QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят283

۞ وَإِن كُنتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍ وَلَمْ تَجِدُوا۟ كَاتِبًا فَرِهَـٰنٌ مَّقْبُوضَةٌ ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُم بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ ٱلَّذِى ٱؤْتُمِنَ أَمَـٰنَتَهُۥ وَلْيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ ۗ وَلَا تَكْتُمُوا۟ ٱلشَّهَـٰدَةَ ۚ وَمَن يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُۥٓ ءَاثِمٌ قَلْبُهُۥ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar safarda bo`lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo`lga olinadigan garov bo`lsin. Agar ba'zingiz ba'zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir.Агар сафарда бўлсангиз ва ёзувчи топа олмасангиз, бас, қўлга олинадиган гаров бўлсин. Агар баъзингиз баъзингизга ишонсангиз, бас, ишонилган омонатни адо қилсин, Аллоҳга — Роббига тақво қилсин. Гувоҳликни беркитманг! Ким уни беркитса, унинг қалби гуноҳкордир. Ва Аллоҳ қилаётган амалларингизни билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar safarda boʻlsangiz va kotib topa olmasangiz (berilgan narsa evaziga) qoʻl bilan tutgudek garov oling! Agar bir-birlaringizga omonat qoʻysangiz, omonat qoʻyilgan kishi omonatini ado qilsin va Parvardigori — Allohdan qoʻrqsin! Guvohlikni yashirmangiz! Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa, bas, albatta uning qalbi osiy — gunohkordir. Alloh qilayotgan amalingizni bilguvchidir.Агар сафарда бўлсангиз ва котиб топа олмасангиз (берилган нарса эвазига) қўл билан тутгудек гаров олинг! Агар бир-бирларингизга омонат қўйсангиз, омонат қўйилган киши омонатини адо қилсин ва Парвардигори — Аллоҳдан қўрқсин! Гувоҳликни яширмангиз! Ким (гувоҳликдан бош тортиш билан) уни яширса, бас, албатта унинг қалби осий — гуноҳкордир. Аллоҳ қилаётган амалингизни билгувчидир.

49-sahifa · 3-juz · 5-hizb49-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَإِنva agarва агарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизعَلَىٰ-da-даسَفَرٍۢsafarсафарوَلَمْva emasва эмасتَجِدُوا۟topsangizтопсангизكَاتِبًۭاyozuvchiёзувчиفَرِهَـٰنٌۭbas, garov boʻlsinбас, гаров бўлсинمَّقْبُوضَةٌۭ ۖqoʻlga olinadiganқўлга олинадиганفَإِنْbas, agarбас, агарأَمِنَishonsaишонсаبَعْضُكُمbaʼzingizбаъзингизبَعْضًۭاbaʼzingizgaбаъзингизгаفَلْيُؤَدِّbas, ado qilsinбас, адо қилсинٱلَّذِىoʻsha kishiўша кишиٱؤْتُمِنَishonilganишонилганأَمَـٰنَتَهُۥomonatiniомонатиниوَلْيَتَّقِva taqvo qilsinва тақво қилсинٱللَّهَAllohgaАллоҳгаرَبَّهُۥ ۗRobbisigaРоббисигаوَلَاva emasва эмасتَكْتُمُوا۟berkitingберкитингٱلشَّهَـٰدَةَ ۚguvohlikniгувоҳликниوَمَنva kimва кимيَكْتُمْهَاuni berkitsaуни беркитсаفَإِنَّهُۥٓalbatta, uningалбатта, унингءَاثِمٌۭgunohkordirгуноҳкордирقَلْبُهُۥ ۗqalbiқалбиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsalarniнарсаларниتَعْمَلُونَqilayotganқилаётганعَلِيمٌۭbiluvchi zotdirбилувчи зотдир
TafsirТафсир

Avvalgi oyatda oddiy holatdagi qarz oldi-berdisi haqida soʻz ketgan edi. Bu oyatda esa, safardagi qarz oldi-berdisi haqida gapirilmoqda. Yaʼni, safarda oʻziga yarasha qiyinchiliklar, yetishmovchiliklar boʻladi. Baʼzan qarz olishga toʻgʻri keladi. Ammo bunday paytda muomalani yozib turishga odam topilmasa, nima qilinadi? Ushbu oyati karima ana shunday noqulay holatdan chiqishning yoʻlini koʻrsatmoqda:

«Agar safarda boʻlsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qoʻlga olinadigan garov boʻlsin».

Bu degani–qarz oluvchi qarz beruvchiga garovga bir narsa bersin, deganidir. Oʻsha narsa qarzni eslatib turadi, tonib ketmasligiga sabab boʻladi.

«Agar baʼzingiz baʼzingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga – Robbiga taqvo qilsin.»

Yaʼni, oʻrtada yozuvchi boʻlmasa ham, qarz beruvchi ishonib qarz beradi. Qarzdor esa, qarz beruvchiga ishonib garov beradi. Bu holatda ikki taraf ham bir-biriga ishonadi va omonat qoʻyadi. Ikkovlari ham omonatni ado etishlari, Allohga–Robbilariga taqvo qilishlari kerak. Yana bir bor taqvo eslatilmoqda, hamma ishlarda taqvo asos sifatida zikr qilinyapti. Kishilarda taqvo hissi uygʻotilgach, yana bir muhim ishga diqqat jalb etilyapti:

«Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir».

Bu guvohlik qozining huzuridagi guvohlikdir. Yaʼni, qarz yoki tijorat ishlarida guvohlikdan qochish yaramaydi. Vaqti kelib, mazkur ishda kelishmovchilik chiqib qolib, taraflar qoziga murojaat qilishsa, albatta, qozi guvohni chaqiradi. Shunda guvohlikni berkitmaslik kerak. Kim guvohlikni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Chunki, guvohlik yoki uni berkitish qalbga bogʻliq ishdir.

«Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi zotdir.»

Shunga binoan jazo yoki mukofot beradi.

Qarz va savdo toʻgʻrisidagi ushbu ilohiy taʼlimotlarni oʻrganish davomida insoniyat oʻz baxt-saodatining manbasini topa olmay adashib yurganidan afsus qilinadi. Boshqalarni qoʻyib turing-u, «musulmonman» deb yurganlar ham aksar paytlarda qarz muomalasi yuzasidan turli mushkulotlarga duchor boʻladilar. Ular Alloh taoloning amriga binoan ish tutmaganlari uchun bir-birlarining mollarini yeydilar, urush-janjallarga koʻmiladilar. Agar ushbu oyati karimaga amal etishsa, hech qanday muammo boʻlmas edi.

Keyingi oyatda ham inson qalbi doimo Alloh bilan boʻlishi, Uning hamma narsaning egasi ekanligini va hamma narsaga qodir ekanini sezib, his qilib turishi lozimligini taʼkidlashda davom etiladi: