وَلَمَّا بَرَزُوا۟ لِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ قَالُوا۟ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jolut va uning askarlariga ro`baro` kelganlarida: «Robbimiz, bizga sabr to`kkin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin», – dedilar.Жолут ва унинг аскарларига рўбарў келганларида: «Роббимиз, бизга сабр тўккин, собитқадам қилгин ва кофир қавмларга қарши нусрат бергин», – дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki Jolut va uning lashkariga roʻbaroʻ kelganlarida: «Parvardigoro, ustimizdan sabru toqat yogʻdirgil, qadamlarimizni sobit qil va Oʻzing bizni bu kofir qavm ustiga gʻolib qil!», dedilar.Қачонки Жолут ва унинг лашкарига рўбарў келганларида: «Парвардигоро, устимиздан сабру тоқат ёғдиргил, қадамларимизни собит қил ва Ўзинг бизни бу кофир қавм устига ғолиб қил!», дедилар.
Ular dushman bilan toʻqnashganlarida, duo qilib, Allohdan soʻraydigan narsalarini soʻrashga shoshildilar. Oʻsha payt duo qabul boʻladigan payt. Haqiqiy moʻminlar har doim Allohni esdan chiqarmaydilar. Allohning koʻrsatmasiga binoan kerakli tadbirlarni ishga soladilar va hamma narsa qoʻlida boʻlgan Zotga yolboradilar.
«Robbimiz, bizga sabr toʻkkin» iborasidan sabr xuddi toʻkiladigan narsadek tasavvur beradi. Xuddi suvni toʻkkandek, boshidan toʻkib yuborsa, oqib oyogʻiga tushadi. Sabr eng kerakli narsa boʻlganidan mazkur moʻminlar uni avval zikr qilishdi.
«Sobitqadam qilgin»–bu ulugʻ ishda qadamimiz toyilmasin, sobit tursin. Bu ham Allohning yordami bilan boʻladigan ish.
«Va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin.»
Moʻminlarning orzusi–kofirlar ustidan gʻolib chiqishdir. Ularning orzusi roʻyobga chiqdi.