QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят285

ءَامَنَ ٱلرَّسُولُ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مِن رَّبِّهِۦ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَمَلَـٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّن رُّسُلِهِۦ ۚ وَقَالُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambar unga o`z Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va mo`minlar ham. Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg`ambarlariga hamma-hamma iymon keltirdi. Uning Payg`ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va: «Eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), mag`firatingni so`raymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar.Пайғамбар унга ўз Роббисидан туширилган нарсага иймон келтирди ва мўминлар ҳам. Аллоҳга, Унинг фаришталарига, китобларига, Пайғамбарларига ҳамма-ҳамма иймон келтирди. Унинг Пайғамбарларининг бирорталарини ажратмаймиз. Ва: «Эшитдик ва итоат қилдик, (эй Роббимиз), мағфиратингни сўраймиз ва қайтиб бориш Сенгадир», дедилар.Alauddin Mansour: Paygʻambar oʻziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va moʻminlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va paygʻambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning paygʻambarlaridan biron kishini ajratib qoʻymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni magʻfirat qilishingni soʻraymiz. Va faqat Oʻzingga qaytajakmiz», dedilar.Пайғамбар ўзига Парвардигоридан нозил қилинган нарсага иймон келтирди ва мўминлар (ҳам иймон келтирдилар). Аллоҳга, фаришталарига, китобларига ва пайғамбарларига иймон келтирган ҳар бир киши (айтди): «Унинг пайғамбарларидан бирон кишини ажратиб қўймаймиз». Ва «Эшитдик ва итоат этдик. Парвардигоро, гуноҳларимизни мағфират қилишингни сўраймиз. Ва фақат Ўзингга қайтажакмиз», дедилар.

49-sahifa · 3-juz · 5-hizb49-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَامَنَiymon keltirdiиймон келтирдиٱلرَّسُولُPaygʻambarПайғамбарبِمَآnarsagaнарсагаأُنزِلَtushirilganтуширилганإِلَيْهِungaунгаمِن-dan-данرَّبِّهِۦoʻz Robbiўз Роббиوَٱلْمُؤْمِنُونَ ۚva moʻminlar hamва мўминлар ҳамكُلٌّbarchaбарчаءَامَنَiymon keltirdiиймон келтирдиبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَمَلَـٰٓئِكَتِهِۦva Uning farishtalarigaва Унинг фаришталаригаوَكُتُبِهِۦva kitoblarigaва китобларигаوَرُسُلِهِۦva Paygʻambarlarigaва Пайғамбарларигаلَاemasэмасنُفَرِّقُajratamizажратамизبَيْنَorasiniорасиниأَحَدٍۢbirortalariniбирорталариниمِّن-dan-данرُّسُلِهِۦ ۚUning PaygʻambarlariУнинг Пайғамбарлариوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларسَمِعْنَاeshitdikэшитдикوَأَطَعْنَا ۖva itoat qildikва итоат қилдикغُفْرَانَكَmagʻfiratingni soʻraymizмағфиратингни сўраймизرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизوَإِلَيْكَva Sengadirва Сенгадирٱلْمَصِيرُqaytib borishқайтиб бориш
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima va keyingi oyat ikkalovi oʻzlarida ushbu suraning xulosasini mujassam qilgandir. Bu ikki oyatning har bir soʻzi ulkan maʼno anglatadi. Ularda aqiyda, iymon xususiyatlari, bandaning oʻz Robbisi bilan boʻladigan holi, farz qilingan amallarga munosabat va boshqalar kelgan.

«Paygʻambar unga oʻz Robbidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va moʻminlar ham.»

Paygʻambarning iymoniday kuchli iymon boʻlmaydi. Chunki, u toʻgʻridan-toʻgʻri Allohdan qabul qilib olingan iymondir. Oyatda oʻsha iymonga moʻmin bandalarning sherik qilinishi ular uchun ulkan sharafdir.

«Barcha, Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga iymon keltirdi».

Bu, qiyomatgacha insoniyatning barchasiga yoʻlboshchi boʻladigan ummatga xos iymondir.

Allohga iymon keltirish islomiy tasavvurning asosidir. U hayotiy yoʻlning negizidir. Odob, axloq, iqtisod, siyosat, xullas, bandaning har bir harakati va nafasining ham asosidir.

Allohga iymon keltirishning maʼnosi–Uning ilohlikda, tarbiyakunandalikda va ibodatda yagona Oʻzi haqdor ekanini eʼtirof qilishdir. Insonning qalbiga, vijdoniga, hayotidagi har bir ishiga xoʻjayinlik yagona Allohga xos, deb eʼtirof qilishdir. Bu ishlarda Allohga hech qanday sherik yoʻq.

Uning yaratuvchilikda sherigi yoʻq. Hamma narsani Oʻzi yaratgan.

Tasarrufotda ham Uning sherigi yoʻq. Barcha ishlarni yagona Oʻzi tasarruf qiladi.

Uning rizq berishda sherigi yoʻq. Hammaga yagona Oʻzigina rizq beradi.

Uning foyda berishda sherigi yoʻq. Hammaga foydani yagona Oʻzigina beradi.

Uning zararli narsalarni xalq qilishda sherigi yoʻq. Hamma zarar yetkazuvchi narsalarni xalq qilishni yagona Oʻzi amalga oshiradi.

Borliqdagi kattayu kichik har bir narsa Allohning izni va irodasi bilan boʻladi.

Uning ibodatga haqdorlikda sherigi yoʻq. Barcha ibodat va barchaning ibodati yagona Allohning Oʻzigadir. Uning itoatga haqdorlikda ham sherigi yoʻq. Barcha toat va barchaning toati yagona Allohning Oʻzigadir.

Uning bandalar qalbi va vijdoniga xoja ekanligida ham sherigi yoʻq. Hammaning qalbi va vijdoniga yagona Allohning Oʻzi xojadir.

Uning bandalar hayotiga rahnamolik qilishda ham sherigi yoʻq. Hammaning hayotiy yoʻlini, qonunlarini, iqtisodini, muomalalarini yagona Alloh taoloning Oʻzi koʻrsatib beradi. Shomil iymon, Allohga iymon keltirish xuddi shuni taqozo qiladi.

Allohning farishtalariga iymon keltirish Allohga iymon keltirishning ichida bor. Farishtalarga iymon keltirishga Alloh buyurgan. Shuning uchun ham, iymon keltirish lozim boʻlgan barcha narsalardan oldin Allohga iymon mustahkam boʻlishi kerak, deyiladi. Allohning farishtalariga iymon keltirish his etish aʼzolari taʼsiriga tushmaydigan, ulardan yuqori boʻlgan gʻayb narsalarga iymon keltirishning bir qismidir. Insonni yaratgan Alloh uning tabiatida gʻayb narsalarga qiziqish borligini bilganidan, ushbu gʻaybiy narsaga–farishtalarga iymon keltirishga buyurgan.

Oʻzi bilan doimo farishta birga yurishiga, yaxshi-yomon barcha ishlarni yozib borishiga va farishtalarning boshqa xususiyatlariga iymon keltirgan odam faqat yaxshilik qilib, yomonlikdan chetda boʻladi. Bunday his-tuygʻu esa, har bir odam bolasi uchun zarurdir.

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsalardan biri ham gʻaybiy narsalarga, jumladan, farishtalarga ishonishdadir. Bunday iymoni bor inson his etish aʼzolari chegarasida tor joyda oʻralib qolmaydi. Balki tasavvur doirasi cheksiz boʻladi.

Allohning kitoblariga iymon keltirish ham Allohning Oʻziga boʻlgan iymondan oʻsib chiqadigan iymondir. Ilohiy kitoblarga iymon keltirishga Allohning Oʻzi buyurgan. Allohga ishongan odam Undan kelgan xabarlarga ham ishonishi kerak.

Allohning Paygʻambarlariga iymon keltirish ham Allohning Oʻziga boʻlgan iymondan oʻsib chiqadigan iymondir. Paygʻambarlarga iymon keltirishga Allohning Oʻzi buyurgan. Allohga ishongan odam Uning Paygʻambarlariga ham ishonishi kerak.

«Uning Paygʻambarlaridan birortalarini ajratmaymiz.»

Yaʼni, Alloh yuborgan barcha Paygʻambarlarga birdek iymon keltiramiz. Birortalarini ajratib qoʻymaymiz. Shunday qilib, musulmon ummati hamma Paygʻambarliklarning yagona va oxirgi merosxoʻri boʻlib qolgan.

Iymon neʼmatidek ulugʻ neʼmat musulmonlarga nasib qilgan. Bu iymon ularni ikki dunyo saodatiga yetkazadi.

«Va eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), magʻfiratingni soʻraymiz va qaytib borish Sengadir, dedilar».

Bularni faqat Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga va Paygʻambarlariga haqiqiy iymon keltirgan kishilargina ayta oladilar.

Alloh tomonidan kelgan har bir narsani eshitish, Allohdan boʻlgan har bir amrga itoat qilish haqiqiy moʻminning ishidir.

Allohdan kelgan har bir xabarni eshitib, har bir amrga itoat qilib turib, yana moʻmin kishi oʻzida nuqson borligini his qiladi va:

«Ey Robbimiz, magʻfiratingni soʻraymiz»,

deydi. Eʼtibor qiling-a, avval eshitish, keyin itoat qilish va nihoyat, magʻfirat soʻrash. Baʼzi bir gumrohlar eshitmaydi ham, itoat qilmaydi ham, lekin magʻfiratni daʼvo qiladi.

Moʻmin kishining bunchalik sertashvish boʻlishiga sabab bor, chunki u qaytib borish Allohning Oʻziga ekanligini juda yaxshi biladi.

Banda eshitishga va itoat qilishga doim tayyor turgani bilan Alloh taolo uning toat darajasini, nimaga qodiru nimaga qodir emasligini yaxshi biladi va unga toqatidan tashqari taklif qilmaydi.