QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят257

ٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَوْلِيَآؤُهُمُ ٱلطَّـٰغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ ٱلنُّورِ إِلَى ٱلظُّلُمَـٰتِ ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh iymon keltirganlarning do`stidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning do`stlari tog`utlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.Аллоҳ иймон келтирганларнинг дўстидир. Уларни зулматлардан нурга чиқарур. Куфр келтирганларнинг дўстлари тоғутлардир. Уларни нурдан зулматларга чиқарурлар. Ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадийдирлар.Alauddin Mansour: Alloh moʻminlarning doʻstidir. Ularni qorongʻu zulmatlardan yorugʻlik — nurga chiqaradi. Kofirlarning doʻstlari esa shaytonlardir. Ular kofirlarni yorugʻlik-nurdan qorongʻu-zulmatlarga chiqaradilar. Ana oʻshalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.Аллоҳ мўминларнинг дўстидир. Уларни қоронғу зулматлардан ёруғлик — нурга чиқаради. Кофирларнинг дўстлари эса шайтонлардир. Улар кофирларни ёруғлик-нурдан қоронғу-зулматларга чиқарадилар. Ана ўшалар жаҳаннам эгаларидир ва унда абадий қолажаклар.

43-sahifa · 3-juz · 5-hizb43-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳوَلِىُّdoʻstidir (valiysi)дўстидир (валийси)ٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганيُخْرِجُهُمularni chiqarurуларни чиқарурمِّنَ-dan-данٱلظُّلُمَـٰتِzulmatlarзулматларإِلَى-ga-гаٱلنُّورِ ۖnurнурوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganкуфр келтирганأَوْلِيَآؤُهُمُularning doʻstlariуларнинг дўстлариٱلطَّـٰغُوتُtogʻutdirтоғутдирيُخْرِجُونَهُمularni chiqarurlarуларни чиқарурларمِّنَ-dan-данٱلنُّورِnurнурإِلَى-ga-гаٱلظُّلُمَـٰتِ ۗzulmatlarзулматларأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларأَصْحَـٰبُegalaridirэгаларидирٱلنَّارِ ۖdoʻzaxдўзахهُمْularуларفِيهَاundaундаخَـٰلِدُونَabadiydirlarабадийдирлар
TafsirТафсир

Biz oyatda «doʻst» deb tarjima qilgan ibora arabchada «valiy» deb kelgan boʻlib, bu siz bilan bizning tushunchamizdagi «doʻst»dan koʻra kengroq tushunchani ifoda qiladi. Bu doʻst, ishboshi, hamma kerakli narsalarni tayyorlab, ishlarni toʻgʻri izga solib turuvchi gʻamxoʻrdir.

«Alloh iymon keltirganlarning doʻstidir.»

Yaʼni, ishboshisi, gʻamxoʻridir. Shu boisdan ham:

«Ularni zulmatlardan nurga chiqarur».

Iymon deb atalgan nurga chiqaradi. Allohning yoʻli, Iymon yoʻli bitta–nur yoʻlidir. Undan boshqa hamma yoʻllar zulmatdan iboratdir. Shuning uchun ham, oyatda nurni birlikda, zulmatlarni koʻplikda zikr qilinmoqda. Allohning yoʻlidan boshqa hamma yoʻllar, qaysi nom bilan atalishidan qatʼinazar, zulmatdir. Kufr zulmati, nifoq zulmati, yahudiylik zulmati, nasorolik zulmati, kommunizm zulmati va hokazo boshqa zulmatlar. Alloh taolo iymon yoʻliga yurganlarni ushbu zulmatlarning barchasidan iymon nuriga chiqaradi. Iymonlilarning qarshisida boshqa toifa ham bor, ular kufr keltirganlardir. Xoʻsh, ularning holi qanday ekan?

«Kufr keltirganlarning doʻstlari togʻutlardir.»

Yaʼni, kofirlarning ishboshilari, gʻamxoʻrlari, Allohning yoʻlidan boshqa yoʻldagilardir. Togʻutning kattasi shaytondir. Shunday ekan, togʻutlar oʻzlariga ergashganlarga qanday doʻstlik qiladilar?

«Ularni nurdan zulmatlarga chiqaradilar».

Togʻutlar oʻzlariga ergashganlarni iymon nuridan chiqarib, johiliyat zulmatlariga kiritadilar.

Avval aytilganidek, zulmatlar juda ham koʻp va turli nomlar bilan ataladilar. Oqibat nima boʻladi? Oqibatda:

«Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiydirlar».

Yuqorida odamlar ikki toifaga ajrab, ayrimlari kofir, ayrimlari moʻmin boʻlib ketganlari bayon qilingan edi.

Kelasi oyatlarda ularning baʼzi bir holatlarining, xususan, tugʻyonga ketgan kofirlarning Allohning va Uning sifatlarini inkor qilishlarining zikri keladi: