لِّلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِن تُبْدُوا۟ مَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُم بِهِ ٱللَّهُ ۖ فَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, mag`firat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Агар ичингиздаги нарсаларни ошкор қилсангиз ҳам, махфий қилсангиз ҳам, сизларни Аллоҳ ҳисоб-китоб қиладир. Ва кимни хоҳласа, мағфират қилар, кимни хоҳласа, азоблар. Ва У ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Samovot va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni oʻsha narsa bilan hisob-kitob qiladi va Oʻzi istagan kishini magʻfirat qilib, Oʻzi istagan kishini azoblaydi. Alloh hamma narsaga qodirdir.Самовот ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. Ичингиздаги нарсани хоҳ ошкор қилинг, хоҳ яширинг, Аллоҳ сизларни ўша нарса билан ҳисоб-китоб қилади ва Ўзи истаган кишини мағфират қилиб, Ўзи истаган кишини азоблайди. Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.
Ushbu oyati karima Alloh taoloning barkamollik siftlarini bayon etish bilan birga bandalarni barkamol sifatlarga ega boʻlgan Zot–Alloh taologa nisbatan oʻziga yarasha ixlos qilish, U zotning amrlariga boʻyinsunib, nahyilaridan qaytishlari lozimligini anglatadi.
«Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir.»
Borliq Allohning mulkidir. Mulkida jarayon etayotgan har bir ishdan U ogohdir. Jumladan,
«Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir».
Yaʼni, Alloh taolobandalarning yashirin niyatlarini ham, oshkora ishlarini ham yaxshi biladi. Va hammasini hisob-kitob qilib, bandaning nomai aʼmoliga yozib boradi. Oʻsha hisob-kitob asosida:
«Va kimni xohlasa, magʻfirat qilar, kimni xohlasa, azoblar».
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom:
«Moʻmin oʻz Robbisi azza va jallaga yaqinlashadi, hattoki tegib turadi, bas, Alloh uni gunohlariga iqror qiladi.
«Mana buni balasanmi?!»–deb soʻraydi. Banda:
«Bilaman, bilaman, ey Robbim»,–deydi. Shunday qilib, Allohning xohlaganicha boʻladi. Shunda Alloh:
«Men sening bu gunohlaringni u dunyoda berkitgan edim, bugungi kunda esa, magʻfirat qilaman»,–deydi. Soʻngra, uning kitobi oʻng tarafdan beriladi. Ammo kofir va munofiqlarga esa, koʻpchilikning huzurida: «Anavilar oʻz Robbilariga yolgʻon gapirganlar, zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin», deyiladi».
Ushbu rivoyatlardan maʼlum boʻladiki, bandaning ichida saqlangan narsalariga, agar azmu qaror qilmagan boʻlsa, Alloh azoblamas ekan. Bu maʼno, ayniqsa, keyingi ikki oyatda yanada ravshan boʻladi.
Imom Ahmad Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki:
«Paygʻambar alayhissolatu vassalomga «Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir» oyati tushganda, bu Rasulullohning sahobalariga ogʻir koʻrinib ketdi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning oldilariga kelib, tiz choʻkib oʻtirdilar va:
«Ey, Allohning Rasuli, bizga toqatimizdan tashqari amallar taklif qilindi–namoz, roʻza, jihod, sadaqa va endi sizga ushbu oyat ham tushdi, bunga chiday olmaymiz»,–dedilar. Rasululloh alay- hissalom:
«Sizdan avvalgi ikki kitob ahli aytgan gapni aytmoqchimisizlar? Eshitdik va isyon qilamiz, demoqchimisizlar? Aksincha, eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz, magʻfiratingni soʻraymiz va qaytib borish sengadir, denglar»,–dedilar.
Odamlar bunga iqror boʻlib, tillari bilan aytishganida, Alloh taolo «Amanar-Rasulu» lafzlari ila boshlanuvchi oyatni tushirdi.