QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят264

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُبْطِلُوا۟ صَدَقَـٰتِكُم بِٱلْمَنِّ وَٱلْأَذَىٰ كَٱلَّذِى يُنفِقُ مَالَهُۥ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۖ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُۥ وَابِلٌ فَتَرَكَهُۥ صَلْدًا ۖ لَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍ مِّمَّا كَسَبُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o`xshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga o`xshaydir. Bas, kuchli yomg`ir yog`sa, silliq bo`lib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir bo`lmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas.Эй, иймон келтирганлар! Садақаларингизни миннат ва озор бериш билан, Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирмаса ҳам, кишиларга риё учун молини нафақа қилганга ўхшаб, бекорга кетказманг. У мисоли устини тупроқ босган силлиқ бир тошга ўхшайдир. Бас, кучли ёмғир ёғса, силлиқ бўлиб қолади. Касб қилганларидан ҳеч нарсага қодир бўлмаслар. Ва Аллоҳ кофир қавмларни ҳидоятга бошламас.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, molini odamlarga koʻrsatish uchun beradigan, Allohga va Oxirat Kuniga ishonmaydigan kimsaga oʻxshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yoʻqqa chiqarmang! Zero, uning (riyokorning) misoli xuddi bir ustini chang-tuproq qoplab olgan silliq toshga oʻxshaydiki, unga sharros quygan yomgʻir tekkan-da qattiq-silliq toshligicha qoldirgan. (Unday riyokor) munofiqlar yaxshi amallar qildik, deb hisoblaydilar, ammo Qiyomat Kunida topgan va sarflagan dunyolaridan hech narsaga ega boʻlmaydilar. Alloh kofirlarni hidoyat qilmaydi.Эй мўминлар, молини одамларга кўрсатиш учун берадиган, Аллоҳга ва Охират Кунига ишонмайдиган кимсага ўхшаб, берган садақаларингизни миннат ва озор билан йўққа чиқарманг! Зеро, унинг (риёкорнинг) мисоли худди бир устини чанг-тупроқ қоплаб олган силлиқ тошга ўхшайдики, унга шаррос қуйган ёмғир теккан-да қаттиқ-силлиқ тошлигича қолдирган. (Ундай риёкор) мунофиқлар яхши амаллар қилдик, деб ҳисоблайдилар, аммо Қиёмат Кунида топган ва сарфлаган дунёларидан ҳеч нарсага эга бўлмайдилар. Аллоҳ кофирларни ҳидоят қилмайди.

44-sahifa · 3-juz · 5-hizb44-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتُبْطِلُوا۟bekorga ketgazmangбекорга кетгазмангصَدَقَـٰتِكُمsadaqalaringizniсадақаларингизниبِٱلْمَنِّminnat bilanминнат биланوَٱلْأَذَىٰva ozor berish bilanва озор бериш биланكَٱلَّذِىxuddi oʻshanga oʻxshabхудди ўшанга ўхшабيُنفِقُnafaqa qiladiganнафақа қиладиганمَالَهُۥmoliniмолиниرِئَآءَriyo uchunриё учунٱلنَّاسِkishilargaкишиларгаوَلَاva emasва эмасيُؤْمِنُiymon keltiradiиймон келтирадиبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِ ۖoxiratохиратفَمَثَلُهُۥbas, uning misoliбас, унинг мисолиكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydiмисолига ўхшайдиصَفْوَانٍsilliq toshningсиллиқ тошнингعَلَيْهِuning ustiniунинг устиниتُرَابٌۭtuproq bosganтупроқ босганفَأَصَابَهُۥbas, unga yetsaбас, унга етсаوَابِلٌۭkuchli yomgʻirкучли ёмғирفَتَرَكَهُۥuni qoldirarуни қолдирарصَلْدًۭا ۖsilliq (yalangʻoch) holdaсиллиқ (яланғоч) ҳолдаلَّاemasэмасيَقْدِرُونَqodir boʻlmaslarқодир бўлмасларعَلَىٰ-ga-гаشَىْءٍۢhech narsaҳеч нарсаمِّمَّاnarsadanнарсаданكَسَبُوا۟ ۗkasb qilganlariкасб қилганлариوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyatga boshlarҳидоятга бошларٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلْكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada sadaqadan keyin minnat qilib, ozor berib, qilgan yaxshiligining savobidan bebahra qolishlik ajoyib badiiy vasf bilan tasvirlanyapti. Bu bilan musulmonlar qalbida bu ishning naqadar yomon ish ekanligi jonli tasvir qilinmoqda. Oyatning avvalida sadaqani minnat va ozor berish bilan botil qilmaslikka amr boʻlyapti. Keyin esa, agar shunday qilinsa, riyo uchun sadaqa qilganga oʻxshab qolishining bayoni kelyapti:

«Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan Alloh va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga oʻxshab bekorga ketkazmang».

Demak, ortidan minnat va ozor keladigan sadaqa Allohga va oxirat kuniga iymon tufayli emas, balki riyokorlik uchun sadaqa qilganga oʻxshar ekan. Oʻz navbatida:

«U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga oʻxshaydi. Bas, kuchli yomgʻir yogʻsa, silliq boʻlib qoladir».

Asli chatoq boʻlganidan, qilgan yaxshi amali oʻziga yuqmaydi. Riyo uchun qilgan sadaqasi silliq, betaʼsir, qattiq toshning ustiga toʻplanib qolgan ozgina tuproqqa oʻxshaydi. Yomgʻir yogʻsa, undan naf olib, oʻsimlik oʻstirishning oʻrniga, yuvilib oqib ketadi va silliq, qattiq tosh ochilib qoladi. Bu tarz sadaqa qiluvchilar:

«Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir boʻlmaslar».

Yaʼni, hech qanday savob olmaydilar.

«Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas.»

Endi bu vasfning qarama-qarshisi–iymonli kishilar sadaqasining vasfi keladi: