وَلَا تَلْبِسُوا۟ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَـٰطِلِ وَتَكْتُمُوا۟ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haqni botilga aralashtirmang va o`zingiz bilib turib haqni berkitmang.Ҳақни ботилга аралаштирманг ва ўзингиз билиб туриб ҳақни беркитманг.Alauddin Mansour: Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar.Ҳақни ботилга аралаштирманглар ва билган ҳолингизда ҳақни беркитманглар.
Yahudiylar oʻzlarining uzoq tarixlari davomida doimo haqni botilga aralashtirib kelganlar. Shu bilan birga, ular doimo haqni berkitib kelganlar. Bu xususda hali koʻpgina oyatlar oʻqiymiz. Ular bu ishlari ila fitna qoʻzib, insonlar oʻrtasida nizo chiqarib yuradilar.
«Haqni botilga aralashtirish» jumlasidan, Islomning haq ekani oydinlashadi. Buni yahudiylar ham bilishadi. Bilib turib, unga yahudiylikni aralashtirib yuborishadi.
Shuningdek, «bilib turib haqni berkitish» deganda Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklari haq ekanini, Qurʼoni Karim haq ekanini bilib turib, uni berkitishlari ham kiradi.
Keyingi oyatda Alloh taolo iymon karvoniga qoʻshilishga, safda turishga, farz boʻlgan ibodatlarni ado qilishga buyuradi.