QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят265

وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ وَتَثْبِيتًا مِّنْ أَنفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍۭ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَـَٔاتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِن لَّمْ يُصِبْهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mollarini Allohning roziligini istab, o`zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o`xshaydir. Unga qattiq yomg`ir yog`sa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg`ir yog`masa, maydalab yoqqani ham bo`laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko`rib turuvchi Zotdir.Молларини Аллоҳнинг розилигини истаб, ўзларидаги ишонч билан сарфлайдиганлар худди тепаликдаги боққа ўхшайдир. Унга қаттиқ ёмғир ёғса, мевасини икки баробар беради. Агар қаттиқ ёмғир ёғмаса, майдалаб ёққани ҳам бўлаверади. Ва Аллоҳ қилаётганларингизни кўриб турувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Mollarini Allohning rizoligini istab va dillarida mustahkam ishonch bilan sarf qiladigan zotlarning misoli xuddi adirlikdagi sharros quygan yomgʻir tekkach, hosilini ikki barobar qilgan boqqa oʻxshaydi. Endi agar unga sharros quygan yomgʻir tegmagan boʻlsa, maydalab yoqqan yomgʻir ham kifoya qiladi. Alloh qilayotgan amalingizni koʻrguvchidir.Молларини Аллоҳнинг ризолигини истаб ва дилларида мустаҳкам ишонч билан сарф қиладиган зотларнинг мисоли худди адирликдаги шаррос қуйган ёмғир теккач, ҳосилини икки баробар қилган боққа ўхшайди. Энди агар унга шаррос қуйган ёмғир тегмаган бўлса, майдалаб ёққан ёмғир ҳам кифоя қилади. Аллоҳ қилаётган амалингизни кўргувчидир.

45-sahifa · 3-juz · 5-hizb45-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَثَلُva misoliва мисолиٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингيُنفِقُونَnafaqa qiladiganнафақа қиладиганأَمْوَٰلَهُمُmollariniмоллариниٱبْتِغَآءَistabистабمَرْضَاتِroziliginiрозилигиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَتَثْبِيتًۭاva ishonch (sobitlik) bilanва ишонч (собитлик) биланمِّنْ-dagi-дагиأَنفُسِهِمْoʻzlari (nafslari)ўзлари (нафслари)كَمَثَلِxuddi misoliga oʻxshaydiхудди мисолига ўхшайдиجَنَّةٍۭbogʻningбоғнингبِرَبْوَةٍtepalikdagiтепаликдагиأَصَابَهَاunga yogʻsaунга ёғсаوَابِلٌۭqattiq yomgʻirқаттиқ ёмғирفَـَٔاتَتْbas, u berarбас, у берарأُكُلَهَاmevasiniмевасиниضِعْفَيْنِikki barobarикки баробарفَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасيُصِبْهَاunga yogʻmasaунга ёғмасаوَابِلٌۭqattiq yomgʻirқаттиқ ёмғирفَطَلٌّۭ ۗbas, maydalab yoqqani (boʻlaveradi)бас, майдалаб ёққани (бўлаверади)وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsaniнарсаниتَعْمَلُونَqilayotganingizқилаётганингизبَصِيرٌkoʻrib turuvchidirкўриб турувчидир
TafsirТафсир

Bu haqiqiy moʻmin kishining vasfi. U sadaqani riyo uchun emas, Allohning roziligi uchun qiladi. Uning qalbi silliq toshdek qotib qolgani yoʻq, balki iymon bilan toʻla, yaxshilik umidi bilan obod:

«Mollarini Allohning roziligini istab, oʻzlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa oʻxshaydir».

Bogʻning bahavosi tepalikka joylashgani boʻladi.

«Unga qattiq yomgʻir yogʻsa, mevasini ikki barobar beradi.»

Yaʼni, u yoqqan yomgʻirdan toʻla foydalanadi. Toʻla ishonch bilan, Allohning roziligini tilab qilingan sadaqa ham shunday, egasini koʻp savobga erishtiradi. U bogʻning mevasi koʻpayishi uchun doimo qattiq yomgʻir boʻlishi shart emas.

«Agar qattiq yomgʻir boʻlmasa, maydalab yoqqani ham boʻlaveradi».

Ana oʻsha maydalab yoqqan yomgʻir bilan ham uning mevasi koʻpayaveradi. Shuningdek, moʻmin bandaning riyosiz, minnatsiz va ozorsiz, ixlos bilan qilgan nafaqasi oz boʻlsa ham, koʻp ajr-savobga sabab boʻlaveradi.

«Va Alloh qilayotganlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir».

Kim nima qilyapti; kim riyo uchun sadaqa qilyapti; kim Allohning roziligi uchun sadaqa qilyapti–hamma-hammasini koʻrib turuvchi Zotdir.

Kelasi oyat sadaqa ortidan kelgan minnat va ozor qanday qilib uning asarlarini yuvib ketishini bayon qiladi: