуки, батаҳқиқأُخْرِجْنَاjudo qilindik (chiqarildik)жудо қилиндик (чиқарилдик)مِن-dan-данدِيَـٰرِنَاdiyorimizdanдиёримизданوَأَبْنَآئِنَا ۖva farzandlarimizdanва фарзандларимизданفَلَمَّاqachonki esaқачонки эсаكُتِبَfarz qilingandaфарз қилингандаعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْقِتَالُurushурушتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketdilarюз ўгириб кетдиларإِلَّاmagar (boshqa)магар (бошқа)قَلِيلًۭاozginalariозгиналариمِّنْهُمْ ۗulardanуларданوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌۢbiluvchidirбилувчидирبِٱلظَّـٰلِمِينَzulm qiluvchilarniзулм қилувчиларни
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimani Alloh taolo Muso alayhissalomning qavmidan boʻlgan aʼyonlarni eslatish bilan boshlamoqda.

«Musodan keyingi Bani Isroildan boʻlgan aʼyonlarni bilmadingmi?!»

Muso alayhissalom vafot etib ketganlaridan keyin Bani Isroilning aʼyonlari, kattalari, ishboshilaridan bir guruhi

«Vaqtiki oʻz nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yoʻlida urush qilaylik», – dedilar».

Yaʼni, u aʼyonlar oʻz Paygʻambarlari oldiga kelib: «Bizga bir podshoh–boshliq tayin qilib ber, uning rahbarligida Allohning yoʻlida urushmoqchimiz», deyishdi. Bundoq deyishlaridan qalblarida iymon hissi uygʻonib turgan payti ekanligi bilinib turibdi. Ular oʻzlaricha, biz iymon egalarimiz, haq yoʻldamiz, kofirlar botilda, bizni Allohning Oʻzi qoʻllaydi, degan fikrlari bor. Shuning uchun «Allohning yoʻlida urush» qilmoqchilar. Lekin quruq xavas bilan ish bitmasligini anglab yetmaydilar. Bu haqiqatni Allohdan boʻlgan hidoyat tufayli Paygʻambarlari tushunib yetadi. Shuning uchun:

«U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!», – dedi.

Hozir kenglikda turib, bir-biringizga qiziqib, bizga podshoh tayin qilgin, Allohning yoʻlida urush qilaylik, demoqdasizlar. Haqiqatan shu ish yoʻlga qoʻyilsa, urush farzga aylanadi va unda orqaga qaytishning iloji qolmaydi. Ortga qaytgan gunohkor boʻladi.

Bu mulohaza qizishib turgan toʻdani yanada qizitib yubordi. Urushga kirish qaroriga olib kelgan sabablarni zikr qilishdi:

«Ular: «Bizga nima boʻlibdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yoʻlida urushmasak?!» – dedilar».

Yaʼni, qaytishga yoʻl yoʻq. Urushmasak, nima degan odam boʻlamiz. Kofirlar bizni diyorimizdan chiqargan, farzandlarimizdan judo qilgan boʻlsalar.

«Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz oʻgirib ketdilar.»

Avvalgi qiziqish, shijoat va havasdan asar ham qolmaydi. Odamzotning tabiati shu–olomon ichida aqli ham olomon aqliga qoʻshilib qolib, bir-biridan shijoatli boʻlib, ogʻziga kelganini gapiraveradi. Turli fidokorona takliflar qiladi. Boshiga kaltak tushganda esa, hammasi oʻzini qutqarishga tushib qoladi. Faqat, chuqur iymoniy tarbiya olganlargina sobit qadam boʻlib qoladilar. Jamoatga rahbarlik qiluvchi shaxslar ushbu holatning hisobini yaxshi olishlari kerak. Koʻpchilikning qiziqqanligiga aldanib qolmaslik kerak.

«Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir».

Boshga ish tushganda ortga qarab qochadiganlar zolim ekanini shu oyatdan bilamiz. Alloh taolo ularning zulmini bilib, munosib jazolarini beradi.