QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят41

وَءَامِنُوا۟ بِمَآ أَنزَلْتُ مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوٓا۟ أَوَّلَ كَافِرٍۭ بِهِۦ ۖ وَلَا تَشْتَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِى ثَمَنًا قَلِيلًا وَإِيَّـٰىَ فَٱتَّقُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi bo`lmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling.Ва сиздаги нарсани тасдиқловчи қилиб туширган нарсамга иймон келтиринг. Унга биринчи куфр келтирувчи бўлманг. Менинг оятларимни оз баҳога сотманг ва Менгагина тақво қилинг.Alauddin Mansour: Sizlardagi narsani (Tavrotni) tasdiq etgan holda nozil qilgan narsam (Qurʼonga) iymon keltiringiz. Uni birinchi inkor qiluvchilardan boʻlmangiz. Va oyatlarimni qiymati oz narsalarga almashtirmanglar va Mendangina qoʻrqinglar.Сизлардаги нарсани (Тавротни) тасдиқ этган ҳолда нозил қилган нарсам (Қуръонга) иймон келтирингиз. Уни биринчи инкор қилувчилардан бўлмангиз. Ва оятларимни қиймати оз нарсаларга алмаштирманглар ва Мендангина қўрқинглар.

7-sahifa · 1-juz · 1-hizb7-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَامِنُوا۟va iymon keltiringва иймон келтирингبِمَآnarsagaнарсагаأَنزَلْتُMen tushirganМен туширганمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниمَعَكُمْsizdagiсиздагиوَلَاva emasва эмасتَكُونُوٓا۟boʻlingбўлингأَوَّلَbirinchiбиринчиكَافِرٍۭkufr keltiruvchiкуфр келтирувчиبِهِۦ ۖungaунгаوَلَاva emasва эмасتَشْتَرُوا۟sotmangсотмангبِـَٔايَـٰتِىoyatlarimniоятларимниثَمَنًۭاbahogaбаҳогаقَلِيلًۭاozозوَإِيَّـٰىَva Mengaginaва Менгагинаفَٱتَّقُونِtaqvo qilingтақво қилинг
TafsirТафсир

Alloh taolo Bani Isroilga qilayotgan xitobida davom etib, ularni Qurʼoni Karimga iymon keltirishga chaqirmoqda:

«Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring».

Oyatda Qurʼoni Karim yahudiylarda bor narsani, yaʼni, Tavrotni tasdiqlovchi, deb vasf qilinyapti. Haqiqatan, Qurʼon ilohiy kitoblar silsilasining oxiridir. Avvalgi samoviy kitoblar ham, Qurʼoni Karim ham Alloh tarafidan kelgandir. Qurʼon soʻnggi kitob boʻlgani uchun oʻzidan avvalgilarni, jumladan, Tavrotni ham tasdiqlovchi boʻlib kelgan. Shu bilan birga, insoniyatga yaxshilik yoʻlini koʻrsatuvchi boʻlib kelgan. Shunday ekan, Bani Isroil birinchilardan boʻlib Qurʼonga iymon keltirib, Islomga kirishi zarur. Ularni Alloh:

«Unga birinchi kufr keltiruvchilardan boʻlmang», deb Qurʼonga kufr keltirishdan qaytaryapti. Qarang, bir oyatning oʻzida ham iymon keltirishga buyruq, ham kufr keltirmaslikka amr bor!

Bani Isroil qadimdan mol-dunyoga oʻch boʻlganligidan Alloh taolo ularning tabiatlariga mos lafz ishlatgan:

«Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang».

«Oz baho» deb mol-dunyo nazarda tutilyapti. Bani Isroilning kattalari yolgʻon fatvolar berib, turli diniy xizmatlar evaziga mol-dunyo toʻplashar edi. Bundan boshqa, molu dunyo toʻplash ilinjida amalga oshiradigan ishlari ham bor edi. Ular, Islomni qabul qilsalar, oʻshanday dunyoviy manfaatlardan mahrum boʻlib qolishdan qoʻrqdilar. Ular musulmon boʻlsak, rahbarlik, mansabdorlikdan ajrab qolamiz, dedilar. Iymon oldida dunyoning hammasi ham bir pulga teng kelmasligini bilmadilar.

«... va Mengagina taqvo qiling», deydi Alloh taolo oyatning oxirida. Buning maʼnosi–Mendan shunday qoʻrqingki, bu qoʻrqinch sizni amrni bajo keltiradigan, qaytargandan qaytadigan qilsin, deganidir.

Oʻtgan azizlardan Tolq ibn Habib taqvoni bunday taʼriflaganlar: «Taqvo–Allohning rahmatidan umidvor boʻlib, uning nuri ila Unga toat qilmoqlik va Allohning azobidan qoʻrqib, uning nuri ila qaytargan ishlarni tark qilmoqlikdir».

Keyingi oyat ham Bani Isroilga xitobdir: