QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят261

مَّثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنۢبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِى كُلِّ سُنۢبُلَةٍ مِّا۟ئَةُ حَبَّةٍ ۗ وَٱللَّهُ يُضَـٰعِفُ لِمَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mollarini Allohning yo`lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga o`xshaydir. Undan yetti boshoq o`sib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko`paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir.Молларини Аллоҳнинг йўлида сарфлайдиганларнинг мисоли худди бир дона донга ўхшайдир. Ундан етти бошоқ ўсиб чиқадир, ҳар бошоқда юзтадан дон бор. Ва Аллоҳ кимга хоҳласа, яна кўпайтириб берадир. Ва Аллоҳ қамраб олувчи ва билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh yoʻlida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshogʻida yuztadan doni boʻlgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga oʻxshaydi. (Yaʼni, qilingan bir yaxshilik yetti yuz barobar boʻlib qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir.Аллоҳ йўлида молларини инфоқ-эҳсон қиладиган кишиларнинг мисоли худди ҳар бир бошоғида юзтадан дони бўлган еттита бошоқни ундириб чиқарган бир дона донга ўхшайди. (Яъни, қилинган бир яхшилик етти юз баробар бўлиб қайтишига ишора қилинмоқда.) Аллоҳ истаган кишиларига бир неча баробар қилиб беради. Аллоҳ (фазлу карами) кенг, билгувчидир.

44-sahifa · 3-juz · 5-hizb44-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّثَلُmisoliмисолиٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингيُنفِقُونَsarflaydiganсарфлайдиганأَمْوَٰلَهُمْmollariniмоллариниفِى-da-даسَبِيلِyoʻlйўлٱللَّهِAllohningАллоҳнингكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydiмисолига ўхшайдиحَبَّةٍbir dona donбир дона донأَنۢبَتَتْoʻsib chiqarganўсиб чиқарганسَبْعَyettiеттиسَنَابِلَboshoqбошоқفِى-da-даكُلِّharҳарسُنۢبُلَةٍۢboshoqбошоқمِّا۟ئَةُyuztaюзтаحَبَّةٍۢ ۗdonдонوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيُضَـٰعِفُkoʻpaytirib beradirкўпайтириб берадирلِمَنkimgaкимгаيَشَآءُ ۗxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳوَٰسِعٌqamrab oluvchiқамраб олувчиعَلِيمٌbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Iqtisodiy masala har bir jamiyatda muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun, Islomda bu masalaga alohida eʼtibor beriladi. Har bir jamiyatda ijtimoiy tenglik hukm surishi uchun iqtisodiy jihatdan yetarli imkonga ega shaxslar oʻzlarining bu sohadagi nochor birodarlariga moliyaviy yordam qilib turishlari kerak. Shu nuqtai nazardan Islomda farz, vojib qilingan zakot, sadaqai fitr kabi moliyaviy ibodatlardan tashqari, imkoni bor kishilarni ixtiyoriy xayr-ehson qilib turishga ham qattiq targʻib qilinadi. Bu ishning ahamiyati nechogʻli ekanini uning Qurʼoni Karimda, «Allohning yoʻlida mol sarflash», deb atalishidanoq bilsa boʻladi.

«Mollarini Allohning yoʻlida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga oʻxshaydir. Undan yetti boshoq oʻsib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor».

Demak, kambagʻal kishiga moliyaviy yordam bergan kishi yoki jamoat foydasiga pul sarflagan odam Allohning yoʻlida mol sarflagan boʻladi.

Allohning yoʻlida mol sarflashning foydasi ushbu oyatda ajoyib uslubda vasf qilinmoqda. Sirtdan qaraganda xayr-ehson qilgan kishining mol-dunyosi kamayganga oʻxshaydi. Aslida esa, xuddi yerga ekilib, oʻzini fido qilgan bir donga oʻxshaydi. Oʻsha bir dona don keyinchalik unib chiqib koʻpayganidek, xayr-ehson etilgan mol ham bir necha chandon koʻpayib ketadi. Uni Allohning Oʻzi koʻpaytirib beradi. Donni misol keltirishdan murod–Allohning yoʻlida sarf qilingan bitta narsa yetti yuztaga koʻpayishiga urgʻu berishdir. Ammo bu ham oxirgi chegara emas:

«Va Alloh kimga xohlasa, yana koʻpaytirib beradir».

Demak, Alloh taoloning yoʻlida sarflangan bir dona molning savobi yetti yuz marta koʻpaytirilib berilishi ham oxirgi chegara emas. Alloh taolo xohlasa, yetti yuzdan yana necha chandonga koʻpaytirib beraveradi.Chunki:

«Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir».

U Zot Oʻz qamrovidagi mulkidan qay bandasiga qancha berishini Oʻzi yaxshi biladi.

Keyingi oyatda Allohning yoʻlida mol sarflashning odobi, sharti haqida soʻz ketadi.