QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят249

فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِٱلْجُنُودِ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ مُبْتَلِيكُم بِنَهَرٍ فَمَن شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّى وَمَن لَّمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُۥ مِنِّىٓ إِلَّا مَنِ ٱغْتَرَفَ غُرْفَةًۢ بِيَدِهِۦ ۚ فَشَرِبُوا۟ مِنْهُ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُۥ هُوَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ قَالُوا۟ لَا طَاقَةَ لَنَا ٱلْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَـٰقُوا۟ ٱللَّهِ كَم مِّن فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةًۢ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qo`li bilan bir ho`plam ho`plasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o`tganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yo`q», dedilar. Allohga ro`baro` bo`lishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko`p sonli guruhlarga g`olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar.Толут аскар билан чиққанда: «Албатта, Аллоҳ сизни дарё билан синовчидир, ким ундан ичса, у мендан эмас. Ва ким уни тановул қилмаса, у, албатта, мендандир. Магар биров қўли билан бир ҳўплам ҳўпласа, майли», деди. Озгиналаридан бошқалари ундан ичдилар. У ва у билан бирга иймон келтирганлар у(дарё)дан ўтганларида, улар: «Бугун бизда Жолут ва унинг аскари билан жанг қилишга тоқат йўқ», дедилар. Аллоҳга рўбарў бўлишга ишонганлар: «Қанчадан-қанча оз сонли гуруҳлар Аллоҳнинг изни билан кўп сонли гуруҳларга ғолиб келган. Аллоҳ сабрлилар биландир», – дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki Tolut askarlari bilan (shahardan) chiqqach, aytdi: «Albatta, Alloh sizlarni bir daryo bilan imtihon qiladi. Bas, kim undan suv ichsa mening (askarim)dan emas va kim undan ichmasa, u mendandir. Magar kim qoʻli bilan faqat bir hovuch olsa (joizdir)». Bas, u daryodan ozginalaridan boshqa hammalari ichdilar. U iymon keltirgan kishilar bilan birga daryodan oʻtgach, (askarlar) aytdilar: «Endi bu kun Jolut va uning lashkarlariga kuchimiz yetmaydi». (Shunda) Allohga roʻbaroʻ boʻlishlariga ishonadigan zotlar: «Qanchadan-qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan gʻalaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir», dedilar.Қачонки Толут аскарлари билан (шаҳардан) чиққач, айтди: «Албатта, Аллоҳ сизларни бир дарё билан имтиҳон қилади. Бас, ким ундан сув ичса менинг (аскарим)дан эмас ва ким ундан ичмаса, у мендандир. Магар ким қўли билан фақат бир ҳовуч олса (жоиздир)». Бас, у дарёдан озгиналаридан бошқа ҳаммалари ичдилар. У иймон келтирган кишилар билан бирга дарёдан ўтгач, (аскарлар) айтдилар: «Энди бу кун Жолут ва унинг лашкарларига кучимиз етмайди». (Шунда) Аллоҳга рўбарў бўлишларига ишонадиган зотлар: «Қанчадан-қанча кичкина гуруҳлар Аллоҳнинг изни билан катта гуруҳлар устидан ғалаба қилган. Аллоҳ сабр қилгувчилар билан биргадир», дедилар.

41-sahifa · 2-juz · 4-hizb41-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиفَصَلَchiqdiчиқдиطَالُوتُTolutТолутبِٱلْجُنُودِaskar bilanаскар биланقَالَdediдедиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳمُبْتَلِيكُمsizni sinovchidirсизни синовчидирبِنَهَرٍۢdaryo bilanдарё биланفَمَنbas, kimбас, кимشَرِبَichsaичсаمِنْهُundanунданفَلَيْسَu emasу эмасمِنِّىmendanменданوَمَنva kimва кимلَّمْemasэмасيَطْعَمْهُuni tanovvul qilsaуни тановвул қилсаفَإِنَّهُۥbas, albatta uбас, албатта уمِنِّىٓmendandirмендандирإِلَّاmagarмагарمَنِbirovбировٱغْتَرَفَhoʻplasaҳўпласаغُرْفَةًۢbir hoʻplamбир ҳўпламبِيَدِهِۦ ۚqoʻli bilanқўли биланفَشَرِبُوا۟bas, ichdilarбас, ичдиларمِنْهُundanунданإِلَّاmagar (boshqa)магар (бошқа)قَلِيلًۭاozginalariозгиналариمِّنْهُمْ ۚulardanуларданفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиجَاوَزَهُۥundan oʻtganidaундан ўтганидаهُوَuуوَٱلَّذِينَva ularва уларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаقَالُوا۟dedilarдедиларلَاyoʻqйўқطَاقَةَtoqatтоқатلَنَاbizdaбиздаٱلْيَوْمَbugunбугунبِجَالُوتَJolut bilanЖолут биланوَجُنُودِهِۦ ۚva uning askari bilanва унинг аскари биланقَالَdedilarдедиларٱلَّذِينَularуларيَظُنُّونَishonganlarишонганларأَنَّهُمalbatta ularалбатта уларمُّلَـٰقُوا۟roʻbaroʻ boʻluvchilarрўбарў бўлувчиларٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَمqanchadan-qanchaқанчадан-қанчаمِّن-dan-данفِئَةٍۢguruhlarгуруҳларقَلِيلَةٍoz sonliоз сонлиغَلَبَتْgʻolib kelganғолиб келганفِئَةًۭguruhlargaгуруҳларгаكَثِيرَةًۢkoʻp sonliкўп сонлиبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳمَعَbilandirбиландирٱلصَّـٰبِرِينَsabrlilarсабрлилар
TafsirТафсир

Va nihoyat, Bani Isroilning jihoddan qochmay qolgan odamlarini Tolutning Alloh tayin qilgan podshoh ekanligiga ishontirilgach, Tolut ulardan askar tayyorladi. Soʻngra, jihod, urush qilish vaqti yetib keldi. Ular joʻnadilar. Shunda Tolutning haqiqiy askarboshi ekanligi namoyon boʻldi. U askarlarining holatini yaxshi bilardi. Ular avvallari magʻlubiyatga uchrab yurgan, xorlikka koʻnikib qolgan edilar. Dushman esa, kuchli, gʻalabaga odatlanib qolgan. Unday dushmanga gʻolib kelish uchun mustahkam irodaga ega boʻlish kerak. Shuning uchun, Tolut oʻz askarlarining irodasini sinab koʻrmoqchi boʻldi. Shahardan chiqqanlarida, sinov shartini eʼlon qildi.

«Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qoʻli bilan bir hoʻplam hoʻplasa, mayli», dedi».

Yoʻlda bir daryo uchraydi, kim irodasi kuchli boʻlib, chanqoqqa chidab, uning suvidan ichmasa, imtihondan oʻtgan boʻladi. Tolutning haqiqiy askariga aylanadi. Kim irodasizlik qilib, daryoning suvidan ichib olsa, askarlikka qabul qilinmaydi. Bir oz suvsizlikka chiday olmagan odam jihodning mashaqqatlariga chiday olmasligi turgan gap. Shu bilan birga, tomoqni hoʻllab olish uchun bir hoʻplam ichishga ham ruxsat berdi.

Yurib borib daryoga ham yetishdi:

«Ozginalaridan boshqalari undan ichishdi».

Sinovdan oʻtisha olmadi. Ogʻir ishga kirishishdan oldin odamlarni faqat ogʻzaki sinov emas, balki amaliy sinovdan ham oʻtkazish zarurligi shundan bilinadi. Birinchi amaliy sinovda Tolutning askari ham sarasi saraga, puchagi puchakka ajradi. Sinovdan oʻtmaganlar ajrab qoldilar.

Imom Buxoriy Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda, u kishi:

«Muhammad sallallohu alayhi vasallamning Badr urushi kuni qatnashgan sahobalarining soni uch yuz oʻn necha kishi–Tolut bilan daryodan oʻtgan sheriklarining soniga teng kelganini gaplashar edik; u bilan faqat moʻminlargina oʻtgan», degan ekanlar.

«U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan oʻtganlarida ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yoʻq», – dedilar.»

Lekin iymonlilar ichida ham zaiflar paydo boʻldi. Dushmanga roʻbaroʻ kelganda oʻzlarining ozligi, dushmanning quvvatli ekanini sezib, urushda qatnasha olmasliklarini, toqatlari yoʻqligini bayon qilishdi. Ular vaziyatni oʻz tarozulariga solib koʻrib, gʻolib kelishlariga koʻzlari yetmadi. Shunda haqiqiy moʻminlar, hamma narsani ilohiy oʻlchov bilan oʻlchaydiganlar yuzaga chiqdilar.

«Allohga roʻbaroʻ boʻlishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan koʻp sonli guruhlarga gʻolib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar».

Asl narsa oʻzi oz boʻladi. Haqiqiy moʻminlar ham oz boʻladilar. Chunki ular xatarli soʻqmoqlardan qiyinchiliklarni yengib oʻtib, maqsadga yetadilar, Alloh tanlagan muqarrab bandalar qatoriga kiradilar. Bu hammaga ham nasib qilavermaydi. Undaylar Parvardigori Olamga roʻbaroʻ boʻlishlariga qatʼiy ishonadilar. Shuning uchun, hamma mashaqqatlarni yengishga tayyor boʻladilar. Hamma narsa «Allohning izni bilan» boʻlishiga ishonadilar. Shuning uchun, sonlari oz boʻlsa ham, qoʻrqmaydilar. Ular Alloh sabr qiluvchilar bilan birga ekanligini yaxshi biladilar. Allohnig Oʻzidan sabr tilab, qoʻrqmay, koʻp sonli va quvvatli dushmanning koʻziga tik boqib boraveradilar.