QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят251

فَهَزَمُوهُم بِإِذْنِ ٱللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُۥدُ جَالُوتَ وَءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلْمُلْكَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَهُۥ مِمَّا يَشَآءُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّفَسَدَتِ ٱلْأَرْضُ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. So`ngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini o`rgatdi. Agar Allohning ba'zi (odam)larni ba'zilariga daf' qilishi bo`lmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir.Бас, Аллоҳнинг изни билан уларни енгдилар ва Довуд Жолутни қатл этди. Сўнгра, Аллоҳ унга подшоҳлик ва ҳикматни берди ва хоҳлаган нарсасини ўргатди. Агар Аллоҳнинг баъзи (одам)ларни баъзиларига дафъ қилиши бўлмаса эди, ер юзи бузиларди. Лекин Аллоҳ оламлар устидан фазл эгасидир.Alauddin Mansour: Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar. Va (Tolutning askarlaridan boʻlgan) Dovud Jolutni oʻldirdi. Va Alloh unga (Dovudga) podshohlik, paygʻambarlik va Oʻzi xohlagan narsalaridan taʼlim berdi. Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan dafʼ qilib turmas ekan, shubhasiz, Yer fasodga duchor boʻladi. Lekin Alloh barcha olamlar ustida fazlu karam Sohibidir.Бас, Аллоҳнинг изни билан уларни енгдилар. Ва (Толутнинг аскарларидан бўлган) Довуд Жолутни ўлдирди. Ва Аллоҳ унга (Довудга) подшоҳлик, пайғамбарлик ва Ўзи хоҳлаган нарсаларидан таълим берди. Агар Аллоҳ одамларнинг айримларини айримлари билан дафъ қилиб турмас экан, шубҳасиз, Ер фасодга дучор бўлади. Лекин Аллоҳ барча оламлар устида фазлу карам Соҳибидир.

41-sahifa · 2-juz · 4-hizb41-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَهَزَمُوهُمbas, ularni yengdilarбас, уларни енгдиларبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَقَتَلَva qatl etdiва қатл этдиدَاوُۥدُDovudДовудجَالُوتَJolutniЖолутниوَءَاتَىٰهُva unga berdiва унга бердиٱللَّهُAllohАллоҳٱلْمُلْكَpodshohlikniподшоҳликниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَعَلَّمَهُۥva unga oʻrgatdiва унга ўргатдиمِمَّاnarsasiniнарсасиниيَشَآءُ ۗxohlaganхоҳлаганوَلَوْلَاva agar boʻlmasa ediва агар бўлмаса эдиدَفْعُdafʼ qilishiдафъ қилишиٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلنَّاسَodamlarniодамларниبَعْضَهُمbaʼzilariniбаъзилариниبِبَعْضٍۢbaʼzilari bilanбаъзилари биланلَّفَسَدَتِalbatta buzilardiалбатта бузилардиٱلْأَرْضُyer yuziер юзиوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳذُوegasidirэгасидирفَضْلٍfazlфазлعَلَىustidanустиданٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Tolut va uning askarlari Jolut va uning askarlari ustidan gʻalaba qozondilar. Bu gʻalaba, albatta, Allohning izni bilan boʻldi. Hech bir narsa uning iznisiz boʻlmaydi. Alloh Oʻz irodasini moʻminlar orqali yuzaga chiqaradi.

«Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi.»

Dovud Tolut askari ichida yosh yigit edi. Jolut esa, katta kuchga ega boʻlgan podshoh, hammaning qalbiga dahshat solib turuvchi askarboshi edi. Alloh taolo ushbu zolim podshoh va askarboshining yoshgina yigitcha qoʻlida qatl boʻlishini iroda qildi. Bu bilan odamlarga, Alloh xohlasa, har qanday jabbor boʻlsa ham, bir yosh yigit uning oʻlimiga sabab boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, bu ishning ortida boshqa hikmat ham bor edi:

«Soʻngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini oʻrgatdi».

Dovud Allohning inoyati bilan Tolutdan keyin Bani Isroilga podshoh boʻldi. Uning podshohlik davri oltin davr boʻldi. Alloh taolo unga podshohlikka qoʻshib hikmatni, yaʼni, Paygʻambarlikni ham berdi. Shu bilan birga, unga urush asboblarini yasashni ham oʻrgatdi.

«Agar Allohning baʼzi(odam)larni baʼzilariga dafʼ qilishi boʻlmasa edi, yer yuzi buzilardi.»

Yaʼni, kofirlarni moʻminlar bilan dafʼ qilib turmasa, moʻminlarni kofirlar ustidan gʻolib qilmasa, kofirlar yer yuzini fasodga toʻlgʻazib yuboradilar.

«Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir.»

Shuning uchun, baʼzilarini baʼzilariga dafʼ qilib, ishni tuzatib, toʻgʻrilab turadi.