QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят256

لَآ إِكْرَاهَ فِى ٱلدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ ٱلرُّشْدُ مِنَ ٱلْغَىِّ ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِٱلطَّـٰغُوتِ وَيُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ لَا ٱنفِصَامَ لَهَا ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Dinga majbur qilish yo`q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog`utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo`ladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.Динга мажбур қилиш йўқ. Батаҳқиқ, ҳақ ботилдан ажради. Ким тоғутга куфр келтириб, Аллоҳга иймон келтирса, батаҳқиқ, узилмайдиган мустаҳкам тутқични ушлаган бўлади. Ва Аллоҳ эшитувчи, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Dinga zoʻrlab (kiritish) yoʻqdir. (Zero) haq yoʻl zalolatdan ajrab boʻldi. Bas, kim shaytondan yuz oʻgirib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan mustahkam halqani ushlabdi. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Динга зўрлаб (киритиш) йўқдир. (Зеро) ҳақ йўл залолатдан ажраб бўлди. Бас, ким шайтондан юз ўгириб, Аллоҳга иймон келтирса, у ҳеч ажраб кетмайдиган мустаҳкам ҳалқани ушлабди. Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.

42-sahifa · 3-juz · 5-hizb42-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَآyoʻqйўқإِكْرَاهَmajbur qilishмажбур қилишفِى-da-даٱلدِّينِ ۖdinдинقَدbatahqiqбатаҳқиқتَّبَيَّنَajradiажрадиٱلرُّشْدُhaq (toʻgʻri yoʻl)ҳақ (тўғри йўл)مِنَ-dan-данٱلْغَىِّ ۚbotilботилفَمَنbas, kimбас, кимيَكْفُرْkufr keltirsaкуфр келтирсаبِٱلطَّـٰغُوتِtogʻutgaтоғутгаوَيُؤْمِنۢva iymon keltirsaва иймон келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаفَقَدِbas, batahqiqбас, батаҳқиқٱسْتَمْسَكَushlagan boʻlurушлаган бўлурبِٱلْعُرْوَةِtutqichniтутқичниٱلْوُثْقَىٰmustahkamмустаҳкамلَاemasэмасٱنفِصَامَuzilishузилишلَهَا ۗungaунгаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳسَمِيعٌeshituvchiэшитувчиعَلِيمٌbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Aqiyda, iymon masalasi inson qalbiga bogʻliq juda ham nozik bir masaladir. Bu narsani majbur etib, kuch bilan singdirib boʻlmaydi. Balki, har bir inson bayon qilingan narsalarga tushunib iymon keltirgandagina maqsad hosil boʻladi. Islomda ushbu qoidaga qattiq rioya qilinadi. Alloh taolo Oʻzi:

«Dinga majbur qilish yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi», deb qoʻygan. Yaʼni, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga Qurʼoni Karimni tushirib, Islomni joriy qilgandan soʻng, toʻgʻri yoʻl notoʻgʻrisidan, haq botildan ajradi. Hamma narsa oʻz oʻrnini topdi. Shunday boʻlgandan keyin «Dinga majbur qilish yoʻq». Har kimga Alloh aql bergan, oʻziga kerak yoʻlni tanlab olsin.

Ushbu qoidaga amal qilinib, tarixda odamlarni, boshqalar kabi, Islomga majbur qilib kiritish boʻlmaganidan, balki barcha xalqlar oʻz ixtiyori, ishonchi va aqiydasi ila Islomni qabul qilganidan, bu din qayerga borsa, oʻsha yerda oʻrnashib qoldi. Majburiy yoʻl bilan tarqatishga urinilgan aqiyda va mafkuralar esa, baqosiz boʻldi. Eng yaqin misol–kommunistik mafkura. Bu baloni kishilarga tarqatish uchun boʻlgan harakatdek kuchli va bardavom harakat tarixda hech koʻrilmagan boʻlsa kerak. Lekin ozgina muddatdan soʻng kommunist rahbarlarning oʻzi bu narsani boshqalardan koʻproq tanqid qiladigan boʻlib qolishdi.

Kishilar orasida «Dinga majbur qilish yoʻq» oyati karimasi bilan jihodni bir-biriga zid, deb oʻylab, ushbu oyati karima nasx boʻlgan, amali bekor qilingan, deydiganlari ham bor. Ammo, aslini olganda, unday emas. Jihod–Allohning diniga daʼvat qilish uchun boʻlgan harakat. Mujohidlar qarshilaridagi odamlar iymonga kelsalar, xursand boʻladilar va ularni oʻz qardoshlari, deb biladilar. Agar musulmon boʻlmasdan, oʻz dinida qolishni xohlasa, daʼvatchilarning yoʻlini toʻsmay, ochib qoʻysalar, marhamat, dinga majbur qilish yoʻq. Ammo, oʻzi musulmon ham boʻlmasa, yoʻlni ochmay mujohidlarga toʻsqinlik ham qilsa, unda urushdan boshqa iloj qolmaydi.

«Dinga majbur qilish yoʻq» jumlasiga tegishli koʻp tarqalgan ikkinchi tushunmovchilik ham bor. Oʻzini musulmon sanab yurgan baʼzi kishilarga musulmonlik vazifasini bajarish zarurligi eslatilsa, darhol: «Dinga majbur qilish yoʻq», deydi. Bu–dalildan notoʻgʻri foydalanishdir. Rost, sen yahudiy yoki nasroniy boʻlsang, seni Islomga majbur qilish yoʻq. Lekin sen musulmonlik daʼvosini qilib tursang-u, oʻz musulmonlik vazifangni bajarmasang, boʻlmaydi. Musulmonlik vazifasini bajarmagan shaxsga nisbatan jazo choralari koʻriladi. Misol uchun, namozni olaylik. Uni inkor qilgan odam kofir boʻladi. Dindan qaytganning jazosi oʻlim. Namozning farzligini tan olib, dangasaligidan oʻqimayotgan odam oldin ogohlantiriladi, soʻng qamaladi va oxiri oʻlimga hukm qilinishgacha yetib boradi. Demak, bu oyatni «dinga olib kirishga majbur qilish yoʻq», deb tushunmoq kerak. Bu esa, insonning hurmati, uning huquqlari himoyasidir.

«Batahqiq, haq botildan ajradi.»

Haqdan murod–iymon, botildan murod–kufrdir.

Soʻngra, oyatda iymonning haqiqati yana ham ravshanroq bayon qilinadi:

«Kim togʻutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan boʻladi».

Togʻut «tugʻyon»dan olingan boʻlib, Alloh chizgan chiziqdan chiqishga aytiladi. Allohning yoʻlidan boshqa yoʻlni «togʻut» deyiladi. Togʻutning kattasi shaytondir. Dunyoda kufr keltirish lozim narsa– togʻutdir. Iymon keltirish lozim Zot esa–Allohdir. Shuning uchun, togʻutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirib, uzilmaydigan mustahkam tutqichni tutishga harakat qilmoq lozim.

«Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.»

U Zot tillar nimani nutq qilsa, hammasini eshitadi. U Zot dildan nima oʻtsa, hammasini biladi.