QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят266

أَيَوَدُّ أَحَدُكُمْ أَن تَكُونَ لَهُۥ جَنَّةٌ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ لَهُۥ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَأَصَابَهُ ٱلْكِبَرُ وَلَهُۥ ذُرِّيَّةٌ ضُعَفَآءُ فَأَصَابَهَآ إِعْصَارٌ فِيهِ نَارٌ فَٱحْتَرَقَتْ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bog`i bo`laturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga o`tli bo`ron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa O`z oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz.Сизлардан бирортангиз остидан анҳорлар оқиб турган хурмозор ва узумзор, турли мевали боғи бўлатуриб, ёши бир жойга етганда, заифҳол зурриёти бор пайтда унга ўтли бўрон келиб, ёниб битишини хоҳлайдими?! Аллоҳ сизларга шу тариқа Ўз оятларини баён қилур, шоядки, фикр юритсангиз.Alauddin Mansour: Sizlardan birontangiz taglaridan daryolar oqib turguvchi, xurmo-yu uzumlari bor, har turli mevalarga toʻla bogʻi boʻlib, keksayib nimjon bolalari bilan qolgan paytida oʻsha bogʻini oʻtli boʻron urib, yonib bitishini istaydimi? Shunday qilib, tafakkur qilishingiz uchun Alloh sizlarga oʻz oyatlarini bayon qiladi.Сизлардан биронтангиз тагларидан дарёлар оқиб тургувчи, хурмо-ю узумлари бор, ҳар турли меваларга тўла боғи бўлиб, кексайиб нимжон болалари билан қолган пайтида ўша боғини ўтли бўрон уриб, ёниб битишини истайдими? Шундай қилиб, тафаккур қилишингиз учун Аллоҳ сизларга ўз оятларини баён қилади.

45-sahifa · 3-juz · 5-hizb45-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَيَوَدُّxohlaydimiхоҳлайдимиأَحَدُكُمْsizlardan birortangizсизлардан бирортангизأَن-ki-киتَكُونَboʻlishiniбўлишиниلَهُۥuningунингجَنَّةٌۭbogʻiбоғиمِّن-dan-данنَّخِيلٍۢxurmolarхурмоларوَأَعْنَابٍۢva uzumlarва узумларتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларلَهُۥuning uchunунинг учунفِيهَاundaундаمِن-dan-данكُلِّhar xilҳар хилٱلثَّمَرَٰتِmevalarмеваларوَأَصَابَهُva unga yetgandaва унга етгандаٱلْكِبَرُkeksalik (yoshi bir joyga)кексалик (ёши бир жойга)وَلَهُۥva uningва унингذُرِّيَّةٌۭzurriyoti borзурриёти борضُعَفَآءُzaifholзаифҳолفَأَصَابَهَآbas, unga kelibбас, унга келибإِعْصَارٌۭboʻronбўронفِيهِundaундаنَارٌۭolov borолов борفَٱحْتَرَقَتْ ۗbas, yonib bitishiniбас, ёниб битишиниكَذَٰلِكَshu tariqaшу тариқаيُبَيِّنُbayon qiladiбаён қиладиٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْـَٔايَـٰتِoyatlariniоятлариниلَعَلَّكُمْshoyadki sizlarшоядки сизларتَتَفَكَّرُونَfikr yuritsangizфикр юритсангиз
TafsirТафсир

Allohning yoʻlida qilingan sadaqa xuddi daraxtlari ostidan sharqirab suvlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali boqqa oʻxshaydi. Bogʻdan hammaga foyda–koʻrgan ham, kirgan ham, yegan ham xursand. Xuddi shuningdek, Alloh yoʻlida qilingan sadaqa berganni ham, olganni ham, bilganni ham xursand qiladi. Hammaga oʻz darajasida foyda yetkazadi.

«Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bogʻi boʻlaturib...»

Ana shunday oliymaqom bogʻu boʻstoni bor odam shu bogʻning oʻtli boʻronda kuyib tugashini, xususan, yoshi bir joyga yetib, qoʻlidan bir ish kelmay qolgan chogʻida, uning qoʻliga qarab turgan zaifhol zurriyotlari bor chogʻida shunday boʻlishini xohlaydimi?

«...yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga oʻtli boʻron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?!»

Albatta, yoʻq. Alloh yoʻlida sadaqa qilgan odam ham goʻyo oʻshanday bogʻu boʻstonga erishgan boʻladi. Sadaqasi ketidan minnat etsa va ozor yetkazsa, xuddi oʻtli boʻron bilan bogʻini kuydirgandek boʻladi. Sadaqasining savobi qolmaydi.

«Alloh sizlarga shu tariqa oʻz oyatlarini bayon qiladi, shoyadki, fikr yuritsangiz».

Shoyadki, oʻsha fikr yuritishingiz sizni ixlos bilan, hech qanday minnat va ozorsiz sadaqa qilishga chorlasa.

Kelasi oyat sadaqaning navlari va sadaqa qilish yoʻllarini bayon qiladi: