QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят253

۞ تِلْكَ ٱلرُّسُلُ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۘ مِّنْهُم مَّن كَلَّمَ ٱللَّهُ ۖ وَرَفَعَ بَعْضَهُمْ دَرَجَـٰتٍ ۚ وَءَاتَيْنَا عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱلْبَيِّنَـٰتِ وَأَيَّدْنَـٰهُ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ ۗ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلَ ٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَـٰتُ وَلَـٰكِنِ ٱخْتَلَفُوا۟ فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ وَمِنْهُم مَّن كَفَرَ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلُوا۟ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bular Payg`ambarlar. Ularning ba'zilarini ba'zilaridan fazllik qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va ba'zilarining darajasini ko`targan. Va Iyso ibn Maryamga oydin(mo`'jiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qo`lladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar o`zlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan so`ng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi.Булар Пайғамбарлар. Уларнинг баъзиларини баъзиларидан фазллик қилдик. Улардан Аллоҳ гаплашгани бор ва баъзиларининг даражасини кўтарган. Ва Ийсо ибн Марямга ойдин(мўъжиза)ларни бердик ва уни муқаддас руҳ билан қўлладик. Агар Аллоҳ хоҳлаганида, улардан кейин қолганлар ўзларига очиқ-ойдин баёнотлар келганидан сўнг урушмас эдилар. Лекин ихтилоф қилдилар. Улардан кимдир иймон келтирди, кимдир куфр келтирди. Агар Аллоҳ хоҳлаганида, урушмас эдилар. Лекин Аллоҳ нимани ирода қилса, шуни қилади.Alauddin Mansour: Oʻsha paygʻambarlarning ayrimlarini ayrimlaridan afzal qildik. Ularning oralarida Alloh (bevosita) soʻzlagan zotlar bor. Va (ularning) ayrimlarini (Alloh) yuksak darajalarga koʻtardi. Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-Quds (Jabroil) bilan quvvatlantirdik. Agar Alloh xohlaganda u paygʻambarlardan keyin oʻtgan odamlar hujjatlar kelganidan keyin urishishmagan boʻlardilar. Ammo ular ixtilof qildilar. Bas, ularning orasida moʻminlar ham bor, kofirlar ham. Agar Alloh xohlaganda urishishmagan boʻlardilar, lekin Alloh Oʻzi xohlagan ishini qiladi.Ўша пайғамбарларнинг айримларини айримларидан афзал қилдик. Уларнинг ораларида Аллоҳ (бевосита) сўзлаган зотлар бор. Ва (уларнинг) айримларини (Аллоҳ) юксак даражаларга кўтарди. Ийсо бинни Марямга ҳужжатлар бердик ва уни Руҳул-Қудс (Жаброил) билан қувватлантирдик. Агар Аллоҳ хоҳлаганда у пайғамбарлардан кейин ўтган одамлар ҳужжатлар келганидан кейин уришишмаган бўлардилар. Аммо улар ихтилоф қилдилар. Бас, уларнинг орасида мўминлар ҳам бор, кофирлар ҳам. Агар Аллоҳ хоҳлаганда уришишмаган бўлардилар, лекин Аллоҳ Ўзи хоҳлаган ишини қилади.

42-sahifa · 3-juz · 5-hizb42-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ تِلْكَoʻshalarўшаларٱلرُّسُلُPaygʻambarlarПайғамбарларفَضَّلْنَاfazllik qildikфазллик қилдикبَعْضَهُمْularning baʼzilariniуларнинг баъзилариниعَلَىٰ-dan-данبَعْضٍۢ ۘbaʼzilaridanбаъзилариданمِّنْهُمulardanуларданمَّنkimdirкимдирكَلَّمَgaplashganiгаплашганиٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَرَفَعَva koʻtarganва кўтарганبَعْضَهُمْbaʼzilariniбаъзилариниدَرَجَـٰتٍۢ ۚdarajalargaдаражаларгаوَءَاتَيْنَاva berdikва бердикعِيسَىIysoИйсоٱبْنَibnибнمَرْيَمَMaryamgaМарямгаٱلْبَيِّنَـٰتِoydin (moʻʼjiza)larniойдин (мўъжиза)ларниوَأَيَّدْنَـٰهُva uni qoʻlladikва уни қўлладикبِرُوحِruh bilanруҳ биланٱلْقُدُسِ ۗmuqaddasмуқаддасوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlaganidaхоҳлаганидаٱللَّهُAllohАллоҳمَاemasэмасٱقْتَتَلَurushar edilarурушар эдиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларمِنۢ-dan-данبَعْدِهِمulardan keyingilarулардан кейингиларمِّنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَاnarsaнарсаجَآءَتْهُمُularga kelganidanуларга келганиданٱلْبَيِّنَـٰتُochiq-oydin bayonotlarочиқ-ойдин баёнотларوَلَـٰكِنِlekinлекинٱخْتَلَفُوا۟ixtilof qildilarихтилоф қилдиларفَمِنْهُمbas, ulardanбас, уларданمَّنْkimdirкимдирءَامَنَiymon keltirdiиймон келтирдиوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنkimdirкимдирكَفَرَ ۚkufr keltirdiкуфр келтирдиوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlaganidaхоҳлаганидаٱللَّهُAllohАллоҳمَاemasэмасٱقْتَتَلُوا۟urushar edilarурушар эдиларوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳيَفْعَلُqiladiқиладиمَاnimaniниманиيُرِيدُiroda qilsaирода қилса
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimning har bir soʻzidan, har bir harfidan katta- katta maʼnolar kelib chiqadi. Bu haqiqatni kishilar tushunib yetishlari kerak, xolos. Ushbu oyati karimaning avvalida «Bular» degan soʻz kelmoqda. Bu Paygʻambar alayhissalomlarga nisbatan boʻlgan ehtirom ramzidir. «Ular», «Anavilar» yoki shunga oʻxshash boshqa soʻzlarni ishlatmasdan, aynan

«Bular Paygʻambarlar», deyilishi hurmatga dalolat qiladi.

Oyati karimada Paygʻambarlar va Paygʻambarliklar haqida umumiy maʼlumot kelmoqda. Shu bilan birga, baʼzi Paygʻambarlarning baʼzilaridan fazli ustun ekanligi va oʻsha ustunlik nimada ekanligi ham bildirib oʻtilmoqda.

«Ularning baʼzilarini baʼzilaridan fazllik qildik.»

Mazkur fazl Paygʻambar alayhissalomlarni oʻrab turgan muhitga bogʻliq. Misol uchun, baʼzi Paygʻambarlar bir qabilaga, boshqalari bir avlodga, yana birlari bir ummatga, baʼzilari esa, barcha ummatlar va barcha avlodlarga yuborilgan boʻladilar. Shuningdek, bu fazllar Paygʻambarlikning tabiatiga, uning inson hayotini qanchalik qamrab olishiga ham bogʻliqdir.

Oyati karimada mazkur holga ikkita misol keltiriladi:

1) «Ulardan Alloh gaplashgani bor».

Yaʼni, Paygʻambarlar ichida Alloh u bilan gaplashgani bor. Alloh bilan gaplashish haqida soʻz ketganda, albatta, Muso alayhissalom yodga tushadilar. Bu maʼno ozmi-koʻpmi dindan xabardor barcha kishilarga maʼlum. Qurʼoni Karimda bir necha bor takrorlangan haqiqat. Muso alayhissalomning laqablari «Kaliymulloh»dir. Yaʼni, Alloh ila soʻzlashgan, shuning uchun ham oyatda u kishining nomlari aytib oʻtirilmadi.

«Va baʼzilarining darajasini koʻtargan.»

Alloh taolo Oʻz hikmati ila baʼzi Paygʻambarlarining darajasini koʻtarib qoʻygan. Bu ham maʼlum va mashhur.

2) «Va Iyso ibn Maryamga oydin(moʻʼjiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qoʻlladik».

Qurʼoni Karim doimo Iyso alayhissalomni onalari Bibi Maryamga nisbat berib zikr qiladi. Bu bilan u kishining inson ekanliklarini taʼkidlaydi va u zot haqidagi turli afsonalarning bekor ekanligini isbot qiladi. U kishiga berilgan «oydin (moʻʼjiza)lar» haqida ham koʻplab oyatlar kelgan. Bularga u kishiga tushirilgan «Injil» kitobi va u kishiga Alloh bergan boshqa turli moʻʼjizalar kiradi. «Muqaddas ruh» deb tarjima qilingan «Ruhul qudus»dan murod Jabroil farishta alayhissalomdir. U vahiyga xizmat qiluvchi, Allohning vahiyini Paygʻambarlarga yetkazuvchi farishtadir. Qaysi Paygʻambarga Jabroil alayhissalom kelsalar, katta qoʻllash hisoblanadi.

Oyati karimada Muhammad alayhissalomning oʻzlariga xitob boʻlayotgani uchun u zotning fazllari zikr qilinmadi. Hamma Paygʻambarlar ichida Muhammad alayhissalomga nazar soladigan boʻlsak, u zot eng oliy choʻqqida turadilar. Paygʻambarlikning hamma nuqtai nazaridan qaraganda, u zot va u kishining Paygʻambarliklari hammadan ustun turadi. U kishining Paygʻambarliklari barcha avlodlar, barcha ummatlar va xalqlar uchundir. U kishining Paygʻambarliklari qiyomat kuniga qadar bardavomdir. U kishining Paygʻambarliklari toʻliq, hech qanday kamchiliksiz va kishilarga ikki dunyo saodatini beruvchi Paygʻambarlikdir. Shuning uchun ham, u kishidan keyin vahiy kelishi toʻxtagan. Alloh taolo boshqa hamma Paygʻambarlarga bergan fazilatlarni jamlab Muhammad alayhissalomga bergandir.

Shunday boʻlsa ham, Paygʻambarimiz alayhissalom Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda:

«Meni boshqa Paygʻambarlardan ustun qoʻymanglar»,–deydilar.

Bu-naqadar ulugʻ kamtarlik, buyuk tavozuʼ. Ulamolarimiz ushbu oyat va hadisdagi maʼnolarning bir-biriga qarama-qarshi emasligini taʼkidlab, oyatda voqelikdan xabar berilgan, hadis Paygʻambar alayhissalomning kamtarliklariga, Paygʻambarlarning fazlini belgilash Allohning ishi ekanligiga dalolat, deganlar.

«Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar oʻzlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan soʻng urushmas edilar».

Demak, paygʻambarlardan keyin qolgan ummatlarning urushishlari ham Allohning iroda, xohishi bilan boʻlar ekan. Bu dunyoda hech narsa Alloh taoloning irodasidan chetga chiqa olmaydi. Insonlardagi aql, isteʼdodlar turlicha, ushbu turli-tumanlik baʼzi vaqtlarda har kim oʻzinikini toʻgʻri deb bilib, oʻz fikrini oʻtkazishga urinishi oqibatida ixtiloflarga, ixtiloflar esa, urushga olib keladi. Buning hammasi Allohning xohishi bilan boʻladi.

«Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi.»

Ixtilof kuchayib borib, kufr va iymon orasidagi ixtilof darajasiga yetdi. Iymon bilan kufr yuzma-yuz boʻlganida, urush qilmasa boʻlmaydigan darajaga yetgan boʻladi. Chunki, kufr bilan yer yuzi obod boʻlmaydi. Kishilar baxt-saodatga erishmaydi. Kofir boʻlib turib, paygʻambarlarga ergashyapman, deyishga hech kimning haqqi yoʻq. Iymon, eʼtiqod asosida urush qilish ham Allohning irodasi bilan boʻladi. Boʻlmasa:

«Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani xohlasa, shuni qiladir».

Uning irodasi chegara bilmaydi.

Ushbu oyatda ixtilof va urush zikr qilinganidan soʻng, kelasi oyatda urushga doim hamroh, zarur boʻladigan narsa–mol-mulk sarflash va nafaqa qilish haqida daʼvat keladi: