يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَوْفُوا۟ بِعَهْدِىٓ أُوفِ بِعَهْدِكُمْ وَإِيَّـٰىَ فَٱرْهَبُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilurman. Va Mendangina qo`rqing.Эй Бани Исроил, сизга берган неъматларимни эсланг ва Менга берган аҳдингизга вафо қилинг. Мен ҳам сизга берган аҳдимга вафо қилурман. Ва Мендангина қўрқинг.Alauddin Mansour: Ey Bani Isroil, sizlarga inʼom qilgan neʼmatimni eslang va Menga bergan vaʼda — ahdga vafo qiling. Shunda Men ham ahdga vafo qilaman. Va Mendangina qoʻrqinglar.Эй Бани Исроил, сизларга инъом қилган неъматимни эсланг ва Менга берган ваъда — аҳдга вафо қилинг. Шунда Мен ҳам аҳдга вафо қиламан. Ва Мендангина қўрқинглар.
«Bani Isroil» degani, Isroil farzandlari, demakdir. Yaʼqub alayhissalomning laqablari «Isroil» boʻlgan. Alloh taoloning:
«Sizga bergan neʼmatlarimni eslang», deyishidan, hammaga bergan neʼmatlaridan Bani Isroilga ham bergani, ammo bularga boshqalardan ustun neʼmatlarni ham berganini tushunish kerak. Bu neʼmatlar kelajak oyatlarda zikr qilinadi. Boshqalardan ortiq neʼmatlarga sazovor boʻlganlar koʻproq shukr qilishlari lozim edi.
«Menga bergan ahdingizga vafo qiling».
Bani Isroilning Allohga bergan ahdlari koʻp, ular kelajak oyat va suralarda zikr qilinadi. Oʻsha ahdlardan biri, ular Alloh taolodan keladigan hidoyatga ergashishlari kerak edi. Ushbu oyatlar tushayotgan paytdagi Alloh taolodan kelgan hidoyat esa, Muhammad alayhissalom va Qurʼoni Karimdir. Demak, Bani Isroil ahdiga vafo qilganida, ularga ergashmogʻi lozim edi.
«Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilaman» degani–gunohlaringizni magʻfirat qilib, jannatga kiritaman, deganidir.
«Va Mendangina qoʻrqing».
Mendan boshqadan qoʻrqmang.
Kelgusi oyati karimalarda Alloh taoloning Bani Isroilga qarata qilayotgan nidosi davom etadi.