وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًا ۚ قَالُوٓا۟ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ ٱلْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِٱلْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةً مِّنَ ٱلْمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُۥ بَسْطَةً فِى ٱلْعِلْمِ وَٱلْجِسْمِ ۖ وَٱللَّهُ يُؤْتِى مُلْكَهُۥ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh bo`lsin. Undan ko`ra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga ko`proq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning O`zi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, o`shanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi.Набийлари уларга: «Албатта, Аллоҳ Толутни сизга подшоҳ қилиб тайинлади», – деди. Улар: «У бизга қаёқдан подшоҳ бўлсин. Ундан кўра подшоҳликка биз ҳақлироқмиз. Қолаверса, унга кўпроқ мол ҳам берилмаган», – дедилар. У: «Албатта, уни Аллоҳнинг Ўзи сизларга танлади ва илмда, жисмда кенглигини зиёда қилди. Аллоҳ подшоҳлигини кимга хоҳласа, ўшанга беради. Ва Аллоҳ кенг қамровли ва билувчидир», – деди.Alauddin Mansour: Paygʻambarlari ularga aytdi: «Albatta, Alloh sizlarga Tolutni podshoh qilib tayinladi». «U qayoqdan bizga podshohlik qilsin, axir biz podshohlikka undan haqliroqmiz-ku, qolaversa, unga keng-katta mol-davlat ato qilinmagan boʻlsa», deyishdi. Paygʻambar aytdi: «Albatta, Alloh uni sizlarning ustingizga sayladi va unga ilmda va jismda quvvatni ziyoda qildi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kishiga beradi». Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir.Пайғамбарлари уларга айтди: «Албатта, Аллоҳ сизларга Толутни подшоҳ қилиб тайинлади». «У қаёқдан бизга подшоҳлик қилсин, ахир биз подшоҳликка ундан ҳақлироқмиз-ку, қолаверса, унга кенг-катта мол-давлат ато қилинмаган бўлса», дейишди. Пайғамбар айтди: «Албатта, Аллоҳ уни сизларнинг устингизга сайлади ва унга илмда ва жисмда қувватни зиёда қилди. Аллоҳ мулкини Ўзи истаган кишига беради». Аллоҳ (фазлу карами) кенг, билгувчидир.
Bani Isroilning talabiga binoan, ularning Alloh yoʻlida qiladigan urushlariga rahbarlik qilish uchun podshoh ixtiyor qilindi.
«Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi».
Shunda Bani Isroil oʻzining buzgʻunchiligini yana bir bor koʻrsatdi. Podshoh talab qilgan oʻzlari edi, shu talab inobatga olinib, Tolut ularga podshoh etib tayinlanganida, ular uni rizolik ila qabul qilishning oʻrniga, Allohning amriga isyon qilishdi. Alloh tayin qilgan Tolutning podshoh boʻlishini inkor etishdi. Uning podshohlikka tayinlanishini xato, deb eʼlon qilishdi. Nega?
«Ular: «U bizga qayoqdan podshoh boʻlsin. Undan koʻra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga koʻproq mol ham berilmagan», – dedilar.
Demak, Tolutning podshohlar avlodidan emasligi ularning inkoriga sabab boʻlgan ekan. Qolaversa, ularning fikri boʻyicha, podshoh boʻladigan odamning mol-dunyosi koʻp boʻlishi kerak ekan. Tolutda bu ham yoʻq. U qanday qilib podshoh boʻladi?
Bani Isroilning ushbu notoʻgʻri mavqifiga qaramay, nabiylari Alloh nima uchun Tolutni ularga podshoh qilib tayinlaganini bayon qildi:
«U: «Albatta, uni Allohning Oʻzi sizlarga tanladi. Va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, oʻshanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi.
Bani Isroilning Paygʻambari sabr bilan, qizishmay, ularga haqiqatni tushuntirishga urindi. U aytdiki, avvalo, siz inkor qilayotgan Tolutni podshoh qilib Allohning Oʻzi tanladi. Men yoki boshqa biror kishi tanlagani yoʻq. Ikkinchidan, Alloh uning ilmda va jismda kengligini ziyoda qilib qoʻydi. Podshohlikka eng kerakli narsalar shular. Siz aytgandek, boy boʻlishi emas. Qolaversa, Alloh podshohligini kimga xohlasa, oʻshanga berdi. Oʻzi ega, Oʻzi bilib tasarruf qiladi. Sizlardan soʻrab oʻtirmaydi.
«Alloh keng qamrovli va biluvchidir.»
Hamma narsani, shu jumladan, siz bilan bizni va biz talashayotgan masalani ham qamrab olgan. Oʻzi bilib tasarruf qiladi.
Lekin ikkilanib turgan va ulkan ishga qadam qoʻyish arafasidagi qavmning ehtimolli shubhalarini ham tarqatib, ishonchlarini oshirish uchun Tolutning podshohligi Alloh taolo tomonidan ekanligini tasdiqlovchi moʻʼjiza narsalarni ham aytib oʻtiladi: