يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَـٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خُلَّةٌ وَلَا شَفَـٰعَةٌ ۗ وَٱلْكَـٰفِرُونَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-og`aynichilik va na shafoatchilik yo`q Kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar — o`shalar zolimlardir.Эй, иймон келтирганлар! Сизга ризқ қилиб берган нарсаларимиздан на олди-сотди, на ошна-оғайничилик ва на шафоатчилик йўқ Кун келмасдан олдин нафақа қилинг. Ва кофирлар — ўшалар золимлардир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, na oldi-sotdi, na oshna-ogʻaynigarchilik va na shafoat — qoʻllov boʻlmaydigan Kun kelishidan ilgari hayoti dunyoda sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq-ehson qilinglar! Kofir boʻlgan kimsalargina zulm qilguvchilardir.Эй мўминлар, на олди-сотди, на ошна-оғайнигарчилик ва на шафоат — қўллов бўлмайдиган Кун келишидан илгари ҳаёти дунёда сизларга ризқ қилиб берган нарсаларимиздан инфоқ-эҳсон қилинглар! Кофир бўлган кимсаларгина зулм қилгувчилардир.
Ushbu oyatda Alloh Oʻz bandalariga yana ularga yoqadigan sifatlar ila:
«Ey, iymon keltirganlar!» deb xitob qilmoqda. Bu sifat bandalarni Robbilariga bogʻlab turadigan sifatdir. Chaqiriq esa, mol- dunyo sarflashga, nafaqa qilishga qaratadir. Nafaqa soʻzining mohiyatida uni qayoqqa sarflash maʼnosi ham jo etilgandir. Yaʼni, Alloh koʻrsatgan joylarga mol sarflash tushuniladi. Shuning uchun bu yerda nimaga nafaqa qilish masalasiga alohida urgʻu berilmagan. Lekin nimadan nafaqa qilish eslatilmoqda:
«Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan».
Demak, Alloh taoloning Oʻzi bergan narsadan baʼzi qismini Oʻzi koʻrsatgan joyga sarflanar ekan. Ham nafaqa vaqti taʼkidlanyapti:
«na oldi-sotdi, na oshna-ogʻayni va na shafoatchilik yoʻq Kun kelmasdan oldin».
Yaʼni, qiyomat boʻlmasdan burun nafaqa qilib qolinglar. Bunday imkoniyat sizlarda bugun bor. Chunki, qiyomat kunida savdo-sotiq qilib molu dunyoni koʻpaytirishga hojat qolmaydi, oshna-ogʻaynichilik asosida ish bitirib boʻlmaydi, oʻrtaga vositachilarni–shafoatchilarni qoʻyib ham ish bitirilmaydi. Bu yerda koʻproq kichik qiyomat–oʻlim haqida soʻz boryapti. Kim oʻlsa, uning qiyomati qoim boʻladi. Shuning uchun, oʻlimdan oldin molu dunyoni nafaqa qilib, koʻproq savob ishlab olish kerak.
Paygʻambarlardan soʻng ixtilof va urush boʻlishi toʻgʻrisidagi ochiq-oydin bayonotlar va iymondan soʻngra kufr keltirganlar haqidagi oyatlardan keyin iymoniy tasavvur qoidalarini oʻziga jamlagan oyat keladi. Bu oyati karima «Kursiy oyati» nomi bilan mashhur boʻlib, ushbu oyatda kelgan har bir sifatning oʻzi umumiy islomiy tasavvurlardan biriga qoida boʻladi: