QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят255

ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْحَىُّ ٱلْقَيُّومُ ۚ لَا تَأْخُذُهُۥ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ ۚ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ مَن ذَا ٱلَّذِى يَشْفَعُ عِندَهُۥٓ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ۚ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۖ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَىْءٍ مِّنْ عِلْمِهِۦٓ إِلَّا بِمَا شَآءَ ۚ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۖ وَلَا يَـُٔودُهُۥ حِفْظُهُمَا ۚ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh, Undan o`zga iloh yo`q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O`zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O`zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir.Аллоҳ, Ундан ўзга илоҳ йўқ. У тирикдир ва қаййумдир. Уни мудроқ ҳам, уйқу ҳам олмас. Осмонлару ердаги нарсалар Уникидир. Унинг ҳузурида Ўзининг изнисиз ҳеч ким шафоат қила олмас. У уларнинг олдиларидаги нарсани ҳам, ортларидаги нарсани ҳам билур. Унинг илмидан ҳеч нарсани иҳота қила олмаслар, магар Ўзи хоҳлаганини, холос. Унинг курсиси осмонлару ерни қамраган. У уларни муҳофаза қилишдан чарчамас. Ва У Алий ва Азийм Зотдир.Alauddin Mansour: Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻq. Faqat Uning Oʻzi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq, na uyqu olmaydi. Samovot va Yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U zotning ilmidan faqat Oʻzi istagan narsalarnigina biladilar. Uning kursisi osmonlar va Yerdan kengdir. Va uni osmonlar va Yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir.Аллоҳдан ўзга ҳеч қандай илоҳ йўқ. Фақат Унинг Ўзи бордир. У тирик ва абадий тургувчидир. Уни на мудроқ, на уйқу олмайди. Самовот ва Ердаги бор нарсалар Унингдир. Унинг ҳузурида ҳеч ким (бировни) Унинг изнисиз оқлай олмайди. У уларнинг (барча одамларнинг) олдиларидаги ва орқаларидаги бор нарсани билади. Ва улар У зотнинг илмидан фақат Ўзи истаган нарсаларнигина биладилар. Унинг курсиси осмонлар ва Ердан кенгдир. Ва уни осмонлар ва Ерни ҳифзу ҳимоятда сақлаб туриш қийнамайди. У энг юксак ва буюкдир.

42-sahifa · 3-juz · 5-hizb42-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاmagarмагарهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْحَىُّtirikdirтирикдирٱلْقَيُّومُ ۚqayyumdir (barchani tutib turuvchi)қаййумдир (барчани тутиб турувчи)لَاemasэмасتَأْخُذُهُۥUni olurУни олурسِنَةٌۭmudroqмудроқوَلَاva emasва эмасنَوْمٌۭ ۚuyquуйқуلَّهُۥUnikidirУникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۗyerерمَنkimкимذَاu kimsaу кимсаٱلَّذِىkiкиيَشْفَعُshafoat qila oladiшафоат қила оладиعِندَهُۥٓUning huzuridaУнинг ҳузуридаإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِهِۦ ۚUning izni ilaУнинг изни илаيَعْلَمُU bilurУ билурمَاnarsaniнарсаниبَيْنَoldilaridagiолдиларидагиأَيْدِيهِمْularningуларнингوَمَاva narsaniва нарсаниخَلْفَهُمْ ۖularning ortlaridagiуларнинг ортларидагиوَلَاva emasва эмасيُحِيطُونَular ihota qila olurlarулар иҳота қила олурларبِشَىْءٍۢhech narsaniҳеч нарсаниمِّنْ-dan-данعِلْمِهِۦٓUning ilmiУнинг илмиإِلَّاmagarмагарبِمَاnarsaniнарсаниشَآءَ ۚOʻzi xohlaganЎзи хоҳлаганوَسِعَqamraganқамраганكُرْسِيُّهُUning kursisiУнинг курсисиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَ ۖva yerniва ерниوَلَاva emasва эмасيَـُٔودُهُۥUni charchaturУни чарчатурحِفْظُهُمَا ۚularni muhofaza qilishуларни муҳофаза қилишوَهُوَva Uва УٱلْعَلِىُّOliydirОлийдирٱلْعَظِيمُAzimdir (ulugʻ)Азимдир (улуғ)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasida kelgan sifat Alloh taoloning yagonaligini hech shubhasiz isbot qiladi. Boshqa dinlarda paydo boʻlgan notoʻgʻri aqiydalarni ham toʻgʻrilaydi. Paygʻambarlardan keyin ixtilofga tushgan ummatlar Allohning sifatlarida ham ixtilof qilishgan. Misol uchun, xristianlar (nasorolar) Iyso alayhissalomdan keyin butunlay adashib, Allohning zoti haqida notoʻgʻri aqiydaga bordilar. Ular uchlik nazariyasini yaratib, Alloh uch zotning uchinchisidir, deganlar. Boshqalar ham shunga oʻxshash ixtiloflar qilishgan. Islomiy tasavvur boʻyicha esa:

«Alloh, Undan oʻzga iloh yoʻq».

Alloh yagona, dunyoda faqat Allohning Oʻzigina ibodatga sazovor Zotdir. Yaʼni, bandalar faqat Allohning aytganini qilib yashamoqlari, faqat Uning Oʻzigagina banda boʻlmoqliklari kerak. Faqat Alloh taoloning Oʻzigagina itoat qilmoqliklari, sigʻinmoqliklari, boʻysunmoqliklari va faqat Undangina qoʻrqmoqliklari kerak. Faqat Allohning shariati, qonun-qoidalari, dasturi asosida yashamoqliklari kerak.

«U tirikdir va qayyumdir.»

Yagona Allohning tirikligi Oʻzigagina xos alohida hayot boʻlib, bandalar hayotiga oʻxshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Boshlanish chegarasi ham, tugash chegarasi ham yoʻq. Allohning tirikligi hech bir jihatdan bandalarning hayotiga oʻxshamaydi.

Allohning «qayyum»lik sifatining maʼnosi–Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekanligi va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishidir. Shu bilan Allohning turishi boshqanikiga oʻxshamaydi va doimiydir. Bu sifat shu darajaga yetganki:

«Uni mudroq ham, uyqu ham olmas».

Yaʼni, U doimo sergak, bir lahza ham Uning turishligi susaymaydi.

«Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir.»

Osmonlarda nimaiki boʻlsa, yerda nimaiki boʻlsa, hamma-hammasining egasi Allohdir. Bu egalik umumiy boʻlib, hech narsani chetda qolirmaydi. Bu egalikni hech bir narsa chegaralay olmaydi.

«Uning huzurida Oʻzining iznisiz hech kim shafoat qila olmas.»

Bu ham ulkan sifatlardan boʻlib, Allohning va bandaning maqomini bayon qilib beradi. Bandalarning barchasi kim boʻlishidan qatʼinazar, Allohning huzurida bandaligini tan olib turib qoladilar. Bu bandalikni chuqur his etish shu darajaga yetganki, hatto hech kim oraga tushib, birovga shafoatchilik qilishga ham jurʼat qila olmaydi. Faqat Allohning Oʻzining izni bilangina, U bergan izn chegarasidagina shafoat qila oladi. Bu sifat oʻtgan oyatdagi «... va shafoatchilik yoʻq» jumlasidan istisno ekanligini bilib olamiz. Demak, umumiy qoidaga binoan shafoatchilik yoʻq, ammo istisno tariqasida Allohning izni bilan baʼzi kishilar shafoat qilishlari mumkin.

«U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur.»

Bu sifat Allohning ilmi shomil ilm ekanligi va U Zot hamma narsani Oʻzining cheksiz ilmi bilan bilib turishini bildiradi. Alloh taolo bandalarning avval qilgan ishlarini ham, shuningdek, hozir boʻlayotgan va kelajakda boʻladigan ishlarini ham bilib turadi. Alloh taoloning ilmi cheksiz va hamma narsani qamrab olgan, shu jumladan, bandalari bilgan va bilmagan narsalarni ham biladi. Bandalar esa:

«Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar Oʻzi xohlaganini, xolos».

Demak, bandalar Alloh bilishlarini xohlagan narsalarnigina biladilar, xolos. Inson, «Ilmning choʻqqisiga chiqdim», deb jar solganda ham, Alloh izn bergan ozgina ilmga erishgan boʻladi, xolos.

«Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan.»

Odatda kursi mulkka dalolat qiladi. Shuning uchun, ushbu jumlani baʼzi ulamolarimiz aytganlaridek, Allohning sultoni osmonlaru yerni qamrab olgan, deb tushunsak boʻladi.

Aslida esa, kursi va unga taalluqli narsalar, binobarin, ushbu jumla haqida ulamolarimiz oʻzlariga yetgan dalillar asosida bir necha xil fikrlar aytganlar.

Jumladan, baʼzi ulamolarimiz kursini «ilm» deganlar. Shunga binoan, mazkur jumlaning maʼnosi, Uning ilmi osmonlaru yerni qamragan, boʻladi.

Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu jumla tafsirida: «Kursi lugʻatda ikki qadam maʼnosini anglatadi. Arshning miqdorini Allohdan boshqa bilmaydi», deganlar.

Ushbu va shunga oʻxshash boshqa rivoyatlarga asoslanib ulamolarimiz: Kursi Arshdan boshqa narsa, deganlar.

Ibn Jarir Tobariy Abu Zarr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda Paygʻambar alayhissalom: «Arshning oldida Kursi xuddi keng yerga tashlangan temir halqaga oʻxshaydi, xolos», deganlar.

Oʻtgan ulamolarimizning koʻplari: «Kursi Arshning oldiga qoʻyiladigan pogʻonasimon narsa», deganlar.

Shularga binoan, aqiyda boʻyicha mutaxassis ulamolarimiz: «Biz Allohning Arshi va Kursisi borligiga iymon keltiramiz. Bu ikki narsa odamlarning arshi–taxti va kursisiga oʻxshamaydi. U ikkisining hajmi, kayfiyati va sifatini faqat Alloh taoloning Oʻzi biladi. Bizning esa, ularni bilishga hojatimiz yoʻq. Agar hojatimiz boʻlganida, Allohning Oʻzi bayon qilib bergan boʻlardi»,–deydilar.

«Ularni muhofaza qilish Uni charchatmas.»

Yaʼni, Alloh taolo osmonlaru yerni muhofaza qilib, tasarruf qilishdan charchamaydi. Bu ish Unga hech qanday ogʻirlik qilmaydi. Bu sifat Allohning qudrati komil va cheksiz ekanligini koʻrsatadi.

«Va U Aliy va Azim Zotdir.»

Alloh hamma narsadan yuqori va oliydir, Alloh hamma narsadan ulugʻdir.

Imom Muslim va imom Ahmad Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Allohning kitobidagi eng ulugʻ oyat Kursi oyati ekanligi taʼkidlangan.

Imom Nasaiy Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Kim har farz namozdan keyin «Oyatul Kursiy»ni oʻqisa, uning jannatga kirishini faqat oʻlim toʻsib turadi, xolos», deganlar. Yaʼni, oʻlmagani uchun jannatga kirmaydi, agar vafot etsa, uni jannatdan toʻsadigan hech narsa qolmaydi, degani.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi hodisani rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Ramazon zakotini saqlashga vakil qildilar. Birov kelib toʻplangan yegulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab:

«Hozir seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib boraman»,–dedim. U:

«Meni qoʻyib yubor, bola-chaqam bor, juda ham muhtojman»,– dedi. Uni qoʻyib yubordim. Tong otganda Paygʻambar alayhissalom:

«Hoy, Abu Hurayra! Kechagi asiring nima qildi?»–dedilar. Men:

«Ey, Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola-chaqasining koʻpligidan shikoyat qiluvdi, rahmim kelib, qoʻyib yubordim»,– dedim. U kishi alayhissalom:

«Senga yolgʻon gapirgan boʻlib, qaytib kelsa-chi?»–dedilar. Paygʻambar alayhissalomning «qaytib kelsa-chi», deganlaridan uning yana kelishini bildim va poylab turdim. U kelib, yana yegulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni tutib oldim va:

«Seni Rasulullohning oldilariga olib boraman»,–dedim. U:

«Meni qoʻyib yubor, bola-chaqam bor, juda ham muhtojman»,– dedi. Rahmim kelib, uni qoʻyib yubordim. Tong otganda, Paygʻambar alayhissalom:

«Hoy, Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?»–dedilar. Men:

«Ey, Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola-chaqasining koʻpligidan shikoyat qiluvdi, rahmim kelib, qoʻyib yubordim»,– dedim. U kishi alayhissalom:

«Senga yolgʻon gapirgan boʻlib, qaytib kelsa-chi?»–dedilar. Uchinchi marta poylab turib, yana ushlab oldim va:

«Endi uch marta boʻldi, seni Rasulullohning huzurlariga albatta, olib boraman. Har safar qaytib kelmayman, deb yana kelasan»,– dedim. U:

«Meni qoʻyib yuborsang, Alloh senga manfaat beradigan soʻzlarni oʻrgatib qoʻyaman»,–dedi. Men:

«Ular qanday soʻzlar?»–dedim. U:

«Koʻrpangga kirib yotganingda, «Oyatul kursiy»ni oʻqisang, Alloh tarafidan seni qoʻriqchi qoʻrib turadigan boʻladi. Tong otguncha senga shayton yaqinlashmaydi»,–dedi. Ertasiga Rasululloh alayhissalom:

«Oʻzi yolgʻonchi boʻlsa ham, senga rost gapiribdi,–dedilar va:

«Uch kundan beri kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi, ey, Abu Hurayra?»–dedilar. Men, yoʻq, devdim, u kishi alayhissalom:

«Oʻsha shaytondir»,–dedilar.

Islomiy tasavvur qoidalarini bayon qilib boʻlingandan soʻng, kelasi oyatlarda mazkur tasavvur egalari–moʻminlarning yoʻli qandoq boʻlishi zarurligi bayon qilinadi: