QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят47

يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo`yganimni eslang!Эй Бани Исроил, сизга берган неъматларимни ва Мен сизларни оламлардан афзал қилиб қўйганимни эсланг!Alauddin Mansour: Ey Bani Isroil, sizlarga inʼom qilgan neʼmatimni va sizlarni butun olamdan afzal qilgan paytimni eslanglar!Эй Бани Исроил, сизларга инъом қилган неъматимни ва сизларни бутун оламдан афзал қилган пайтимни эсланглар!

7-sahifa · 1-juz · 1-hizb7-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰبَنِىٓey baniэй баниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилٱذْكُرُوا۟eslangэслангنِعْمَتِىَneʼmatlarimniнеъматларимниٱلَّتِىٓ-ki-киأَنْعَمْتُMen berganМен берганعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَأَنِّىva Menва Менفَضَّلْتُكُمْsizlarni afzal qilganimniсизларни афзал қилганимниعَلَى-dan-данٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Oʻsha paytlarda Paygʻambarlar, ilohiy kitoblar va boshqa afzalliklar Bani Isroilga berilgan edi. Lekin ular bu neʼmatlarga shukr etmadilar, ahdga vafo qilmadilar. Shundan soʻng Alloh ularni laʼnatladi, gʻazab qildi hamda ularga xorlik va zorlikni ravo koʻrdi.

Bu oyatda ularning afzal boʻlganliklarini eslatishdan maqsad– Islomni koʻrsalar, iymon yoʻliga yursalar, yana oʻsha afzalliklarga qaytib erishishlari mumkinligini eslatishdir.