QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят45

وَٱسْتَعِينُوا۟ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى ٱلْخَـٰشِعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sabr va namoz ila yordam so`rang. Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.Сабр ва намоз ила ёрдам сўранг. Ва албатта, у нафси синиқлардан бошқаларга жуда катта ишдир.Alauddin Mansour: Sabr va namoz oʻqish bilan madad soʻranglar. Albatta u (namoz oʻqish) ogʻir ishdir. Magar shikastanafs zotlarga (ogʻir emasdir).Сабр ва намоз ўқиш билан мадад сўранглар. Албатта у (намоз ўқиш) оғир ишдир. Магар шикастанафс зотларга (оғир эмасдир).

7-sahifa · 1-juz · 1-hizb7-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱسْتَعِينُوا۟va yordam soʻrangва ёрдам сўрангبِٱلصَّبْرِsabr ilaсабр илаوَٱلصَّلَوٰةِ ۚva namoz ilaва намоз илаوَإِنَّهَاva albatta, uва албатта, уلَكَبِيرَةٌjuda katta ishdirжуда катта ишдирإِلَّاboshqaбошқаعَلَى-larga-ларгаٱلْخَـٰشِعِينَnafsi siniqlardanнафси синиқлардан
TafsirТафсир

Biz, yordam soʻrang, deb tarjima qilgan ibora arab tilida «istaʼiynu» deb kelgan. Bu soʻzning maʼnosi bir ishga urinib turib, yana qoʻshimcha yordam soʻrashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam soʻraydi. Sabr ham, koʻpchilik xayol qilganiday salbiy maʼnoda, yaʼni, nima boʻlsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoi nafsni, rohat-farogʻatni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.

Namoz esa, bandani Allohga bogʻlab turuvchi narsa boʻlib, inson namoz orqali quvvat, matonat, chidam va bardoshga erishadi. Paygʻambar alayhissalom qachon boshlariga qiyin ish tushsa, namoz oʻqishga shoshilar edilar.

Kelasi oyatda yuqorida madh etilgan nafsi siniq kishilarning sifatlari keladi: