QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят263

۞ قَوْلٌ مَّعْرُوفٌ وَمَغْفِرَةٌ خَيْرٌ مِّن صَدَقَةٍ يَتْبَعُهَآ أَذًى ۗ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshi so`z va kechirish ortidan ozor keladigan sadaqadan ko`ra yaxshiroqdir. Va Alloh G`aniy va Haliym Zotdir.Яхши сўз ва кечириш ортидан озор келадиган садақадан кўра яхшироқдир. Ва Аллоҳ Ғаний ва Ҳалийм Зотдир.Alauddin Mansour: Yaxshi gap va kechirish, ortidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq. Alloh behojat va halimdir.Яхши гап ва кечириш, ортидан озор келадиган садақадан яхшироқ. Аллоҳ беҳожат ва ҳалимдир.

44-sahifa · 3-juz · 5-hizb44-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قَوْلٌۭsoʻzсўзمَّعْرُوفٌۭyaxshi (maʼruf)яхши (маъруф)وَمَغْفِرَةٌva kechirishва кечиришخَيْرٌۭyaxshiroqdirяхшироқдирمِّن-dan-данصَدَقَةٍۢsadaqaсадақаيَتْبَعُهَآortidan keladiganортидан келадиганأَذًۭى ۗozorозорوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَنِىٌّgʻaniydir (behojat)ғанийдир (беҳожат)حَلِيمٌۭhalimdirҳалимдир
TafsirТафсир

«Ortidan ozor keladigan sadaqa»ning keragi yoʻq. Undan koʻra bir ogʻiz shirin soʻz va kechirimli boʻlish yaxshiroqdir. Bir ogʻiz boʻlsa ham, shirin soʻz qalbning jarohatiga malham boʻladi, kishining koʻnglini koʻtaradi. Kechirish esa, hasad va yomonlikni yuvib tashlab, oʻrniga muhabbat va doʻstlikni soladi. Shunday ekan, albatta, bu ishlar «ortidan ozor keladigan sadaqadan koʻra yaxshiroq»-da.

«Va Alloh gʻaniy va halim Zotdir».

U boy–birovning sadaqasiga muhtoj emas. U halimdir–bandalari noshukurlik qilsalar ham, ularning gunohini oʻtib, rizqlarini beraveradi.