QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят252

تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۚ وَإِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Va, albatta, sen Payg`ambarlardandirsan.Булар Аллоҳнинг оятларидир. Уларни сенга ҳақ ила тиловат қилурмиз. Ва, албатта, сен Пайғамбарлардандирсан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bular Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga haqqirost tilovat qilmoqdamiz. Va Siz, shak-shubhasiz, paygʻambarlardandirsiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), булар Аллоҳнинг оятларидир. Уларни Сизга ҳаққирост тиловат қилмоқдамиз. Ва Сиз, шак-шубҳасиз, пайғамбарлардандирсиз.

41-sahifa · 2-juz · 4-hizb41-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تِلْكَbularбуларءَايَـٰتُoyatlaridirоятларидирٱللَّهِAllohningАллоҳнингنَتْلُوهَاularni tilovat qilurmizуларни тиловат қилурмизعَلَيْكَsengaсенгаبِٱلْحَقِّ ۚhaq ilaҳақ илаوَإِنَّكَva albatta senва албатта сенلَمِنَ-dandirsan-дандирсанٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarПайғамбарлар
TafsirТафсир

«Bular»–minglarcha odamlarni oʻldirish va tiriltirish, tobutni farishtalar koʻtarib kelishi, oz sonli moʻminlarning koʻp sonli kofirlarning ustidan gʻolib kelishi haqidagi xabarlarni oʻz ichiga olgan oyatlardir. Ularni Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga haq ila hikoya qilib bermoqda.

«Haq bilan» degani–qanday boʻlgan boʻlsa, shunday, voqeʼlikdagi hodisaning oʻzini aytib bermoqda, deganidir. Ushbu oyatda Rasululloh alayhissolatu vassalomning Paygʻambarliklari haq ekanining taʼkidi ham bor. Chunki yuqoridagi oyatlar u kishining haqiqiy paygʻambar ekanliklariga yorqin dalildir. Hech bir kitobni oʻqimay, hech kimdan dars olmay, bunday xabarni aytish faqat haqiqiy Paygʻambarninggina qoʻlidan keladi.

Qurʼoni Karim Allohning oyatlaridir, boshqa birovniki emas. Paygʻambarimizga bu oyatlarni Allohning Oʻzi haq bilan tilovat qilmoqda. Boshqa birov emas. Shuning uchun, Qurʼon oyatlariga oʻziga yarasha eʼtibor ila qarash kerak.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning haq Paygʻambarlardan ekanliklarining bayonidan keyin endi Paygʻambarlarning maqomlarini, baʼzilarining xususiyatlarini, ummatlari bilan boʻlgan aloqalarini va boshqa holatlarini umumiy tarzda aytib oʻtiladi: