وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِـۧمُ رَبِّ أَرِنِى كَيْفَ تُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ۖ قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِن ۖ قَالَ بَلَىٰ وَلَـٰكِن لِّيَطْمَئِنَّ قَلْبِى ۖ قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِّنَ ٱلطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ ٱجْعَلْ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلٍ مِّنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ٱدْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا ۚ وَٱعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o`liklarni qanday tiriltirishingni ko`rsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam bo`lishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan to`rtta olgin-da, o`zingga tortib, kesib maydala, so`ngra, ulardan har bir toqqa bo`laklarini qo`ygin, keyin ularni o`zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir».Эсла, Иброҳим: «Эй Роббим, менга ўликларни қандай тирилтиришингни кўрсат», деганда, У Зот: «Ишонмадингми?» – деди. У: Оре, лекин қалбим хотиржам бўлиши учун», – деди. У зот: «Қушдан тўртта олгин-да, ўзингга тортиб, кесиб майдала, сўнгра, улардан ҳар бир тоққа бўлакларини қўйгин, кейин уларни ўзингга чақир, ҳузурингга тезлаб келадилар», – деди. «Ва билгинки, албатта, Аллоҳ Азийз ва Ҳакийм Зотдир».Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Ibrohim: «Parvardigor, menga oʻliklarni qanday qilib tiriltirishingni koʻrsat», deganida, Alloh: «Ishonmaganmiding?», dedi. Ibrohim aytdi: «Yoʻq, ishonaman-ku, lekin dilim yana ham taskin topishi uchun». Alloh aytdi: «Toʻrtta qushni olib, oʻz oldingga toʻplagin (va ularni bosh, oyoq, qanot va patlarini tortib-uzib, soʻngra bir-birlariga aralashtirib), keyin (atrofdagi togʻlardan) har bir togʻning ustiga ularni boʻlak-boʻlak qilib qoʻygin va shundan soʻng ularni chaqirgin, sening oldingga darhol keladilar. Bilgilki, Alloh shubhasiz, qudratli va hikmatlidir».Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Иброҳим: «Парвардигор, менга ўликларни қандай қилиб тирилтиришингни кўрсат», деганида, Аллоҳ: «Ишонмаганмидинг?», деди. Иброҳим айтди: «Йўқ, ишонаман-ку, лекин дилим яна ҳам таскин топиши учун». Аллоҳ айтди: «Тўртта қушни олиб, ўз олдингга тўплагин (ва уларни бош, оёқ, қанот ва патларини тортиб-узиб, сўнгра бир-бирларига аралаштириб), кейин (атрофдаги тоғлардан) ҳар бир тоғнинг устига уларни бўлак-бўлак қилиб қўйгин ва шундан сўнг уларни чақиргин, сенинг олдингга дарҳол келадилар. Билгилки, Аллоҳ шубҳасиз, қудратли ва ҳикматлидир».
Bu oyati karimada ham oʻlikni tiriltirish haqida savol berilmoqda. Avvalgi oyatlarning birida zolim podshoh tiriltirish va oʻldirishni men qilaman, deb xato ketgan boʻlsa, keyingi oyatda bir banda oʻlgan qishloqni Alloh tiriltira olishiga shubha qilgan edi. Bu oyatda esa, Alloh taoloning eng ulugʻ Paygʻambarlaridan biri Ibrohim alayhissalom oʻz Robbidan oʻliklarni qanday qilib tiriltirishni koʻrsatishini soʻramoqdalar.
«Ibrohim: «Ey Robbim, menga oʻliklarni qanday tiriltirishingni koʻrsat», deganda...»
Bu savol moʻmin bandaning oʻz Robbining qudratini koʻrib quvonishi, iymoniga iymon qoʻshilishi uchun boʻlgan savoldir. Vaholanki, Ibrohim alayhissalom Alloh taolo oʻliklarni tiriltira olishiga aslo shubha qilmas edilar. U zotning bunga ishonchlari komil edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo:
«Ishonmadingmi?» deb soʻraganida:
«U: Ore, lekin qalbim xotirjam boʻlishi uchun», – dedi».
Dilda ishongan narsani koʻz bilan koʻrib, Alloh taoloning qudratiga qoyil qolib, moʻmin banda oʻz Robbining moʻʼjizalarini koʻrib maza qilgandek, rohatlanib, koʻngli xotirjam boʻlishi uchun soʻraganlar.
Alloh taolo Ibrohim alayhissalomning qalblaridagi bu shavqni qondirish uchun savolga amaliy javob berishni iroda qildi va bu tajribada savol beruvchining oʻzini ham ishtirok ettirdi.
«Qushdan toʻrtta olgin-da, oʻzingga tortib, kesib maydala, soʻngra, ulardan har bir toqqa boʻlaklarini qoʻygin...»
Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga toʻrtta qush olishni va ularni maydalab tashlashni buyurdi. Va yana u qushlarni oʻzingga tort, dedi. Yaʼni, ularga yaqindan qarab, yaxshilab koʻrib, tanib olishni amr etdi. Qaysi qush qanaqa, rangi qanday, qanoti, dumi va boshqa alomatlari qanday? Bularni tanib olishdan maqsad shuki, kesib maydalab tashlangan qushlar qayta tiriltirilganda, alomatlari avvalgi holatlariga mos kelishini koʻrishdir.
Soʻngra, kesib-maydalangan qushlarning boʻlaklarini atrofdagi togʻlarga sochib yuborishga, aralashtirib, har joylarga tarqatishga amr qildi.
«Keyin ularni huzuringga chaqir», dedi.
Shunday qilsa, qushlarning maydalab tashlangan boʻlaklari qaytadan birlashib, asl holiga qaytib, tirilgan holida tezlab kelishlarini aytdi.
Shu tariqa Ibrohim alayhissolatu vassalom oʻz tajribalarida Alloh taolo oʻliklarni qanday qilib tiriltirishini koʻrdilar.
«Va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim Zotdir».
U azizligidan xohlagan ishini qiladi, Unga hech bir zot toʻsiq boʻla olmaydi. U hakim boʻlganidan har bir ishni hikmat bilan qiladi. Uning behikmat ishi yoʻq.
Avvalgi oyatlarda iymoniy tasavvur qoidalari va ularni mustahkamlash haqida bayonlar boʻldi. Endi esa, ijtimoiy, iqtisodiy qoidalarni bayon etish, shu orqali Islomga toʻliq kirishning bir bosqichini amalga oshirish haqida soʻz ketadi. Kelasi oyatlar molu mulkni Allohning yoʻlida sarflash, nafaqa qilish haqidagi bayon bilan boshlanadi: