ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ لَا يُتْبِعُونَ مَآ أَنفَقُوا۟ مَنًّا وَلَآ أَذًى ۙ لَّهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning yo`lida mollarini sarflab, so`ngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Аллоҳнинг йўлида молларини сарфлаб, сўнгра сарфлари кетидан миннат қилмай ва озор бермайдиганларнинг ажрлари Роббилари ҳузуридадир. Уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Mollarini Alloh yoʻlida sarflab, soʻngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulugʻ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular gʻamgin boʻlmaydilar.Молларини Аллоҳ йўлида сарфлаб, сўнгра берган нарсаларига миннат ва озорни эргаштирмайдиган зотлар учун Парвардигорлари ҳузурида улуғ ажр бордир. Улар учун ҳеч қандай хавфу хатар йўқ ва улар ғамгин бўлмайдилар.
Allohning yoʻlida sarflangan molning savobini toʻliq olishning sharti ham bor, u ham boʻlsa, mol sarflovchi minnat qilmasligi va molni olganlarga ozor bermasligi kerak.
Minnat qilishlik yomon odat boʻlib, inson qalbida ogʻir yara qoldiradi. Berganni minnat qilgan kishining maqsadi manmanlik, boshqalarni mensimaslik, oʻzini koʻrsatish, odamlar oʻrtasida obroʻ qozonish boʻladi. Minnat qilish tufayli mol sarflagan kishi molni oluvchiga ozor yetkazadi. Odamlar ichida uning obroʻini toʻkadi. Insoniy qadr-qimmatini pastlatadi. Holbuki, Islomda mol-mulkni sarflab, nafaqa qilishga targʻib qilishdan maqsad kambagʻallarning koʻnglini koʻtarish, ularni xursand etish, boy birodarlari ularni hurmat qilishini sezdirishdir. Shuning uchun ham, bu oyati karimada,
«Allohning yoʻlida mollarini sarflab, soʻngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir», deyilmoqda.
Tiriklik vaqtida molini Allohning yoʻlida sarflagan kishilar kelajaklaridan qoʻrqmasalar boʻlaveradi:
«Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».
Ularga hech qanday xavf-xatar yoʻq: faqirlikning, hiqdu hasadning, aldanishning va oxirat kunining xavfi yoʻq.
Yana ular mollarini Allohning yoʻlida sarflaganlari uchun hech xafa boʻlmaydilar.