وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ءَايَةَ مُلْكِهِۦٓ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلتَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌ مِّمَّا تَرَكَ ءَالُ مُوسَىٰ وَءَالُ هَـٰرُونَ تَحْمِلُهُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiylari ularga: «Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmog`idir, unda xotirjamlik va Muso hamda Horun ahlidan qolgan qoldiq bo`lib, farishtalar ko`tarib kelur. Agar mo`min bo`lsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor», – dedi.Набийлари уларга: «Албатта, унинг подшоҳлигининг белгиси сизларга Роббингиздан сандиқ келмоғидир, унда хотиржамлик ва Мусо ҳамда Ҳорун аҳлидан қолган қолдиқ бўлиб, фаришталар кўтариб келур. Агар мўмин бўлсаларингиз, албатта, бу нарсада сизларга белги бор», – деди.Alauddin Mansour: Paygʻambarlari ularga aytdi: «Uning podshoh boʻlib saylanganligining alomati — sizlarga bir sandiq kelishidirki, unda Parvardigoringiz tomonidan xotirjamlik va Muso va Horun oilalaridan qolgan meros jo qilingan boʻlib, farishtalar koʻtarib turadilar. Agar chindan iymon egalari boʻlsangiz, shubhasiz, bu voqeada sizlar uchun oyat-alomat bordir.Пайғамбарлари уларга айтди: «Унинг подшоҳ бўлиб сайланганлигининг аломати — сизларга бир сандиқ келишидирки, унда Парвардигорингиз томонидан хотиржамлик ва Мусо ва Ҳорун оилаларидан қолган мерос жо қилинган бўлиб, фаришталар кўтариб турадилар. Агар чиндан иймон эгалари бўлсангиз, шубҳасиз, бу воқеада сизлар учун оят-аломат бордир.
Tolutning haqiqatda Alloh tomonidan tayin qilingan podshoh ekanini Bani Isroilga isbot etish uchun ularga qoyil qoldiradigan, odatdan tashqari, Allohdan boshqa hech kimning qoʻlidan kelmaydigan bir moʻʼjiza sodir etilyapti. Maʼlumki, Muso alayhissalomning vafotlaridan keyin Yushaʼ alayhissalom Bani Isroilga rahbar boʻlgan edilar. Oʻsha paytda ularni muqaddas yerlaridan haydab chiqargan dushmanlari bir qancha muqaddas narsalarini ham tortib olgan edi. Mazkur tortib olingan narsalar ichida, jumladan, Bani Isroilga xos bir mashhur tobut–sandiq ham bor edi. Muso alayhissalom qachon urushga kirsalar, oʻsha tobutni oʻz askarlarining oldida borishini taʼminlar edilar. Shunda Bani Isroilning qalbiga xotirjamlik tushib, urushdan qochishmasdi. Keyinchalik u tobutga Muso va Horun alayhissalomlardan qolgan esdalik–tabarruklarni solib qoʻyishgan edi. Jumladan, mazkur tobutda Alloh taolo Muso alayhissalomga Tur togʻida bergan lavhalar, u kishining hassalari, kiyimlari, kovushlari, Horun alayhissalomning sallalari kabi narsalar bor edi. (Ulamolarimiz ushbuni Paygʻambarlardan qolgan narsalarni tabarruk tutishga dalildir, deganlar.)
Paygʻambarlari: tobutni farishtalar koʻtarib kelishi Tolutning podshohligiga belgidir, agar haqiqiy moʻmin boʻladigan boʻlsangiz, ushbu moʻʼjizaning oʻzi kifoya qiladi,–dedi.
Keyingi oyatlardagi maʼnoga qaraganda, bu ish roʻy berib, Bani Isroilda ishonch hosil boʻlganga oʻxshaydi: